Mavzu: xo’jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar reja


Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish. {189m}



Download 28,81 Kb.
bet4/7
Sana23.06.2022
Hajmi28,81 Kb.
#697259
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jinoyat huquqi nmh

3. Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish. {189m}
Jinoyatning bevosita obyekti fuqaro manfaatlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalarining me’yoriy faoliyati hisoblanadi. Obyektiv tomondan jinoyat shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llangandan so‘ng savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzishda ifodalanadi. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deganda, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushunilmog‘i lozim. Bunda sud aybdor tomonidan aynan qaysi savdo qoidasi buzilganligini ko‘rsatishi shart»1 . Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda qaysi qoida, mazkur qoidalarning qaysi bandi buzilganini aniqlash talab etiladi. JKning 189-moddasi bilan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, aholiga tovarlar sotishni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar ko‘rsatayotgan korxonalarda o‘lchovdan, tarozidan, puldan urib qolish yoxud xaridorni yoki buyurtmachini o‘zgacha tarzda aldash singari qilmishlar ham qamrab olinadi. Tovarlar navini qayta belgilashda aldash, ularni boshqa nom bilan sotish, tovar navi, miqdori va hokazolarda aldash ham savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish hisoblanadi. Subyektiv tomondan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.
Aybdor o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi va uni sodir etishni xohlaydi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda motiv va maqsad ahamiyatga ega emas. Jinoyat subyekti savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotgan va 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Agarda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish (JK 214-moddasi) bilan bog‘liq bo‘lsa, aybdor harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. JKning 189-moddasi 2-qismida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan, agarda u:
a) birinchi marta savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganda;
b) jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etganda;
v) yetkazilgan moddiy zarar qoplanganda.


Download 28,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish