2) Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi
sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = C + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni
xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin
davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
3 ) Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy
iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi
ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz
ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi
qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar +
korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
Ko’plar YaIMni iqtisodiyot ahvolini eng yaxshi ko’rsatkichi deb
hisoblaydilar. AQSh iqtisodiyot vazirligi tomonidan xar uch oyda hisoblanadigan
statistik ma’lumotlar iqtisodiy faoliyat natijalarini yagona qiymat ko’rsatkichida
aks ettirishga mo’ljallangan.
YaIM ni aniqroq quyidagicha tasavvur etish mumkin:
- Barcha iqtisodiy agentlarning yalpi daromadi;
- Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga xarajatlarning umumiy hajmi.
YaIM iqtisodiyot ahvolini tavsiflashi mumkin, chunki odamlar kam
daromadga qaraganda ko’prog’ini afzal ko’radilar. Shunga o’xshash, tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi qanchalik yuqori bo’lsa, shaxsiy, ishlab
chiqarish va davlat ehtiyojlarini qondirish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
YaIM bir vaqtning o’zida ham iqtisodiyotdagi daromadni, ham ishlab
chiqarishga xarajatlar hajmini o’lchaydi, chunki oxir-oqibat bu miqdorlar bir xil:
butun iqtisodiyot uchun daromadlar hajmi xarajatlar hajmiga teng bo’lishi lozim.
Bunga ishonch hosil qilish uchun, biz milliy hisobchilikni, YaIM va u bilan bog’liq
boshqa bir qator ko’rsatkichlarni o’lchashning statistik tizimini o’rganishimiz
lozim.
YaIM iqtisodiyotdagi pul oqimlarini ifodalaydi. Biz uni ikki usul bilan
hisoblashimiz mumkin. YaIM – bu non ishlab chiqarishdan olingan yalpi daromad
bo’lib, u ish haqi va foyda yiqindisiga teng- pullar doiraviy aylanish chizmasining
yuqoridagi yarmi. Shu bilan bir vaqtda, YaIM – bu nonni sotib olishga qilingan
xarajatlarning umumiy hajmidir-pullar doiraviy aylanish chizmasining pastki
yarmi. Shunday qilib, biz yo firmalardan uy xo’jaliklariga pullar oqimini yoki uy
xo’jaliklaridan firmalarga pullar oqimini olishimiz mumkin.
Daromadlar va xarajatlar tengligi hisobga olish qoidalaridan kelib chiqadi:
mahsulotlarni sotib olishga barcha xarajatlar albatta bu mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchilarning daromadi hisoblanadi. Bu qoidaga muvofiq, xarajatlar hajmi
o’zgarishi yuz beradigan xar qanday bitim natijasida daromad o’zgarishi ham yuz
beradi va daromad o’zgarishiga olib keluvchi xar qanday bitim natijasida xarajatlar
hajmi o’zgarishi yuz beradi. Faraz qilaylik, masalan firma uy xo’jaliklariga 1 ta
nonni ko’proq ishlab chiqaradi va sotadi. Bu operatsiyada nonga xarajatlarning
umumiy miqdori ko’payadi, biroq bunda daromadlarning umumiy hajmi ham
o’zgaradi. Agar firmaga qo’shimcha nonni ishlab chiqarish uchun qo’shimcha
xodimlarni yollash talab etilsa, unda ish haqining umumiy miqdori oshadi. Agar
firma qo’shimcha nonni qo’shimcha xodimlarni jalb etmay ishlab chiqarsa (ishlab
chiqarish jarayonini samaraliroq qilib), unda foyda ko’payadi. Ikkala holda ham
xarajatlar ham, daromadlar ham bir xil miqdorga ko’payadi.
Faqat non ishlab chiqarilayotgan gipotetik iqtisodiyotda biz YaIMni nonni
sotib olishga qilingan barcha xarajatlarni qo’shib oddiygina hisoblashimiz
mumkin. AQSh YaIMni hisoblash ancha qiyin vazifani o’zida aks ettiradi. Bunday
yirik va murakkab iqtisodiyotda YaIMni hisoblashda tovar va xizmatlarga qilingan
xarajatlarni to’g’ridan to’g’ri qo’shiladi deb fikr yuritib bo’lmaydi. Bu kitobda biz
YaIMni hisoblashning to’liq uslubiyatiga kirib bormasakda, YaIM tushunchasi
haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish uchun uni shakllantirishning asosiy
tamoyillarini bilish kerak.
Faraz qilaylik,faqat bitta tovar turi ishlab chiqarilayotgan iqtisodiyotda firma
nonni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun qo’shimcha ishchilarni yollaydi, ularga
ish haqi to’laydi, keyin esa qo’shimcha ishlab chiqarilgan nonni firma sota
olmaydi. Bu YaIM miqdoriga qanday ta’sir etadi?
Bu savolga javob sotilmay qolgan non bilan nima yuz berishiga bog’liq. Bir
tomondan, agar non tashlab yuborilgan bo’lsa, unda firmaning foydasi qo’shimcha
to’langan ish haqi miqdoriga kamayadi- firma ish haqi sifatida katta miqdorni
to’ladi, biroq o’zi uchun bundan hech qanday naf olmadi. Bu operatsiya xarajatlar
hajmiga ham, daromad darajasiga ham ta’sir ko’rsatmaganligi sababli YaIM
miqdori (uning ish haqi ulushiga to’g’ri keladigan qismi endi ko’p, foyda hissasiga
to’g’ri keladigan qismi kam bo’lishiga qaramay) o’zgarmay qoladi. Boshqa
tomondan, agar non uni keyinroq sotish uchun zahiraga olib qo’yilgan bo’lsa, unda
milliy hisobchilik tamoyillariga muvofiq, bu operatsiya boshqacha hisobga olinadi.
Bu holda foyda qisqarmaydi, chunki bu firma egalari firma zahiralari uchun non
“sotib olishi” bilan bir xildir. Shunday qilib, YaIM miqdori ortadi: yuqoriroq ish
haqi tufayli daromad oshadi, zahiralar jamg’arilishi sababli esa xarajatlar miqdori
ko’payadi.
Umumiy qoida shundan iboratki, firma tovarlar zahiralarini ko’paytirganda,
zahiralarga investitsiyalar hajmi ham xarajatlar tarkibiga, ham daromadlar
tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, agar ishlab chiqarish natijasida zahiralar
qo’shimcha o’sishi yuz bersa, bunda YaIM xuddi bevosita sotish uchun ishlab
chiqarilgani kabi ortadi.
Biz YaIM tahlilini iqtisodiyotda ishlab chiqariladigan yagon tovar non
hisoblangandagi taklifdan boshladik. Haqiqatda esa iqtisodiyotda sezilarli
miqdordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar: non, gamburgerlar, avtomobillar,
sartaroshlik xizmatlari va shu kabilar ishlab chiqariladi. YaIMda bu turli tovarlar
qiymati bitta yig’ilgan ko’rsatkichda ifoda etiladi. Iqtisodiyotda ishlab
chiqarilayotgan tovarlarning turli-tumanligi YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi,
chunki barcha bu tovarlar turli qiymatga egalar.
Faraz qilaylik, misol uchun, iqtisodiyotda uchta apelsin va to’rtta olma
ishlab chiqariladi. Biz YaIMni qanday hisoblaymiz? Biz olma va apelsinlar
miqdorini oddiygina qo’shib, YaIM mevalarning etti birligiga ega deyishimiz
mumkin. Biroq bu faqat olmalar va apelsinlar bir xil qiymatga ega bo’lgan
holdagina ma’noga ega bo’lishi mumkin, bu esa noto’g’ri. (bu misol agar biz
iqtisodiyotda to’rtta tarvuz va uchta greypfrut ishlab chiqariladi deb faraz
qilganimizda yanada yaqqolroq bo’lardi).
Turli tovarlar umumiy qiymatini hisoblash uchun biz ular qiymatini ifodasi
sifatida ularning bozor narxini qo’llaymiz. Bozor narxi qo’llanilishining sababi, u
odamlar muayyan tovar yoki xizmatlar uchun to’lashga tayyor bo’lgan pul
miqdorini o’zida aks ettiradi. Agar olmalar donasi 50 tsent tursa, apelsinlar esa
donasi 1 dollar tursa, unda
YaIM quyidagiga teng bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |