MAVZU:XO’JALIK FAOLIYATI SOHASIDAGI JINOYATLAR
REJA:
I KIRISH
1.Xo’jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar haqida tushuncha.
II ASOSIY QISM
1.Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati haqida {188m}
2.Pul mablag’larini va boshqa mol mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat. {188,1}
3. Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish. {189m}
4. Faoliyat bilan yoki ruxsat etish xsusiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug’ullanish.{190m}
5. Qonunga xilof ravishda axborot to’plash uni oshkor qilish yoki undan foydalanish. {191m}
6. Raqobatchini obro’sizlantirish.{192m}
III XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
1.Xo’jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar haqida tushuncha.
Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar - xoʻjalik faoliyatini tashkil etish yoki bevosita ichki jarayoni bilan bogʻliq holda yuzaga kelib shaxsning sogʻligʻiga yoki jamiyat manfaatlariga yoxud davlatning iktisodiy tizimiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni 2 guruhga: xoʻjalik faoliyatini tashkil qilish bilan va bevosita xoʻjalik ichki jarayoni bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlarga boʻlish mumkin. Xoʻjalik faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan ichki jarayonidan oldingi bosqichda, yaʼni xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun zarur tashkiliy choratadbirlarni amalga oshirish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanish, faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish, qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchini obroʻsizlantirish kabi jinoyatlar kiradi. Bevosita xoʻjalik ichki jarayoni bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan mahsulot xizmat lar koʻrsatish, ishlar bajarish jarayonida, shuningdek, xoʻjalik faoliyati natijalarini realizatsiya qilish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish va sotish, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda i.ch. yoki muomalaga kiritish, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish kabi jinoyatlar kiradi.
Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar oddiy va maxsus subyektlar tomonidan sodir etilishi mumkin. Jinoyatning oddiy subʼyektiga xoʻjalik mahsulotlarini i.ch., xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarishni bevosita amalga oshiradigan, tashkil qiladigan, shuningdek, realizatsiya qiladigan fuqarolar kiradi. Bunday subʼyektlar tomonidan jinoyat sodir etilishi Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar jinoyatningning asosiy tarkibini tashkil etadi. Jinoyatning maxsus subʼyektlariga mansabdor shaxslar, uyushgan guruh, takroran jinoyat sodir etgan shaxslar hamda xavfli retsidivistlar kiradi. Ushbu toifadagi jinoyatlar maxsus subʼyektlar tomonidan sodir etilganda jinoyatni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinishi kerak. Yaʼni xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni oddiy yoki maxsus subʼyektlar tomonidan sodir etilishi jinoyat kvalifikatsiyasiga bevosita taʼsir qiladi.
ASOSIY QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |