Evropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (ETTB) 1990 yilda Londonda tashkil
qilingan. ETTBning asosiy maqsadi – Markaziy va Sharqiy Evropaning sobiq
sotsialistik tuzumda bo’lgan mamlakatlarini bozor iqtisodiyotiga o’tishiga yordam
berishdan iborat. ETTB faqatgina aniq doiradagi loyihalarni kreditlaydi. ETTB
resurslari XTTBga o’xshashlik bo’yicha shakllanadi.
ETTB ishlab chiqarishni (loyihalarni moliyalashtirishni o’z ichiga olgan
holda), infratuzilmani taraqqiy ettirish va qayta tiklashga texnik yordam ko’rsatishni
(ekologik dasturlarni o’z ichiga olgan holda), aktsionerlik kapitaliga investitsiyalari,
ayniqsa xususiylashtirilayotgan korxonalarni kreditlashga ixtisoslashgan. Shu bilan
birgalikda ETTBning asosiy diqqati kichik biznesni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.
Boshqa xalqaro moliya institutlari singari ETTB aniq maqsadli investitsiyalarni
rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maslahat berish xizmatini ko’rsatadi. ETTBning
bitta strategik vazifasi – davlat korxonalarini xususiylashtirishni qo’llab-quvvatlash,
ularni modernizatsiyalash va tuzilmaviy qayta qurish, shuningdek ushbu masalalar
bo’yicha maslahatlar berishdan iborat.
Bank o’z a’zolariga, tuzilmaviy va tarmoq iqtisodini davlat tasarrufidan chiqarish,
xususiylashtirishni isloh qilish, bu bilan mamlakatlarni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga
uyg’unlashuviga ko’maklashadi.
ETTBning ta’sischilari bo’lib 40 mamlakat – Albaniyadan tashqari hamma
Evropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi
Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, shuningdek, EIK va Evropa Investitsiya Banki
hisoblanadi. SSSR, Chexoslovakiya va Yugoslaviya parchalanganidan keyin paydo
bo’lgan yangi davlatlar uning a’zolari bo’lishdi. Uning a’zolari sifatida XVF a’zosi
bo’lgan har qanday mamlakat bo’lishi mumkin. 2010 yil holatiga ko’ra ETTB
aktsionerlari bo’lib 60 dan ortiq mamlakat hisoblanadi.
Shuningdek ETTB quyidagi faoliyat turlarini moliyalashtirmaydi:
2. Mudofaa sanoati.
3. Tamaki sanoati.
4. Xalqaro huquqiy me’yorlarda taqiqlangan vositalarni ishlab chiqarish.
5. Qimor biznesi.
6. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlar va jarayonlar.
ETTB kredit-moliya siyosatining muhim yo’nalishlaridan moliyaviy sektor,
energetika, telekommunikatsiya infratuzilmasi, transport va agrobiznesni ajratib
ko’rsatish mumkin. Alohida holda xususiylashtirish sohasi ham muhim o’rin egallaydi.
Hozirgi kunda ETTB kredit liniyalaridan dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar o’z
iqtisodiyotini rivojlantirishda foydalanib kelmoqda. Ushbu tashkilot tomonidan
ajratilayotgan mablag’lar jahon iqtisodiy holatini yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |