«Terror» atamasi
lotincha «terror»— dahshat
, qo‘rquv so‘zidan kelib
chiqqan;
umumiy ma‘noda u siyosiy muammolarni hamda ziddiyatlarni
zo‗ravonlik yordamida hal etish metodini anglatadi. Bundan kelib chiqishicha,
terror — ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo‗ravonlikdan
hamda zo‗ravonlik qilish bilan taxdid solishdan muntazam foydalanishdir. Lekin
bu terrorni uta umumlashtirib tushunishdir. Nisbatan tor ma‘noda terror deganda
diktatorlik tipidagi davlat o‗z fuqarolari va siyosiy oppozitsiya ga nisbatan amalga
oshiradigan zo‗ravonlik nazarda tutiladi (fashistlar Germaniyasi, Franko Nero
davridagi Ispaniya, inochet davridagi Chili). Siyosiy hokimiyatdan tashqari,
boshqa kuchlar xam terrordan siyosiy raqiblariga xamda axoliga qarshi
foydalanishi mumkin. Kuchli siyosiy oppozitsiya xam davlat xokimiyati bilan
oshkora ziddiyatga kirishganida xamda xokimiyati i qo‗lga olishga intilganida
terrordan foydalanishi mumkin. Bu xolatda xam terror va terrorizm tushunchalari
o‗rtasidagi chegara yo‗qoladi.
Shunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo‗ravonlik yo‗li bilan
qo‗rqitish, xatgo uni jismonan yo‗q qilish, demak
«Terrorizm» terror
amaliyotidir.
Bu ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bo‗lsa, u
xolda terrordan kelib chiqqan terrorizm aslo yangi xodisa bo‗lmay, bizgacha
asrlar qa‘ridan yetib kelgan, deb xisoblash mumkin. O‗zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksida «terrorizm»ga quyidagicha ta‘rif berilgan: «Terrorizm —
xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy
yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar
chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, axolini qo‗rqitish
maqsadida davlat organiki, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini,
jismoniy yoki yuridik shaxeni biron bir faoliyatini amalga oshirishgayoki
amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‗rlik, kuch ishlatish,
shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‗diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni
ameshga oshirish taxdidi, shuningdek terrorchilik tash kilotining mavjud bo‗lishini,
ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta‘minlashga, terrorchilik harakatlarini
tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyat
ga ko‗maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga
bevosita yoki bilvosiga har qanday mablag-vositalar va resurslar berish yoki
yig‗ishga, boshqa xizmatlar ko‗rsatishga qaratilgan faoliyat».
«Falsafa» qomusiy lug‗atida esa bu hodisa: «Terrorizm, terrorchilik —
zo‗rlik va jaholat mafkurasi; terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat.
Terrorizm bir necha asrlar oldin shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va
mamlakatlarda uchrashi mumkin bo‗lgan murakkab fenomendir»,— deb
ta‘riflangan.
«Milliy goya: targibot texnologiyalari va atamalar lugati»da: «Terrorizm
(lotincha «terror» —qo‗rquv, dahshat) — ma‘lum yovuz maqsadlar yo‗lida, kuch
ishlatib, odamlarni jismoniy yo‗q qilishdan iborat bo‗lgan g‗oyaga asoslangan
zo‗ravonlik usuli. Qo‗rqitish va dahshatga solish orqali o‗z hukmini o‗tkazishga
urin i sh terrorchilikka xosdir»,— deb ta‘rif berilgan.
Huquqshunos olim B.Tadjixanov esa terrorizmga o‗zining quyidagi ta‘rifini
bergan:«Terrorizm — xalqaro munosabatlarni chigallashtirish, suverenitet va
hududiy yaxlitlikni buzish, davlatlarning xavfsizligiga raxna solish, urush va
qurolli
to‗qnashuvlar
keltirib
chiqarish,
ijtimoiy-siyosiy
vaziyatni
beqarorlashtirish, aholini qo‗rqitish yoki qasos olish maqsadida jismoniy yoki
yuridik shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan
tiyilishga majburlash uchun qilmish ko‗rinishida yoki uni amalga oshirish
bilan qo‗rqitish tarzida osh kora sodir etiladi gan, shaxe ga yoki mulkka xavf
tug‗diradigan harakat». Biz yuqoridagi ta‘riflarni inkor etmagan holda
O‗zbekiston Respublikasining 2000 yil dekabrda qabul qilingan, «Terrorizmga
qarshi kurash to‗g‗risida»gi qonunida terrorizmga berilgan quyidagi ta‘rifni
birmuncha mukam mal deb hisoblaymiz. «Terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy
va boshqa maqsadlarga erish ish uchun shaxsning hayoti, sogligiga xavf
tugdiruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob‘ektlarning yo‗q qilinishi
(shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tash
kilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir harakatlar sodir etishga yoki
sodir
etishdan
tiyilishga
majbur
qilishga,
xalqaro
munosabatlarni
murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish ga,
xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‗zlab
ig‗vogarliklar qilishga, aholini qo‗rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
beqarorlashtirishga qaratilgan, O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida
javobgarlik nazarda tutilgan zo‗rlik ishlatish bilan ko‗rqitish yoki boshqa
jinoiy qilmishlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |