Mavzu: xufyona iqtisodiyotning tarkibi, sabablari va oqibatlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana14.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#798142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XUFYONA IQTISODIYOT {MARUZA}

3.
 
Norasmiy iqtisodiyot. 
Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini 
hamda mulkchilik munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat 
shartnomalarini, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urtalash 
munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va ma’muriy qoidalar 
bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni 
tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. U norasmiy faoliyat 
yurituvchi iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan 
o‘lchanadi. 


Norasmiy iqtisodiyot 
Ro‘yxatga 
olinmagan 
Hisobga olinmagan 
iqtisodiyot 
Nolegal iqtisodiyot 
Xufyona iqtisodiyot shakllari 
 E.Fayg nuqtai nazaridan xufyona iqtisodiyot shakllari 
Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida 
shaxslar, shaxslar guruhi, institutsional sub’ektlari o‘rtasidagi moddiy 
ne’mat va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va 
iste’mol qilish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, 
uning natijalari rasmiy statistikada hisobga olinmaydi va soliqqa 
tortilmaydi. 
Xufyona iqtisodiyot amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga 
potensial va real xavf, tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, 
rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va 
taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish 
jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy fanda iqtisodiyotning qaysi sektorga, ya’ni norasmiy, 
kiriminal, fiktiv, xufyona yoki ochiq, rasmiy iqtisodiyotga tegishli 
ekanligini aniqlashda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: 

davlatning fiskal (soliq) manfaatlari; 

YaIMning real hajmi; 

huquqiy parametrlar; 

ho‘jalik sub’ektlari o‘zaro harakati tavsifi. 
Xufyona iqtisodiyot daromadlarni soliqqa tortishdan yashirishda 
namoyon bo‘ladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari 
quyidagilardan iborat: 

turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular orqali 
buxgalteriya hisobida to‘liq ko‘rsatilmagan holda pul operatsiyalarini 
amalga oshirish; 

trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish; 



“ikkiyoqlama buxgalteriya” yuritish, naqd pullar bilan 
muomala qilish, shu orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan 
yashirish; 

korxonani bir shahar, tumanda ro‘yxatdan o‘tkazish, ammo 
hisob raqamini boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali 
soliq to‘lashdan korxona ro‘yxatga olingan joyda va faoliyat yuritgan 
joyda ham qochadi, ya’ni bo‘yin tovlashadi; 

hisobga olinmagan xarajatlar hisobiga sotilayotgan mahsulot 
(xizmat, ishlar)ning tannarxini oshirib ko‘rsatish; 

rasmiy hisob va to‘lov xujjatlarida tomonlarning kelishuviga 
asosan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati past narxlarda 
ko‘rsatiladi, uning qolgan qismini naqd pul shaklida o‘zaro taqsimlab 
oladilar. Naqd pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi. 
Xufyona 
iqtisodiyot 
diorasida 
amalga 
oshiriladigan 
operatsiyalarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 

to‘liq buxgalterlik hisobidan chiqarilgan, hech qayerda 
hisobga olinmaydigan ho‘jalik-moliya operatsiyalari. Bunday 
operatsiyalarni huquqiy jihatdan ro‘yxatga olingan va umuman 
ro‘yxatga olinmagan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi

qisman 
yashirilgan 
operatsiyalar. 
Bunda 
korxonalar 
tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning bir qismi, ya’ni 
olingan daromadning bir qismi buxgalteriya hisobga olinmaydi, 
soliqqa tortishdan yashiriladi. 
Xufyona iqtisodiyot amaldagi qonunchilikka zid kelishi yoki zid 
kelmasligi nuqtai nazaridan kriminal, jinoiy yoki kuzatilmagan 
xufyona iqtisodiyot sektorlariga ajratiladi. Kriminal, ya’ni jinoiy, 
qora xufyona iqtisodiyotda umuman iqtisodiy faoliyat yashiriladi. 
Kuzatilmagan, norasmiy iqtisodiyot sektorida sarf xarajat yoki 
daromad yashiriladi yoki umuman hisobga olinmaydi
13

Xufyona faoliyatning turlarini farqlashning uch mezonidan 
foydalaniladi: ularni “oq” (“birinchi”, rasmiy) iqtisodiyot bilan 
bog‘liqligi, hamda iqtisodiy faoliyatning sub’ektlari va ob’ektlari. 
Shu nuqtai nazardan yashirin iqtisodiyotni uch sektor (soha)ga 
ajratish mumkin (1.2.1-jadval): 

“ikkinchi” (“oq yoqalilar”); 

“kul rang” (“norasmiy”); 

“qora” (“maxfiy”) yashirin iqtisodiyot. 


Xufyona iqtisodiyotni o‘rganish va tahlil etish taxminan yarim 
asrdan buyon davom etayotgan bo‘lsa ham, olimlarda va 
tahlilchilarda uni tahlil qilishning yagona yondashuvi hanuzgacha 
mavjud emas. Masalan, ingliz tilidagi manbalarda “informal 
economy” (norasmiy iqtisodiyot), “underground economy” (yashirish 
(maxfiy) iqtisodiyot), “shadow economy” (soyadagi (pana) 
iqtisodiyot), “black economy” (qora iqtisodiyot) kabi terminlarni 
uchratish mumkin, va bu terminlar turli tadqiqotchilarda turli ma’noni 
anglatmoqda. 
“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – bu “oq” iqtisodiyot ishchi va 
xodimlarining o‘z ish joylarida yashirincha, qonun bilan taqiqlangan 
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari bo‘lib, ushbu faoliyat avval 
yaratilgan milliy daromadning yashirin qayta taqsimlanishiga olib 
keladi. Bu faoliyat bilan, asosan, boshqaruv mahkamasidagi “obro‘li 
odamlar” (“oq yoqalilar”) shug‘ullanganligi sababli yashirin 
iqtisodiyotning ushbu turini “oq yoqalilar”, deb nomlashadi. Jamiyat 
nuqtai nazaridan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyot hech qanday yangi 
tovar va xizmatlarni yaratmaydi. “Ikkinchi” iqtisodiyotda bir necha 
odamlar boshqa odamlarning yo‘qotishlari evaziga naf ko‘radilar 
(daromad oladilar). “Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – shaxsiy ehtiyoj 
va davlat tomonidan hisobga va ro‘yxatga olinmaydigan ehtiyojlarni 
qondirish maqsadida alohida fuqarolar o‘rtasida va ularning norasmiy 
birlashmalari o‘rtasidagi mustaqil iqtisodiy munosabatlardir. Bu 
munosabatlar fuqarolarning davlatning xo‘jalik mexanizmidagi 
xatolar, aholi talablari, xohishlari inobatga olinmasligiga qarshi aks 
ta’siridir. 
Bular eng avvalo: 
a)
moliya va soliq xizmatlarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlashni rag‘batlantiradigan darajada zaifligi; 
b)
rivojlangan bozor tizimining noqonuniy resurslar manbalariga 
tayanishga majbur etadigan darajada mavjud emasligi; 
v) haddan ziyod va, shu jumladan, qonunlarga xilof ravishda 
ma’muriylashtirilganlik; 
g) nodavlat tadbirkorlikka nisbatan davlatning hozirdagi 
siyosatining uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligiga shubha tug‘ilishi.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish