6. Raqobatchini obro’sizlantirish.{192m}
Jinoyatning bevosita obyekti tovar bozorida xo‘jalik subyektlarining qonuniy raqobatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlardir.
Obyektiv tomondan jinoyat bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatishda ifodalanadi.
Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish deganda, ommaviy bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni oshkor qilishni tushunish lozim. Agar ma’lumotlar haqiqatga to‘liq mos kelmasa, yolg‘on ma’lumotlar hisoblanadi. Noaniqlik ma’lumotlarning haqiqatga qisman muvofiqligini bildiradi. Buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar amaldagi ma’lumotlarga mos bo‘lmagan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Bosma usulda ko‘paytirish deganda, bosmaxona usuli bilan ko‘paytirilgan ma’lumotlarni tushunish lozim. Boshqacha usulda ko‘paytirish deganda, ma’lumotlarni boshqacha har qanday usulda ko‘paytirishni (kserokopiya orqali, fotosuratga olish orqali, turli matn yozish mashinalaridan, kompyuterlardan foydalanish orqali, qo‘l bilan yozish orqali va hokazolarni) tushunish lozim. Jinoyat bila turib yolg‘on, noaniq, buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bosma yoki boshqacha uslubda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali oshkor qilingan paytdan, ya’ni o‘zga shaxslarga ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri kasddan sodir etiladi. Aybdor yolg‘on, noaniq, buzib ko‘rsatilgan axborotni tarqatayotganini oldindan bilishi lozim.
Subyektiv tomonning zaruriy belgisi — jinoyatni sodir etish maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish hisoblanadi. Bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxsda xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadi bo‘lmasa, uning harakatida mazkur jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Agar shaxs xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazuvchi haqiqiy ma’lumotlarni oshkor etsa, uning harakatida jinoyat tarkibi bo‘lmaydi.
Jinoyat subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs hisoblanadi.
XULOSA
Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar asosan, harakat bilan, ayrim hollarda aralash tarzda (harakat va harakatsizlik bilan) sodir etilishi mumkin (savdo yoki vositachilik faoliyati bilan konunga xilof ravishda shugʻullanish), faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish. Ushbu toifadagi jinoyatlar fakat bir holatda, yaʼni savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish jinoyatida harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j. aksariyat hollarda qasddan, shuningdek, ehtiyotsizlik orqali ham sodir etiladi.
Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlars.j. uchun jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum etish kabi jazolar qoʻllanadi. Bunday jinoyatlarning deyarli barchasida muayyan huqukdan mahrum etish jazosi asosiy jazo sifatida qoʻllanishi ushbu toifadagi jinoyatlar uchun jazo tayinlashning oʻziga xos xususiyatidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.
2. M.X.Rustamboyev. O’zbekiston Respublikasi JInoyat huquqi kursi.
3. Internet malumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |