Mavzu: XX asr oxiri XXI asr boshlarida globallashuv muommolari, harbiy va ekstrimistik xavf-xatarlarning



Download 457,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana14.07.2022
Hajmi457,79 Kb.
#794506
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
14 ma'ruza

 
Zamonaviy terrorizm.
Terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi 
hodisa sifatidagi salohiyati XX asrning 60-yillaridan boshlab, ikki qutbli
dunyoning qarama-qarshi turishi natijasida, butun-butun mintaqalar yo‗nalishi 
turlicha bo‗lgan terrorchi tashkilotlar va guruhdar faoliyat ko‗rsatgan joylarga 
aylanib qoldi. 
Terrorchilik harakatining ko‗lamigina emas, balki metodlari ham o‗zgardi. 
Agar XIX asrda va XX asrning birinchi yarmida terrorga qurbonlar bilan teraktlar 


ijrochilari o‗rtasida aniqaloqa mavjudligi xos bo‗lgan, ya‘ni terrorchilar qurbon
sifatida muayyan davlat yoki jamoat arboblarini tanlashgan bo‗lsa, XX asrning
ikkinchi yarmida qurbonlar terrorchilar oldida aybdor ham, ularning talablariga 
aslo aloqador ham bo‗lmagan tendensiya yuzaga kela boshladi va hozir u 
shakllanib bo‗ldi. 
XX asrning ikkinchi yarmida kish ilarning o‗zi emas, balki siyosiy vaziyat 
terrorchilar nishoniga aylandi, endi tinch aholiga qarshi qaratilgan terror
vositasida uni terrorchilar uchun kerakli yo‗nalishga sol ishga harakat
qilinmokda. Terrorchilar kishilar qalbiga sarosima va qo‗rquv sol ishga umid 
bog‗lashmoqda va shunga intilishmokda. Lekin bu birdan-bir maqsad emas, balki 
muayyan siyosiy maq-sadlarga erishish vositasidir. 
«Yangi dunyo tartiboti» shakllana boshlashi, global xalqaro tizimda
bo‗hronli vaziyatlarning ortib borishi, strategik noayonlikning jiddiy 
kuchayishi, xalqaro huquqning mavjud normalarini keng ko‗lamda taftish
qilishning boshlanishi va h.k. sayyoramizning ko‗plab qismlarida turli radikal 
kuchlar va oqimlar kuchayishiga ko‗maklashdi. 
XX asr oxirida birmuncha jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar 
guruhi paydo bo‗ldi. Ularning hukmron doiralari jahon xomashyo manbalarini,
savdo-sotiq bozorlarini, kapital joylash tirish sohasini tubdan qayta taqsimlash 
ga intildilar. Bularning bari hozirgi dunyoda davlatlar va davlatusti tuzilmalar 
(korporatsiyalar, moliyaviy institutlar va sh.k.) o‗zaro munosabatining yangi
tizimi qaror topish iga olib keldi. O‗tmishda hokimiyat uchun kurashda 
ishlatilgan an‘anaviy vositalarning ko‗pchiligi negizida davlat suvereniteti
yotgan bo‗lsa, XX asr oxiridagi siyosiy sharoitda yangi hokimiyat da‘vogarlari 
uchun bu vositalar qo‗llanishga yaroqsiz bo‗lib chikdi. Ularga an‘anaviy
hokimiyat tizimlariga mintaqa, davlat, qit‘a miqyosida samarali ta‘sir
ko‗rsatish imkonini beradigan vosita zarur edi. Bunda ran, aslida,
hokimiyatni suveren davlatchilikning nominal alomatlari saqlanib qoladigan 
tarzda qayta taqsimlash usullari haqida bormokda. Bular: davlat chegaralari,
parlamentlar, prezidentlar va h.k.lardir. Global tizim sifatida modernizatsiya
qilingan terrorizm shunday bo‗lib qoldi. 
Terrorchilik tuzilishi ham maqsadiga qarab o‗zgardi. Hozirgi zamon 
terrorizmi ko‗lamiga monand jihozlangan qudratli tuzilmalardir. Qachonlardir 
parokanda bo‗lgan terrorchi tashkilotlar bugungi kunda umumiy mafkuraviy-
konfessional, harbiy, tijoriy va boshqa asoslarda o‗zaro aloqa o‗rnatishgan. 
Terrorchi guruhlar, ayniqsa, ularning rahbarlari qurol-aslaha sotib olish, bir-birini 
yashirish, keng kulamli (masalan, Afg‗oniston yoki Livandagi singari)
operatsiyalarni amalga oshirishda funksiya va vazifalarii taqsimlash masalalarida
ko‗p hollarda jips aloqada ish olib borishadi. Xalqaro terrorchilar hamjamiyati 


kuch va vositalar bilan manyovr qilishni, ko‗plab qurol-aslaha hamda jangarilarni
nolegal yo‗llar bilan bir joydan boshqasiga tashlashni o‗rganib olganligini 
ta‘kidlash mumkin. Ayni mahalda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda 
foydalaniladigan mavjud siyosiy va huquqiy mexanizmlarning nuqsonlari 
ko‗rinib qoldi.
Bular: kuch ishlatuvchi idoralarning davlat ichidagi va xalqaro ko‗lamdagi ishi 
lozim darajada muvofiqlashtirilmaganligi, turli mamlakatlardagi har xil ijtimoiy-
siyosiy kuchlarning zamonaviy terrorizmning kelib chiqishi va unga qarshi
kurash masalalariga munosabati xilma-xilligidir. 
Bir so‗z bilan aytganda, terrorizm hozirgi bosqichda xalqaro, global
xususiyat kasb etdi. U XX asrning 80—90-yillaridan boshlab murakkab hodisaga 
aylandi. Terrorizmning globallashuvi va tobora kengroq baynalmilallashib 
borayotgani bugungi kunda bahs talab qilmaydigan fakt bo‗lib qoldi. 

Download 457,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish