Mavzu: yaimni hisoblashga daromadlar bo’yicha yondashuv. Reja


Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi



Download 48,43 Kb.
bet8/8
Sana30.03.2022
Hajmi48,43 Kb.
#517718
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IQTISODIYOT PRAKTIKUM REFERAT

Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
 Q1*P1
Deflyator = ---------------- *100 
 Q1*P0

Nominal YaMM 
Real YaIM = ————————— * 100 
Deflyator 

Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi: 
 Q0*P1
INI = ---------------- * 100 
 Q1*P0
Bu erda:
Q0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan tovar va xizmatlar hajmi; 
P1– tovarning joriy yildagi bahosi; 
P0– tovarning bazis yildagi hajmi.
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari 
hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji 
baholarda hisoblanadi. 

XULOSA:
«IQTISODIYOT SABOQLARI» rukni ostida taniqli iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning iqtisodiy atamalar haqidagi sharhlari e'lon qilib boriladi.
Siz, aziz gazetxonlar ham o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan tahririyatimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Bugun «Real va nominal daromad nima, ular bir-biridan qanday farqlanadi?» degan savolga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent ABBOS NABIXO‘JAYEV javob beradi.
- Daromad aholi turmush farovonligini ta'minlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning miqdori aholining iste'mol qobiliyatini belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olganda, daromadlarning turlari va shakllanishi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy.
Ma'lumki, har bitta oilaning daromadi a'zolarning ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan, davlat tomonidan beriladigan nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan, qimmatli qog‘ozlar savdosidan tushadigan foiz, dividend, renta va bosh­qalarni o‘z ichiga oladi.
Nominal daromadlar, masalan ishchining muayyan vaqt davomida (oyda, yilda) oladigan daromadi hisoblanadi.
Real daromadlar esa nominal daromadlar xarid quvvatining o‘zgarishini ifodalaydi, ya'ni olingan daromadga qancha miqdordagi tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkinligini ko‘rsatadi.
Real daromad nominal daromad hajmini iste'mol narxlari indeksi (inflyatsiya darajasi)ga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Shuning uchun, aholi daromadlarini yillar va hududlar bo‘yicha taqqoslaganda nominal daromaddan emas, real daromaddan foydalaniladi.
Faraz qilaylik, yollanma ishchining ish haqi o‘tgan yili 1 000 000 so‘m edi. Bu yili esa 1 100 000 so‘mni tashkil etdi. Bir qarashda daromad hajmi ortdi deb xulosa berish mumkin. Lekin haqiqatan ham shundaymi?
Buni aniqlash uchun bizga yillik inflyatsiya darajasini bilish zarur bo‘ladi. Misol uchun, agar inflyatsiya darajasi 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, u holda real daromad hajmi 1 100 000:1,05=1 047619 so‘mni tashkil etadi yoki o‘tgan yilga nisbatan
47 619 so‘mga ortadi. Agar ­inflyatsiya darajasi 10 foizni tashkil etsa, real daromad hajmi o‘zgarishsiz qoladi (1 100 000:1,1=1 000 000). Agar inflyatsiya darajasi 15 fozni tashkil etsa, joriy yilda real daromad hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan kamayadi:
1 100 000:1,15= 956 522 va 956 522 so‘m <1 000 000 so‘m.
Demak, real daromadlarni oshirish uchun inflyatsiya darajasini jilovlash lozim bo‘ladi.
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki yillaridan aholining turmush farovonligini yaxshilash va ularning real daromadlarini oshirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror sur'atlarda rivojlanishi aholi daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, real daromadlarning o‘sishiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil - inflyatsiya darajasini ham me'yorda saqlashga harakat qilinmoqda. Ma'lumot o‘rnida 2015 yilda ushbu ko‘rsatkich 5,6 foizni tashkil etganligini qayd etish lozim.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
B.Y. Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov – “Iqtisodiyot Nazariyasi” – 2017
R.R. Xusainov – “Moliya va Soliqlar” – 2014
A. Vahobov, A. Jo’rayev – “Soliqlar va Soliqqa Tortish” – 2009
I.A. Zavalishina – “Soliqlar: Nazariya va Amaliyot” – 2005
D. Tojiboyeva - “Iqtisodiyot nazariyasi” – 2003
Internet saytlar

ru.wikipedia.org


www.google.com
www.worldtaxes.ru
www.kun.uz
www.ziyonet.uz
www.lex.uz
www.soliq.uz
Download 48,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish