Mavzu: Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro munosabatlaridagi o‘rni Reja



Download 39,62 Kb.
bet1/9
Sana16.03.2022
Hajmi39,62 Kb.
#493724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FoydaliManbalar


Mavzu: Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro munosabatlaridagi o‘rni

Reja:
Kirish:

1. Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi
2. Xalqaro moliya tashkilotlarining maqsadi va faoliyatining mohiyati
3. Xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solishdagi o’rni
4.
5.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy tuzilmasi o’ziga
ko’plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko’pgina vakolatlarga
hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo’lgan holda xalqaro valyutakredit va moliya munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Boshqalari esa,
hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyuta-kredit va
moliya siyosati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga
quyidagi omillar ta’sir ko’rsatgan:
– xo’jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy
chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy
banklarning tashkil topishi;
– jahon xo’jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo’lgan
ehtiyojning kuchayishi;
– jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog’ozlar va oltin
bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining
ortib borishi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy
funktsiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Axborot funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo’jaligi rivojlanishining umumiy
tendentsiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to’g’risida ma’lumotlar olish
mumkin bo’lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari
o’tkazilgan xalqaro konferentsiyalar, yig’ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo’yicha statistik
materiallarni nashr etib boradi.
2. Maslahatchi funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyuta-kredit va
moliya siyosatini o’tkazish bo’yicha maslahatlar berib boradi.
3. Tartibga solish funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish
funktsiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to’lov balansida muammolarga ega bo’lgan
mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko’rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam
ko’rsatgan.
4. Bashorat qilish funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining
bashoratini amalga oshiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog’liq holda
jahon ahamiyatiga ega bo’lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo’jaligining
ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro
tashkilotlarni tashkil etish g’oyasi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri
natijasida yuzaga keldi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi
muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning moliyaviy resurslarini
birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
– xalqaro savdoni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini
tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi
operatsiyalar;
– byudjet taqchilligini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga
kreditlar – davlatlararo kreditlar;
– xalqaro loyihalar (loyihada to’g’ridan-to’g’ri, shuningdek rezident tijorat
tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo’lgan
loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
– xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko’rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari,
informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya
tarmoqlarini rivojlantirish va boshq.) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki
rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo’lgan loyihalar)
sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
– fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro
yordam dasturlarini moliyalashtirish).
Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko’zlagan holda faoliyat
yuritadi:
– jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon
hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
– valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga
oshirish;
– jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini
hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning
ta’siri ularning kapitaldagi bo’nagining miqdori bilan aniqlanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo
mamlakatlarning hukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo’ladigan o’zaro
munosabatga bog’liq bo’ladi. Shunday ekan, xalqaro moliya tashkilotlarining
investitsion faoliyati ko’p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo’yicha risklarni boshqarish
va sug’urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni talab
etadi.

Download 39,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish