ta’kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani
tuzishdagi yuqori
xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va uchinchi shaxslardan
himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni
«qonunga bo‘ysunish bahosi», deya ta’riflaydi. U quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
–
qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga
olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga
ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);
–
qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan
bog‘liq xarajatlar (soliqlarni to‘lash); mehnat munosabatlari sohasida
qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi,
ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda
sud xarajatlarini to‘lash
17
.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xufyona iqtisodiyot hajmini
kamaytirish mumkin, ammo eng yaxshi markazlashtirilgan boshqaruv
tizimiga ega mamlakat ham uni butunlay yo‘q qila olmaydi. Soliq
stavkalari eng past darajada bo‘lgan taqdirda ham ba’zi
bir soliq
to‘lovchilar soliq to‘lashdan qochishadi.
Ikkinchi tomondan qaraganda, zamonaviy xufyona iqtisodiyot
faqatgina bozor erkinligini cheklash natijasida vujudga kelgan, deb
bo‘lmaydi, bunga ma’lum jihatdan bozor munosabatlarining tabiati
ham sabab bo‘lgan. Bozor xo‘jaligi foydani ilohiylashtirishga,
daromadga sig‘inishga asoslangan holda shakllantiriladi. Shu
sababdan bir lahzada katta daromadga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga
kelganda, ba’zi insonlar yoki insonlar guruhi jamiyat manfaatlaridan
o‘zlarining manfaatlarini yuqori qo‘yishadi. Boylikka ega bo‘lish
ishtiyoqi ko‘proq “ikkinchi” va “qora” yashirin iqtisodiyot uchun
xosdir.
Xufyona iqtisodiyotning vujudga kelish
va rivojlanish sabablari
va omillari xilma-xil bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Antropologik omillar, ya’ni insonning qarama-qarshi tabiati,
undagi yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash xususiyatlari.
2.
Iqtisodiy omillar: davlatning soliq siyosatidagi kamchiliklar,
bozorning tovar va xizmatlar bilan to‘yinmaganligi; iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanat va balansning mavjud
emasligi;iqtisodiyotning
siklik
tebranishlari,
aholi
xarid
qobiliyatining pastligi; transaksiya xarajatlarining yuqoriligi;
3.
Huquqiy
omillar:
qonunchilik
bazasining
takomillashmaganligi, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash
mexanizmining mukammal emasligi;
4.
Ijtimoiy-siyosiy omillar: ijtimoiy-siyosiy vaziyat, davlatga
ishonch
darajasi; jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal
etilishi darajasi; aholining ijtimoiy-psixologik kayfiyati; davlatning
xususiy mulk va sektorga munosabati; Ijtimoiy omillar: aholining
tabaqalanishi darajasi; ishsizlik darajasi; kam ta’minlangan aholi
qatlamlarining ko‘lami; mehnat migrantlarining ko‘pligi; mehnat
munosabatlari, mehnat sharoitlari, ish haqi tizimi; ijtimoiy kafolatlar,
pensiya ta’minoti;
5.
Ma’muriy omillar: davlat boshqaruvi tizimidagi kamchiliklar;
byurokratiya,
davlat
xizmatchilarining
kompetentlik
va
mas’uliyatlilik darajasi; tadbirkorliklarga ma’muriy bosim, xomiylik
qilishga majburlash darajasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: