Mavzu: Xususiy vaziyatdagi tekislik



Download 239,02 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi239,02 Kb.
#234611
  1   2
Bog'liq
4.Xususiy vaziyatdagi tekislik


Mavzu: Xususiy vaziyatdagi tekislik

3.3. Tekislikning bosh maxsus chiziqlari.

3.4. Tekislikning proektsiyalar tekisligiga nisbatan holatlari.

3.3. Tekislikning bosh chiziqlari.
Tekislikning bosh chiziqlariga gorizontal (h), frontal (f), profil (p) to’g’ri chiziqlar va proektsiyalar tekisligining eng katta og’ma chizig’i kiradi.

Tekislikning h (h1va h2) gorizontali deb shu tekislikka tegishli va gorizontal proektsiyalar tekisligiga parallel to’g’ri chiziqqa aytiladi (3.8 shakl). Tekislikning gorizontali gorizontal H proektsiyalar tekisligiga parallel, uning frontal proektsiyasi esa X o’qiga parallel bo’ladi.

Tekislikning gorizotalini proektsiyasini qurish uchun A2 nuqtadan X o’qiga parallel to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bu gorizontalning frontal proektsiyasi bo’ladi. Gorizontalning gorizontal (h1) proektsiyasini proektsion bog’lanish chiziqlari yordamida topiladi.

3.9 shaklda tekislik R (R1 va R2) va uning gorizontal h bilan uning h2 va h1 proektsiyalarining yaqqol tasviri ko’rsatilgan. Izlari bilan berilgan R1 va R2 tekislikning gorizontali proektsiyalarini chizmada qurishda R2 izidagi ixtiyoriy tanlangan N (N2 proektsiya) nuqta orqali X o’qiga prallel to’g’ri chiziq o’tkazamiz. Gorizontalning gorizontal (h1) proektsiyasi gorizontal R1 izga parallel N1 nuqta orqali o’tadi.

3.8 shakl 3.9 shakl


Tekislikning f (f1 va f2) frontali deb shu tekislikda yotuvchi va frontal proektsiyalar tekisligiga parallel to’g’ri chiziqqa aytiladi. CHizmada frontalning gorizontal proektsiyasi X o’qiga parallel, frontalning frontal proektsiyasi proektsion bog’lanish chiziqlari yordamida topiladi (3.10 shakl).

3.11 a shaklda tekislik G(G1 va G2) va frontal f hamda uning f1 va f2 proektsiyalarining yaqqol tasviri ko’rsatilgan, 3.11 b shaklda tekislikning berilgan izlari, shu tekislikning frontalini gorizontal va frontal proektsiyalari chizmasi aks etgan.





  1. b)

3.10 shakl 3.11 shakl
Profil r (r1, r2, r3) to’g’ri chiziq deb tekislikka tegishli va profil proektsiyalar tekisligiga parallel to’g’ri chiziqqa aytiladi (3.12 shakl).

Bu holatda profil r (E1F1 i Ye2F2) to’g’ri chiziqning frontal va gorizontal proektsiyalar profil proektsiyalar tekisligiga parallel, profil proektsiyasi esa YeF kesmaning haqiqiy kattaligiga teng, ya’ni Ye3F3 = YeF.




3.12 shakl

Proektsiyalar tekisligida tekislikning eng katta og’ma chizig’i deb shu tekislikka tegishli va frontal, gorizontal va profil chiziqlarga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziqlarga aytiladi. Gorizontal proektsiyalar tekisligining eng katta og’ma chizig’i qiyalik chizig’i deb ataladi.

Agar F tekislikning A nuqtasiga (3.13 shakl) shar joylashtirilsa, uning harakati traektoriyasi to’g’ri AM (A1M1, A2M2) chiziqni aniqlab beradi, ya’ni gorizontal h (h1, h2)ga perpendikulyar bo’lgan qiyalik chizig’ini hamda F tekislikning F1gorizontal izini aniqlab beradi.

Izlari F (F1, F2) (3.13 b shakl) bilan berilgan tekislikka qiyalik chizig’ni o’tkazish uchun shu tekislikda ixtiyoriy A (A1, A2) nuqtani olib, uning A1 gorizontal proektsiyasi orqali gorizontal iziga yoki gorizontalning (h1) gorizontal proektsiyasiga perpendikulyar chiziq o’tkaziladi. h1 va M1N1' o’rtasidagi to’g’ri burchak gorizontal tekislikka hech qanday o’zgarishlarsiz (iskajeniya) proektsiyalanadi, uning bitta tomoni ya’ni gorizontali gorizontal proektsiyalar tekisligiga parallel, h1 esa F1 ga parallel, shundan kelib chiqadiki, F1 va M1N1 lar ham to’g’ri chiziq ekan.

3.13 shakldan chiziqli AM1A1 burchak qiyalik chizig’i va uning gorizontal M1A1 proektsiyasi oralig’ida yotadi, F i H tekisliklari hosil qilgan ikki qirrali burchakka teng bo’ladi.

a) b)


3.13 shakl

Berilgan ABS uchburchak tekislikning proektsiya H tekisligiga nisbatan og’ish burchagini (3.14 shakl) aniqlash uchun quyidagilarni bajarish kerak: ABS uchburchak tekisligiga gorizontal h (h1 i h2) o’tkaziladi, so’ngra B1 nuqtadan gorizontalning gorizontal proektsiyasiga perpendikulyar bo’lgan (B1K1) qiyalik chizg’ining gorizontal proektsiyasi o’tkaziladi, so’ngra (B2K2) qiyalik chizig’ini frontal proektsiyasi bog’lovchi chiziqlar bo’yicha aniqlanadi. B1K1B0 to’g’ri burchakli uchburchakning qiyalik chizig’ini B1K1 gorizontal proektsiyasi qurib olinadi, bitta kateti qiyalik chizig’ini V1K1 gorizontal proektsiyasi, ikkinchisi esa B (B2) nuqtaning K (K2) nuqtadan gorizontal proektsiyalar tekisligiga nisbatan balandligining (∆z) farqi. SHunday qilib qiyalik chizig’ining gorizontal proektsiyasi va uning haqiqiy kattaligi orasidagi burchak α hosil bo’ladi. Bu ABS uchburchak tekislikning H proektsiya tekisligiga nisbatan og’ish burchagi bo’ladi.




3.14 shakl
Tekislikning V va W proektsiyalar tekisligiga nisbatan qiyalik burchagini yuqoridagi kabi aniqlanadi.


Download 239,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish