Mavzu: Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro munosabatlaridagi o‘rni Reja


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki



Download 39,62 Kb.
bet3/9
Sana16.03.2022
Hajmi39,62 Kb.
#493724
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FoydaliManbalar

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB, ing. International Bank for
Reconstruction and Development) - Jahon bankining asosiy kredit tashkiloti bo’lib
keng miqyosda Jahon banki nomi bilan tanilgan. Ushbu bankga a’zo bo’lish uchun ariza
taqdim etgan mamlakat avvalo XVFga a’zolikka kirgan bo’lishi lozim. Bankning barcha
qarzlari a’zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi kerak. Qarzlar bo’yicha har
olti oyda o’zgaruvchi foiz stavkasi belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga
teng. Qarzlar asosan 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo’yicha to’lovlarni 3-5
yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat xukumatining kafolati olingandan
so’ng amalga oshiriladi3.
XTTB – 1944 yilda Bretton-Vudsdagi (AQShning Nyu-Xempshir shtatidagi
shaharcha) Xalqaro valyuta – moliyaviy konferentsiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan
davlatlararo investitsiya institutidir. Bir vaqtning o’zida bankning nizomi ham bo’lib
qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945 yilda rasmiy jihatdan kuchga kirgan, bank o’zining
faoliyatini 1946 yildan boshlagan. XTTBning shtab-kvartirasi – AQShning Vashington
shahrida joylashgan.
XTTBning asosiy maqsadi – a’zo mamlakatlarga uzoq muddatli kredit va qarzlar
berish hamda xususiy investitsiyalarni kafolatlash orqali ularning iqtisodiyotini
rivojlantirishga ko’maklashish hisoblanadi. Dastlab XTTB a’zo mamlakatlarning
to’plangan mablag’lari va amerikalik investorlarning jalb qilingan kapitallari yordamida
ikkinchi jahon urushi natijasida iqtisodiy jihatdan turg’un holatga kelib qolgan G’arbiy
Evropa mamlakatlarida xususiy investitsiyalarni rag’batlantirishga mo’ljallangan edi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari
sirasiga quyidagilar kiradi:
– a’zo davlatlarning xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirishga ko’maklashish;
– kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va
ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish;
– jahon savdosining muvozanatli o’sishini va a’zo davlatlar to’lov balansining
muvozanatliligini qo’llab-quvvatlash.
50-yillarning o’rtalaridan boshlab, G’arbiy Evropa mamlakatlarida xo’jalik xayoti
barqarorlashishi munosabati bilan, XTTB o’z faoliyatining katta qismini Osiyo, Afrika
va Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiyotini rivojlantirishni barqarorlashtirishga
yo’naltirdi.
XTTBning oliy rahbar organi Boshqaruvchilar Kengashi va Direktorat (ijroiya
organi) bo’lib hisoblanadi. A’zo mamlakatlarning moliya vazirlari yoki markaziy
banklar boshqaruvchilaridan tashkil topgan Kengash o’z sessiyalarini XVF bilan
birgalikda bir yilda bir marta o’tkazishadi. XTTB a’zolari bo’lib faqatgina XVF
a’zoligiga qabul qilingan mamlakatlar bo’la oladi. Ovozlar XTTB kapitalidagi (180
mlrd. doll.dan ortiq) mamlakat kvotasi orqali aniqlanadi.
Hozirda XTTB a’zolari bo’lib 186 mamlakat hisoblansada, etakchi o’rinda ettilik
mamlakatlari turadi: AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Kanada
va Italiya.4
Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo’lib, Amerika bozorlarida
obligatsiya qarzlarini chiqarish va ularni sotishdan olingan mablag’lar hisoblanadi.
XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga a’zo mamlakatda ishlab chiqarish
ob’ektlarini kengaytirish uchun xukumat kafolati ostida beradi. Shuningdek XTTB
boshqa banklarning uzoq muddatli kreditlari bo’yicha kafolat ham beradi. U ham XVF
singari, qarzdor mamlakatning moliyaviy holati, kreditlanuvchi ob’ektlar va ushbu
ob’ekt bo’yicha bank missiyasi tomonidan o’rganilgan axborotlarni talab qiladi.
XTTB quyidagi dasturlar doirasida faoliyat yuritadi:
– iqtisodiy boshqaruv va kambag’allik bilan kurashish;
– ekologiya va ijtimoiy rivojlanish;
infratuzilma, xususiy sektor va moliya;
– inson salohiyatini rivojlantirish.
Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlarini
tartibga solish bilan shug’ullanmoqda: kredilarining 1/3 qismini qo’shma
moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to’lov balansi holatini
yaxshilashga shuningdek, iqtisodiyot tuzilmalarini tartibga solishga strukturali
kreditlarni ajratadi.
Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar
hisoblanadi:
– turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o’rta muddatli kreditlash;
– loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini tayyorlash;
– rivojlanayotgan mamlakatlarda tuzilmaviy qayta qurish dasturlarini
moliyalashtirish.
XTTBning maqsadlari quydagilardan iborat:
– a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga va qayta tiklashga yordam
ko’rsatish;
– xususiy xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash;
– to’lov balansining muvozanatini saqlashga va xalqaro savdoning barqaror
o’sishiga yordam berish;
4 – statistik ma’lumotlarni to’plash va e’lon qilish.
XTTBning asosiy mablag’lari hozirgi kunda o’rta va uzoq muddatli qarz
majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar
hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli qog’ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega
bo’lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari
qarz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada
to’lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi.
XTTB qarzlarini ikkita kategoriyaga ajratish mumkin:
Iqtisodiyot uchun yo’qotishlarsiz ssudalar bo’yicha foizlarni to’lashga qodir
bo’lgan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qarzlar.
Xalqaro moliya bozorida kreditga layoqatsiz va ssudalar bo’yicha foizlarni
to’lashga qodir bo’lmagan kambag’al mamlakatlar uchun qarzlar.
Keyingi yillarda XTTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor rolida chiqmoqda.
Bank tomonidan chiqarilayotgan obligatsiya qarzlari summasi davlatlararo investitsiya
banklari o’rtasida eng katta solishtirma og’irlikka egadir.

Download 39,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish