Mavzu: Xususiy vaziyatdagi tekislik


Tekislikning proektsiyalar tekisligiga nisbatan vaziyati



Download 239,02 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi239,02 Kb.
#234611
1   2
Bog'liq
4.Xususiy vaziyatdagi tekislik

3.4. Tekislikning proektsiyalar tekisligiga nisbatan vaziyati

Tekislik fazoda H, V, W proektsiyalar tekisligiga nisbatan quyidagi vaziyatda bo’lishi mumkin: barcha proektsiyalar tekisligiga og’ma holatda – umumiy vaziyatdagi tekislik (3.2 va 3.3 shakllarga qarang), proektsiyalar tekisligining biriga perpendikulyar – proektsiyalovchi tekislik, bir vaqtda ikkita proektsiyalar tekisligiga perpedikulyar, ya’ni uchinchi proektsiyalar tekisligiga parallel – sath (urovnya) tekislik.

Proektsiyalovchi tekisliklar: gorizontal proektsiyalovchi tekislik (H ga perpendikulyar), frontal proektsiyalovchi (V ga perpendikulyar), profil proektsiyalovchi (W ga perpendikulyar).

Gorizontal proektsiyalovchi tekislikning F2 frontal izi H proektsiyalar tekisligiga va OX o’qiga perpendikulyar joylashgan, gorizontal izi ixtiyoriy burchak ostida joylashishi mumkin. Tekislikning gorizontal izi to’plash xususiyatiga ega, ya’ni F tekislikda yotgan ixtiyoriy nuqta, shakl hamma vaqt F1 gorizontal iziga proektsiyalanadi, F tekislikda yotuvchi A nuqta uchun ham taaluqli bo’ladi (3.15 a, b shaklga qarang).


a) b) c)
3.15 shakl


3.15 c shaklda H proektsiyalar tekisligiga nisbatan proektsiyalovchi vaziyatni egallagan AVS uchburchak tasvirlangan. SHu uchburchakda K nuqta yotadi. Uning K2 frontal proektsiyasi K bilan ustma – ust tushadi (K2 ≡ K). K1 gorizontal proektsiyasi uchburchakning A1V1S1 gorizontal proektsiyasiga proektsiyalanadi. X o’qining tekislikning F1 gorizontal iziga nisbatan β burchak hosil qiladi, shuningdek uchburchak A1V1S1 ning gorizontal proektsiyasi va X o’qi orasida ham β burchak hosil bo’ladi, bu burchak F tekislik va uchburchak AVS ning frontal proektsiyalar tekisligi bilan hosil qilgan qiyalik burchakdir.

Frontal proektsiyalovchi R tekislik, R2, R1 izlarning yaqqol tasviri va uburchak VSD (V1S1D1 i V2S2D2) lar 3.16 shaklda ko’rsatilgan



a) b) c)


3.16 shakl

Bu vaziyatda (3.16 a shaklga qarang) R1 gorizontal iz V va X o’qiga perpendikulyar joylashgan. P tekislikda yotgan B nuqta P2 frontal iziga majburiy proektsiyalanadi. V frontal proektsiyalar tekisligiga nisbatan VSD uchburchak proektsiyalovchi vaziyatni egallaydi (3.16 c shakl), shuning uchun uning proektsiyasi to’g’ri chiziqning V2S2D2 kesmasi shaklida proektsiyalanadi.

R2 va X o’qi orasidagi hamda V2S2D2 va X o’qi orasidagi α (3.16 b va c shaklga qarang) burchak R va VSD uchburchak tekisliklarining H proektsiyalar tekisligiga nisbatan qiyalik burchagi hisoblanadi.

Profil proektsiyalovchi tekislik 3.17 shaklda tasvirlangan. Profil proektsiyalovchi tekislikka tegishli A nuqta va uning proektsiyasi 3.17 a shaklda tasvirlangan. A3 profil proektsiya F3 profil izda yotadi. 3.17 b va c shakllarda tekislikning F (F1, F2, F3) izlari va SDE (C1D1E1; C2D2E2; C3D3E3) uchburchak bilan berilgan profil proektsiyalovchi tekislik tasvirlangan.

X o’qi orqali o’tuvchi profil proektsiyalovchi tekislik o’q bo’ylab profil proektsiyalovchi tekislik deb ataladi, H va V proektsiyalar orasidagi burchakni teng ikkiga bo’luvchi profil proektsiyalovchi tekislik bissektor tekisligi deyiladi.

Sath tekisligi quyidagi tekisliklardan iborat: gorizontal tekislik – H ga parallel, frontal tekislik – V ga parallel va profil tekislik – W ga parallel. Bu sath tekisliklari bir vaqtda ikkita proektsiyalar tekisliklariga perpendikulyar bo’ladi. Masalan, gorizontal tekislik bir vaqtda frontal va profil tekisliklariga parallel.

a) b) c)


3.17 shakl

3.18 a shaklda gorizontal F (F2, F3) tekislikning proektsiyalar H, V i W tekisligi sistemasida yaqqol tasviri ko’rsatilgan, 3.18 b shaklda esa shu tekislikning (F1 i F3) frontal va profil izlari tasvirlangan. SHuningdek F tekislikda yotuvchi A nuqtaning proektsiyalar tekisligiga proektsiyalanishi ko’rsatilgan.



a) b) c)


3.18 shakl
AVS uchburchak gorizontal tekislik (3.18 c shaklga qarang) A1V1S1, A2V2S2 va A3V3S3 proektsiyalari bilan berilgan. Bu holatda frontal va profil proektsiyalar to’g’ri chiziqning kesmalari bilan tasvirlanadi, gorizontal proektsiyasi esa uburchak, ya’ni AVS tekislikning haqiqiy kattaligiga teng va u fazoda H gorizontal proektsiyalar tekisligiga nisbatan parallel vaziyatni egallagan.

3.19 a va b shakllarda K frontal tekislik tasvirlangan va shu tekislikning K1 gorizontal va K3 profil izlari hamda shu tekislikka tegishli A nuqtaning proektsiyalari ko’rsatilgan. SHu holatda A nuqtaning gorizontal va profil proektsiyalari tekislikning mos izlari bilan ustma – ust tushgan.

AVS tekislikning A1V1S1 gorizontal va A3V3S3 profil proektsiyalari to’g’ri chiziq kesmasi, frontal proektsiyasi esa A2V2S2 uchburchak shaklida proektsiyalanadi va frontal proektsiyasi uchburchakning haqiqiy kattaligiga teng bo’ladi, ya’ni A2V2S2 = AVS.

a) b) c)


3.19 shakl
Download 239,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish