YaIM = (olma narxi *olmalar miqdori) + (apelsin narxi * apelsinlar miqdori) =
= (0,50*4) + (1,00*3)= 5,00
YaIM 5 dollarga teng, ya’ni barcha olmalar qiymati (2 dollar) qo’shuv barcha
apelsinlar qiymati (3 dollar)
Ko’plab tovarlarni ishlab chiqarish bir qancha bosqichlardan o’tadi: bir
firmada xom ashyo oraliq mahsulotlarga aylanadi va keyin boshqa firmaga tayyor
mahsulot ishlab chiqarish uchun sotiladi.Biz bunday tovarlarni YaIMni
hisoblashda qanday hisobga olishimiz lozim? Faraz qilaylik fermer MakDonaldsga
0,50 dollarga go’shtning chorak funtini sotadi, MakDonalds esa keyin Sizga
gamburgerlarni 1, 50 dollardan sotadi. YaIM da ham go’shtni, ham gamburgerni
qiymati (2 dollar miqdorida) hisobga olinishi lozimmi yoki faqat gamburger
qiymati (1, 5 dollar) mi?
Bu savolga javob quyidagicha bo’ladi: YaIMga faqat yakuniy mahsulotlar
qiymati kiritiladi. Shunday qilib, gamburger qiymati YaIMning bir qismi
hisoblanadi, go’sht qiymati esa yo’q; YaIM 2 dollarga emas, faqat 1,5 dollarga
ko’payadi. Buning sababi shundan iboratki, oraliq mahsulotning qiymati yakuniy
mahsulot qiymatiga kiritib bo’lingan. Oraliq mahsulot qiymatini yakuniy mahsulot
qiymatiga qo’shish ikki marta hisobga olishga olib keladi-ya’ni bita go’sht ikki
marta hisobga olingan bo’ladi. Shunday qilib, YaIM- yakuniy mahsulotva
xizmatlar umumiy qiymati.
Barcha yakuniy tovar va xizmatlar qiymatini hisoblash usullaridan biri ishlab
chiqarishning xar bir bosqichida qo’shilgan qiymatlarni qo’shishdan iborat.
Firmaning qo’shilgan qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan firma sotib
olgan oraliq mahsulot qiymatini ayirmasiga tengdir. Gamburger keltirilgan
misolda, fermer tomonidan qo’shilgan qiymat 50 tsentga teng (fermer hech qanday
oraliq mahsulot sotib olmasligi ko’zda tutiladi), MalDonalds tomonidan qo’shilgan
qiymat esa (1, 50 dollar – 0,50 dollar) 1,00 dollarga teng. Umumiy qo’shilgan
qiymat, shunday qilib 0,50 dollar + 1,00 dollar = 1,50 dollarga teng. Butun
iqtisodiyot uchun qo’shilgan qiymatning umumiy miqdori barcha yakuniy tovar va
xizmatlarning bozor qiymatiga teng bo’lishi lozim. Shunday qilib, YaIMni
shuningdek, barcha firmalar qo’shilgan qiymatlari yig’indisi sifatida ham ifodalash
mumkin.
Ko’plabtovarva xizmatlar YaIMda ularning bozor qiymati bo’yicha hisobga
olingan bir vaqtda, ba’zi tovarlar va xizmatlar bozorda sotilmaydi, demak bozor
narxiga ega emas. Bu xizmatlar qiymati YaIMga kiritilishi lozim bo’lgani uchun,
biz uni o’lchashimiz kerak. Bundy baholashlar shartli o’tkazilgan qiymatlar nomini
oldi.
Shartli o’tkazilgan qiymat, masalan, uy-joy sohasida xizmatlarni baholashda
qo’llaniladi. Uy-joyni ijaraga olayotgan inson, xizmatlar uchun haq to’laydi va uy
egasini daromad bilan ta’minlaydi; ijara haqi YaIM hisobiga uy egasining
daromadi sifatida ham, uy-joyni ijaraga oluvchining xarajatlari sifatida
kiritiladi.Shu bilan birga, ko’plab odamlar shaxsiy uylarida yashaydilar. Ular ijara
haqi to’lamasalar ham, biroq ular uy-joyni ijaraga oluvchilar singari xuddi shunday
xizmatlardan foydalanadilar. Shunday qilib, shaxsiy uy egalari foydalanadigan
xizmatlarni hisobga olish uchun YaIM tarkibiga ular o’zi o’ziga “to’laydigan”
“ijara haqi” kiritiladi. Albatta ular o’zi o’ziga hech qanday ijara haqi to’lamaydilar.
Savdo vazirligi agar ular uy-joyni ijaraga olganlarida to’lashlari mumkin bo’lgan
ijara haqi miqdorini baholaydi va bu shartli o’tkazilgan qiymat miqdorini YaIMga
kiritadi. Bu ijara haqi uy egalarining ham xarajatlari, ham daromadlari sifatida
hisobga olinadi.
Davlat tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar ham xuddi shunday tarzda
baholanadi. Masalan, aholiga politsiyachilar, o’t o’chiruvchilar, senatorlar xizmat
ko’rsatadilar. Bu xizmatlarning qiymat bahosini berish qiyin, chunki ular bozorda
sotilmaydi va bozor narxiga ega emas. YaIM tarkibida bu xizmatlar ularni
ko’rsatishga ketadigan sarflarga muvofiq hisobga olinadi. Bu ushbu davlat
xizmatchilarining mahsulotlari qiymatining ko’rsatkichi bo’lib ularning ish haqisi
xizmat qilishini anglatadi.
Ko’pgina hollarda bunday hisobga olish haqiqatda zarur bo’lsada, biroq
amaliyotda amalga oshirilmaydi. YaIM da o’z uylari uchun shartli ravishda
o’tkazilgan ijara qiymati hisobga olinganligi uchun ham miantiqan unga shaxsiy
mulk bo’lgan avtomobillar, qimmatbaho buyumlar va uzoq muddat
foydalaniladigan boshqa tovarlar uchun shartli ravishda o’tkazilgan ijara qiymati
kiritilishi lozim, biroq amaliyotda bunday qilinmaydi. Bundan tashqari ba’zi
tovarlar uyda ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi hamda hech qachon bozorga
chiqmaydi. Masalan, uyda tayyorlangan ovqat restoranda tayyorlangan ovqatdan
unchalik farq qilmaydi, biroq ovqatni uyda tayyorlash jarayonida qo’shilgan
qiymati YaIM ga kiritilmaydi. Nihoyat, YaIMga noqonuniy tayyorlanadigan va
sotiladigan tovarlar qiymati kiritilmaydi. Masalan, giyohvand moddalar.
Shartli o’tkazilgan qiymatni hisoblash uslubiyati mukammal bo’lmaganligi va
ko’plab tovarlar hamda xizmatlarning qiymati YaIMga kiritilmaganligi sababli,
YaIM iqtisodiy faoliyat natijalarining ideal ko’rsatkichi hisoblanmaydi. Shunga
qaramay bu xatoliklarning mavjudligi YaIM ahamiyatini kamaytirmaydi. Agar
xatoliklar miqdori vaqt o’tishi bilan unchalik o’zgarmasa, YaIM turli yillar va turli
o’n yilliklarda iqtisodiy faoliyat natijalarini solishtirish uchun muvaffaqiyatli
ravishda qo’llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |