MAVZU: YAIMNI HISOBLASHGA DAROMADLAR BO’YICHA YONDASHUV.
REJA:
1. Milliy hisobchilik tizimi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash asosi; Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar .
2. YaIMni hisoblash usullari.
3. Nominal va real YaIM .
XULOSA:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Kirish:
Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o`zgarishlar
tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada
bo`lishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni
tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni
tayyorlashda oliy ta`lim muassasalarida o`qitiladigan iqtisodiy fanlar muhim o`rin
tutadi.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning
Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishlarda ko`zda tutilgan ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab
chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga
oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali
qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur
qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab
chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga
o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish,
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda
mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish,
printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu
asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini
ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom
ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan
bo`lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan mamlakatimiz
milliy iqtisodiyotining birlamchi bo`g’ini hisoblangan firmalar faoliyati,
iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini
alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali
foydalanish yo`llarini o`rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog`liqdir.
Shunday jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan sifatida “Makroiqtisodiyot” fani
qatnashadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar,
qoidalar va xulosalarni puxta o`zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali
foydalanishlari hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni o`rganish oldida
turgan asosiy vazifalaridan biridir .
Do'stlaringiz bilan baham: |