kdpish bilan taxdid soli shdan iborat. Siyosiy faoliyatning ushbu turi amalda
davlat arboblari va siyosiy arboblarni shantaj qilishda, ularni o‗ldirishda, garovga
olishda, transport ishi ga siyosiy aralashuvda va boshqa zo‗ravonlik harakatlarida
ko‗zga tashlanadi.Ayni mahalda, siyosiy terrorizm haqida gapirganda, uning ikki
kichik turi i i farkdash zarur. Bular: davlat terrori hamda oppozitsion
(hukumatparast va hukumatga qarshi) terrordir. Terrorchilik faoliyatining bu ikki
turi o‗rtasidagi
f arq shundaki, davlat terrori — hukmron elita tomonidan sodir
etiladi gan, kuch ishlatadigan davlat tuzil malarin ing qatag‗on ko‗rinishidagi
kuch-quvvatiga tayanadigan oshkora zo‗ravonlik. Maxsus xizmatlar bunday
metodlardan davlat dushmanlarini yo‗q qilishda foydalanishgan va foydalanib
kelishmokda. Oppozitsion terror esa xukmron rejimga dushman guruxlar
tomonidan siyosiy kurash vositasi sifatida foydalaniladigan zo‗ravonlikdan yoki
shunday zo‗ravonlik bilan kurqitishdan iborat. Oppozitsion terror ko‗pincha
alohida terrorchilik harakatlari — davlat arboblarini o‗ldirish, jamoat joylarida
portlatishlar sodir etish, garovga olish va boshqalarda namoyon bo‗ladi.
2. Mafkuraviy terrorizm tub ichki ijtimoiy-siyosiy
mojarolar negizida
shakllanadi hamda so‗l va o‗ng terrorizmda namoyon bo‗ladi. Ayrim
tadqiqotchilar bu turni ijtimoiy terrorizm (chunki uning sub‘ektlari dunyoni,
mamlakatni o‗z mafkuraviy konsepsiyalariga muvofiq ijtimoiy qayta
qurishning turli variantlarini olg‗a surishadi) yoki tor ma‘nodagi siyosiy
terrorizm, deb ta‘riflashadi. So‗l (revolyusion, «qizil») terrorizm mafkuraviy
jihatdan turlicha so‗l doktrinalarga (marksizm, leninizm, troskizm, anarxizm,
gevarizm, maoizm va sh.k.), revolyusion vaziyatni
va aholining ommaviy
chiqish larini yuzaga keltirish bo‗yicha keng ko‗lamli strategiyani amsshga
oshirish orqali tizimlarni zo‗ravonlik bilan yo‗qotishga tayanadi. Biznes
vakillari, davlat amaldorlari va xavfsizlik organlari xodimlari, hukumat bilan
hamkorlik qiluvchi mustaqil mutaxassislar, hukumatparast siyosiy partiyalar
amaldorlari so‗l terrorchilar uchun nishon hisoblanadi. Odatda, ichki bo‗hronlar
keskinlashgan chog‗da so‗l terrorizm faollashadi. So‗l
mafkuraviy terrorizm
Yevropada juda kengyoyilgan (GFRda «Kizil Armiya Fraksiyasi» (RAF),
Italiyada «Kizil Brigadalar», Fransiyada «To‗g‗ridan-to‗g‗ri harakat»
tuzilmalari, Gresiyada «Xalq revolyusion kurashi» va b.). Tarixan qaraganda,
so‗l terrorchilarning jangovar tashkilotlari uncha uzok, muddat ish olib bormaydi.
O‗ng (kontrrevolyusion, «qora») terrorizm millat uchun an‘anaviy bo‗lgan
siyosiy doktrinalar va qadriyatlarga, tarixan esa o‗tmish milliy arboblarga
yo‗nalgan bo‗ladi va so‗l kuchlar tomonidan tahdid kuchaygan davrlarda qisqa
muddatga faollashadi. Bunda so‗l va liberal siyosatchilar hamda faollar ularga
nishon bo‗ladi.
3. Millatchilik terrorizmi etnik belgilarga ko‗ra amalga oshiriladi. Umum e‘tirof
etilishicha, ekstremizmninghozirgi amaliyotida millatchilik terrorizmi ancha keng
yoyilgan. U, odatda, o‗ta shafqatsizligi va qurbonlari ko‗pligi
bilan ajralib
turadi.Millatchilik terrorizmi ayrim millatlar va etnoslarning xuquq hamda
manfaatlari chinakam yoki soxta buzilishiga qarshi kurashdek nomonand
shaklda bo‗ladi. Lekin terrorning bu turi, pirovard natijada, siyosiy maqsadlarga:
mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, mamlakatning davlat (ko‗pincha, federal)
tuzilishini, mamlakatdagi mavjud milliy-davlat yoki ma‘muriy-hududiy
tuzilmalarni va sh.k.ni zo‗ravonlik bilan o‗zgartirishga ham yo‗naltirilgan
bo‗ladi. Ispaniya, Fransiya, Angliya, Belgiya va Yevropaning
boshqa bir qator
mamlakatlarida millatchi ekstremistik tashkilotlarning yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan
maqsadlarga erishish bo‗yicha faolligi kuchayayotgani kuzatilmokda.
Millatchilik terrorizmi, o‗z navbatida, separatistik, milliy-ozodlik, repressiv-milliy
va xududiy-separatistik terrorizmga bo‗linadi.
4. Dunyoqarash bilap bog‗liq terrorizm xukmron normalar va munosabatlar bilan
mutlaqo kelishmaslik sabablariga ko‗ra amalga oshiriladi. Bu turga diniy,
ekologik, «kontrabort», feministok terrorizm kiradi.
Bular orasida eng keng tarqalgani — diniy terrorizm. D.V. Olsh anskiy
bunday deb yozadi: «Diniy terrorga fanatizm — voqelikni juda tor idrok etish,
«yagona to‗g‗ri» qarashlardan farkdanuvchi qarashlarni qabul qilmaslik, an‘anaviy
e‘tiqod xosdir. Diniy fanatizm «kofirlarni» o‗ldirgan kishi jannatga tushadi»,
degan mutlaq e‘tiqodga asoslanadi». Diniy terrorizm, o‗z navbatida,
fundamentalistik va sektantlik terrorizmiga bo‗linadi.
Fundamentalistik terrorizmda din terrorchilarga
hukumatga qarshi kurash
konsepsiyasini ta‘riflash imkonini beradigan dunyoqarash pozitsiyasi bo‗lib
xizmat qiladi. Buning yorqin misoli — AQSh dagi protestantizmga yo‗naltirilgan
«Oriylar Millati» yoki Isroildagi yahudiylar fundamentaliz i — «KAX»dir.
Hozirgi dunyoda islom terrorizmi juda keng tarqalgan bo‗lib, uning
tarafdorlari musulmonlar istiqomat qilayotgan mamlakatlarda islomiy tartibotni
qaror toptirishga urinishadi. Bunday tashkilotlar jami 150 tadan ziyod.
Sektantlik terrorizmi zo‗ravonlikni hokimiyatni qulga olish va nisbatan mukammal
mamlakat qurish sharti sifatida qarovchi totalitar xarakterdagi turli marginal
sektalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday turdagi terrorizm uchun butun
jamiyat ta‘sir ko‗rsatish ob‘ekti bo‗lib qoladi. M enson to‗dasi (AQSh ), Aum
Senrikyo (Yaponiya) bunga misol bo‗la oladi. 5. Jinoiy terrorizm siyosiy
beqarorlik onlarida yuzaga keladi, uni ko‗pincha oddiy
uyushgan jinoyatchilik
bilan chalkashtirishadi yoki unga xos xususiyatlarni boshqa turdagi terrorizmga
taqashtirishadi.