XVII-XVIII asrlarda Pyotr 1 hukmronlik qilgan davrda (1682-1725) rus davlati mustamlakachilik siyosatini kuchaytirdi. Mahalliy feodallar o’rtasidagi ziddiyatdan foydalanib, O’rta Osiyo yer osti boyliklarini egallash yo’llarini izlay boshladi. Ammo ijtimoiy hayotda yuz bergan o’zgarishlar qanchalik og’ir bo’lmasin, mehnat va san‘at ahli o’z urf-odatlariga ko’ra ijodiy ishni davom ettirdi. Bezash san‘ati kulolchilik, me‘morchilik san‘ati sohasida 10-15 asrlarda boshlangan ishlarni davom ettirdi. Bezagi, hashamati bilan o’z davri ruhi, me‘morchilik madaniyatining yorqin namunasi bo‗lgan «Masjidi Kalon», «Qo’sh madrasa», «Toki telfak furushon», (Buxoroda), «Sherdor», «Tillakor», (Samarqandda) madrasa kabi muhtasham binolari qurildi. XVII-XIX asrlarda badiiy adabiyotning Saido Nasafiy, Turdi, Mashrab Gulxaniy, Maxmur, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, Zavqiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar, kabi talantli nomoyondalar yetishdi, 1962 yilda Muhammad Bodiy as-Samarqandiy Buxoro poeziyasining antalogiyasini tuzdi. Muhammad Balxiy «Suhonqulixonnoma» dostonini, Mirmuhammad Amin Buxoriy «Tarixiy Subxonqulixon» kitobini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |