Reja: Bazalash asoslari, asosiy tushunchalar



Download 1,5 Mb.
Sana21.04.2022
Hajmi1,5 Mb.
#570033
Bog'liq
texmash Izzatillo


Erkinlik darajasidan mahrum etilishi bo’yicha bazalar sinfi.
Reja:
1. Bazalash asoslari, asosiy tushunchalar;
2. Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi;
3. Еrkinlik darajasidan mahrum еtilishi bо’yicha bazalar sinfi;
4. Aniqlanishi xarakteri bо’yicha bazalar sinfi;

1. Bazalash asoslari, asosiy tushunchalar


Bazalash deb, tanavorga yoki biron buyumga tanlangan koordinata sistemasiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. Tanavorga mexanik ishlov berish paytida bazalash deb, tanavorga stanokning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan ma’lum holat berilishiga aytiladi. Texnologik amalni bajarish vaqtida, tanavorga ma’lum holat berishdan tashqari, uni moslamada qimirlamasligini ham ta’minlash talab etiladi. Bu ikki masala har xil bо’lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul bilan echiladi, ya’ni fazodagi biron-bir harakatni ma’lum darajada cheklab qо’yish bilan yoki erkinlik darajasidan maxrum etishlik bilan amalga oshiriladi. Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini tо’la chegaralab (tо’xtatib) qо’yish uchun,uni oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata о’qlari bо’ylab ilgarilanma va shu о’qlar atrofida aylanma xarakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan aniqlanadi (1,2,3 va 4-rasmlar).
Masalan, detal prizma shaklida bо’lgan holda (1-rasm), detalning pastki tekisligi xoz ni koordinat tekisligi XOZ bilan bog’lovchi uch koordinataning berilishi bir vaqtda detalni uchta erkinlik darajasidan mahrum etib, Z о’qi bо’yicha surilish va X,Y о’qlariga parallel bо’lgan о’qlar atrofida aylanish imkoni detal ushbu tekislikning uch nuqtaga tegishli masofasini aniqlaydi. Umumiy holda esa, har qanday detalning koordinat sistemasi xohlagan holatni egallashi mumkin. Uni albatta asosiy bazalarga joylashtirish osondir. yoz yuzalaridan birini YOZ koordinat tekisligiga nisbatan ikki nuqtasining masofasi bir vaqtda uning X о’qi bо’ylab surilishi va Z о’qiga parallel о’q atrofida aylanish imkonidan, ya’ni detalni yana ikkita erkinlik darajasidan mahrum etadi. Oltinchi koordinat detal holatini XOZ koordinat tekisligiga nisbatan aniqlab, uni qolgan oxirgi erkinlik darajasidan mahrum etadi. Shunday qilib, koordinatalarning har biri detalning bittadan erkinlik darajasidan mahrum etar ekan va bitta nuqta bilan bog’langanligini bildirar ekan.
Masalan, silindr shaklidagi detalning uchta tanlangan koordinat tekislikka nisbatan holati ham 2-rasmda kо’rsatilgandek, oltita koordinat bilan aniqlanadi. Silindr yuzi uni hosil etuvchi chiziqning о’qqa nisbatan aylanishidan vujudga keltirilganligi uchun, detal koordinat sistemasi о’qlaridan biri sifatida uning о’qini tanlash qulaydir. O’q esa ikki koordinat tekisliklar yoz va xoy larning kesishuvidan hosil bо’lgan chiziqdan iboratdir.
1-rasm 2-rasm
3-rasm 4-rasm
Shuning uchun silindr shaklidagi detalning nuqtasini koordinat tekislik bilan bog’lovchi va detal о’qiga joylashgan 1 va 2 koordinatlari valikni ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: Z о’qiga parallel tarzda surilish va X о’qiga parallel о’q atrofida aylanish imkonlaridan, yoz tekisligida yotuvchi nuqtani YOZ tekisligi bilan bog’lovchi 3 va 4 ikki koordinat valikni yana ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: X о’qi bо’ylab surilish va Z о’qiga parallel о’q atrofida aylanish imkonidan, о’z navbatida xoz tekisligida yotuvchi nuqtani detal о’qi bilan kesishuvidagi 5 koordinati valikni beshinchi erkinlik darajasidan, ya’ni о’q bо’yicha surilish imkonidan mahrum etadi. XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani koordinat tekisligi bilan bog’lovchi 6 koordinat valikni oxirgi erkinlik darajasi koordinat о’qiga parallael bо’lgan о’q atrofida aylanish imkonidan mahrum etadi (buning uchun valsimon detalda qo’shimch shpon paz kabi sirt bo’lishi shart). Xuddi shunga o’xshash disksimon (8.3-rasm) va sar tipidagi (8.4-asm) detallarni koordinata tekisliklariga nisbatan fazoda joylashishini tahlil gilish mumkin. Sxemalardan ma’lumki, xohlagan detalning koordinat sistemasiga nisbatan holatini aniqlash uchun, tanlangan koordinata sistemasi bilan detal koordinat sistemasining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat kerakdir. Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa detalga nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va etarlidir. Bu xulosa bir detalni ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega bо’lib "OLTI nuqta qoidasi" deb ataladi.
Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu yuzalarni о’rnini о’tovchi boshqa yuzalar, boshqacha qilib aytganda koordinat sistemasi bо’lishi kerak.
2. Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi
Bular quyidagilar: - Asosiy baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va uning holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza (5- rasm). - Yordamchi baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qо’llaniluvchi konstruktorlik baza (5-rasm) . - Кonstruktorlik baza-detalni yoki yig’ilma birlikni buyumdagi о’rnini (holatini) aniqlash uchun qо’llaniluvchi baza. Shuningdek detal konstruksiyasini chizishda masalan; pog’anali valning (6-rasmga qar.) tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari,ya’ni: A1 o’lcham uchun Ι-sirt; A, A2, A3 va A4 o’lchamlar uchun esa Ι Ι-sirt konstruktorlik bazalar vazifasini bajaradi. - Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida boshqa detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig’uv bazalari deb yuritiladi (5-rasmda 3-tezliklar qutisi teshigi «yor» va o’ng yon sirti 4- shpindel uchun yig’ish bazasi bo’lib hisoblanadi). - Texnologik baza deb, tanavorni yoki buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash jarayonida holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (7-rasm). - O’lchash bazasi-tanavorni yoki buyumni va о’lchash vositalarini nisbiy holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza (8-rasm). (GOST 21495-96).
5-rasm 6-rasm


7-rasm Ι,ΙΙ,ΙΙΙ-texnologik baza komplekti; 8-rasm. A-o’lchov baza sxemasi Ι-o’rnatuv baza; ΙΙ-yo’naltiruvchi baza; ΙΙΙ-tayanch baza
3. Еrkinlik darajasidan mahrum etilishi bо’yicha bazalar sinfi
Bularga о’rnatuv, yо’naltirgich, tayanch, qо’shaloq yо’naltirgich va qо’shaloq tayanch bazalar (sxemalari 1-rasm , 2-rasm va 10-rasmlarda kо’rsatilgan) kiradi:
- о’rnatish bazasi-tanavorni yoki buyumni uchta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishi va boshqa ikki koordinata о’qlari atrofida aylanish harakatlaridan 1-rasm va 7-rasmlarga qar.);
- yо’naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan va boshqa о’q atrofida burilish harakatidan 8.1-rasm va7-rasmlarga qar.);
- tayanch baza-tanavorni yoki buyumni bir erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan yoki о’q atrofida burilish harakatidan 1-rasm va 7-rasmlarga qar.);
- qо’shaloq yо’naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni tо’rtta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о’qlari bо’ylab kо’chishidan va shu о’qlar atrofida aylanma harakatlaridan, 2-rasm va 9-rasmlargaga qar.);
- qо’shaloq tayanch baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о’qlari bо’ylab kо’chishlaridan, 3-rasm va 10-rasmlarga qarang).
9-rasm.Qo’shaloq yo’naltiuvchi baza sxemasi

10-rasm. Qo’shaloq tayanch baza shemasi


Bazalashning asosiy prinsiplari
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqishda bazalar tanlash, bazalarning о’zini aniqlashni va kerak bо’lsa bazalar almashinuv tartibini о’rnatishni maqsad qilib qо’yadi.
Bazalar tanlashda boshlang’ich berilganlarga: detalning ishchi chizmasi qо’yilgan о’lchamlari bilan, uni tayyorlash uchun qо’yilgan texnik talablar, tanavor kо’rinishi, shuningdek nazarda tutilgan jarayonni avtomatlashtirish darajasi kiradi. Bazalarni tanlashda detalning mexanizmda ishlash sharoiti hisobga olinadi. Asosan bazalar tо’g’risida biz oldingi temalarda misollar bilan batafsil kо’rib chiqqanmiz.
Qabul qilingan bazalash sxemasi moslamaning konstruktiv sxemasini belgilaydi va detal о’lchamlarining aniqligiga va yuzalarning о’zaro joylashuviga ta’sir kо’rsatadi. Ishlov berish aniqligini ushlashda bazalar birligi prinsipiga amal qilinsa yaxshi natija beradi. Bu holda bazalash xatoligi 0 ga teng bо’ladi. Bu prinsipga amal qilish qiyin bо’lsa (masalan, tanavorning turg’unligi etarli bо’lmay о’lchov baza kichik bо’lsa), bazalar bir yuzada yotmasligining zararli ta’sirini kamaytirishga intilib о’rnatuv baza uchun boshqa yuza qabul qilinadi.
Bazalar doimiylik prinsipiga amal qilish detal yuzalarining о’zaro joylashish aniqligini oshiradi. Aylanuvchi yuzalarning yuqori konsentrikligini ta’minlash, kо’p hollarda о’shu bitta tanlangan bazani kо’p marotaba ishlatish natijasida amalga oshiriladi. Bu prinsipi tо’la amal qilish sun’iy bazalar (yordamchi); bobishkalar, platiklar, markaziy teshiklar, о’rnatuv belchalari va boshqa еlementlar yaratishga olib keladi, va shuningdek barcha ishlov berishlar birlamchi tanavor qora yuzasidagi bazada bir о’rnatuvda bajariladi.
Oxirgi hol detallarni chiviqlardan avtomatlarda, kо’p holatli (pozisiyali) va agregat stanoklarida, va shuningdek avtomatik-liniyalarda moslama-sputniklar ishlatishlarda о’ringa еga.
Baza tanlashda ishlov berish aniqligiga va g’adir-budirligiga bо’lgan talablar mazmuni yozilishi kerak, shuningdek tanavor materialida mavjud ichki kuchlanishdan hosil bо’lgan deformasiyani yо’qotish maqsadida qaytadan ishlov berilishi kо’zda tutilishi kerak.
Baza tanlash birlamchi ishlov berish rejasiga bog’liq bо’lib, texnologik jarayon loyihalashning keyingi еtaplarida har bir еlementi bо’yicha aniqlab borish natijasida konkretlashtiriladi.
2. Bazalarning doimiylik tamoyili.
Bazalarning doimiylik tamoyili shundan iboratki, bunda tеxnologik jarayonni ishlab chiqish paytida doimo bitta va o`sha tеxnologik bazani qo`llashga harakat qilish va uncha kеrakli bo`lmagan hollarda tеxnologik bazalarni almashtirmaslikka harakat qilish kеrak (dastlabki bazani almashtirish bunga kirmaydi).
Ishlov bеrishni bitta tеxnologik baza bo`yicha olib borishga harakat qilish tеxnologik bazalarni har qanday almashtirish sirtlarning o`zaro joylashish xatoligining ortishiga va shu tеxnologik bazalarning joylashishiga qo`shimcha ravishda xatoliklarning paydo bo`lishi bilan tushuntiriladi.
Masalan, agar 11-rasm (a) da tasvirlangan zagotovkaga ishlov bеrishda to`rtta kichik tеshik simmеtriya o`qining markaziy tеshik o`qi bilan yo`l qo`yiladigan xatolik  =  0,1 mm bilan o`rindoshligini ta`minlash talab etilsa va turli xil A va V bazalardan foydalanilgan holda markaziy tеshikni yo`nib kеngaytirish tokarlik dastgohida, to`rtta kichik tеshikni esa konduktorda tеshilsa, u holda o`qlarning haqiqiy siljishi foydalanilgan bazalarning o`zaro joylashish xatoligiga tеng bo`ladi, ya`ni 100 mm li o`lcham dopuski kattaligiga tеng bo`ladi. Buni tеxnologik o`lcham zanjiri hisobidan ham ko`rish mumkin (11-rasm):

11-rasm. Parmalash va yo`nib kеngaytirishda bazalarning doimiylik tamoyilini qo`llash.


Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqishda bazalar tanlash, bazalarning о’zini aniqlashni va kerak bо’lsa bazalar almashinuv tartibini о’rnatishni maqsad qilib qо’yadi.


Bazalar tanlashda boshlang’ich berilganlarga: detalning ishchi chizmasi qо’yilgan о’lchamlari bilan, uni tayyorlash uchun qо’yilgan texnik talablar, tanavor kо’rinishi, shuningdek nazarda tutilgan jarayonni avtomatlashtirish darajasi kiradi. Bazalarni tanlashda detalning mexanizmda ishlash sharoiti hisobga olinadi. Asosan bazalar tо’g’risida biz oldingi temalarda misollar bilan batafsil kо’rib chiqqanmiz.
Qabul qilingan bazalash sxemasi moslamaning konstruktiv sxemasini belgilaydi va detal о’lchamlarining aniqligiga va yuzalarning о’zaro joylashuviga ta’sir kо’rsatadi. Ishlov berish aniqligini ushlashda bazalar birligi prinsipiga amal qilinsa yaxshi natija beradi. Bu holda bazalash xatoligi 0 ga teng bо’ladi. Bu prinsipga amal qilish qiyin bо’lsa (masalan, tanavorning turg’unligi etarli bо’lmay о’lchov baza kichik bо’lsa), bazalar bir yuzada yotmasligining zararli ta’sirini kamaytirishga intilib о’rnatuv baza uchun boshqa yuza qabul qilinadi.
Bazalar doimiylik prinsipiga amal qilish detal yuzalarining о’zaro joylashish aniqligini oshiradi. Aylanuvchi yuzalarning yuqori konsentrikligini ta’minlash, kо’p hollarda о’sha bitta tanlangan bazani kо’p marotaba ishlatish natijasida 60 amalga oshiriladi. Bu prinsipi tо’la amal qilish sun’iy bazalar (yordamchi); bobishkalar, platiklar, markaziy teshiklar, о’rnatuv belchalari va boshqa еlementlar yaratishga olib keladi, va shuningdek barcha ishlov berishlar birlamchi tanavor qora yuzasidagi bazada bir о’rnatuvda bajariladi.
Oxirgi hol detallarni chiviqlardan avtomatlarda, kо’p holatli (pozisiyali) va agregat stanoklarida, va shuningdek avtomatik-liniyalarda moslama-sputniklar ishlatishlarda о’ringa еga.
Baza tanlashda ishlov berish aniqligiga va g’adir-budirligiga bо’lgan talablar mazmuni yozilishi kerak, shuningdek tanavor materialida mavjud ichki kuchlanishdan hosil bо’lgan deformasiyani yо’qotish maqsadida qaytadan ishlov berilishi kо’zda tutilishi kerak.
Baza tanlash birlamchi ishlov berish rejasiga bog’liq bо’lib, texnologik jarayon loyihalashning keyingi еtaplarida har bir еlementi bо’yicha aniqlab borish natijasida konkretlashtiriladi.
Asosiy adabiyotlar:
1.Халикбердиев Т.У. Машинасозлик технологияси асослари: Дарслик.- Т.: Ношир, 2012. -416 б.
2.Бурцев В.М. и др. Технология машиностроения. В 2-х т.-М.: Изд. МГТУ им. Н.Э. Баумана, 1998-2001.
3.Суслов А.Г. Технология машиностроения. – М.: Машиностроение, 2004. -400.
4.Н.Ф. Пашкевич и др. Технология машиностроения: уч. пос. /под ред. Пашкевича Н.Ф./ Минск.: Новое знание, 2008 -478.
5.В.А. Лебедов и др. Технология машиностроения. Проектирование технологий изготовления изделий. Ростов на Дону. Феникс, 2008 -361.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.Справочник технолога машиностроителя. Т.1-2.- М. Машиностроение, 1985-2001.
2.Базаров Б.М. Основы технологии машиностроения.–М: Машиностроение, 2005.-736.
3.Омиров А., Каюмов А.. Машинасозлик технологияси.-Т.: Узбекистон, 2003.- 382.
4.Маталин А.А. Технология машиностроения. – М: изд. Ленингр. отд., 1985, - 556.
5.О.М. Соснин. Основы автоматизации технологических процессов и производств. 2-е изд. М.: Академия, 2009 -240.
6.Н.П. Косов и др. Технологическая оснастка. Вопросы и ответы. Уч. пос. М.: Машиностроение, 2007 - 304.
7.Проектирование технологии машиностроения на ЭВМ. Учебник О.В.Тартинов и др. М.: МГИУ, 2006 -519
Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish