Er, av. 2 ming yillikda paydo bo’lgan, 16 asrga qadar Uzoq Sharq, ya‘ni Xitoy, Yaponiyani Old Osiy bilan bog’lagan «Ipak yo’li» faqat savdo, siyosiy va ijtimoiy madaniy aloqa yo’li xam bo’ldi, mamlakat, shaxarlar halqlarining jumladan, O’rta Osiyo va Eron, Turkiya halqldari Musiqa madaniyatining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. «Ipak yo’li» xalqlarining urf-odati, an‘anlari, madaniyatinin bir-biriga uyg’unlashuvida muhim rol o’ynadi. «Ipak yo’li» - halqlari tarixining o’ziga xos bir yodgorligi bo’lib, halqlarning ham savdo madaniy sohada O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston halqlari bilan Vizantiya, Xitoy va Xindiston, umuman Sharq xalqlari o’rtasida madaniy aloqalar taraqqiy etdi. Turk va fors tilida so’zlashuvchi xalqlar o’rtasida aloqa rivojlandi. Bu aloqa ular yaratgan og’zaki ijodlarida ham o’z ifodasini topdi. Hind xalqining «Pancha Tantra», ( Besh kitob) asari Ibn Muqaffaning arab tilida qilgan tarjimasi o‗zbek tilida «Kalila va Dimna» nomida nashr etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |