Bu davrda madaniy an‘anaga ko’ra, maktab va madrasalarda o’qitish arab tilida olib borildi, madrasalarda ilohiyot haqidagi fanlar bilan birga tabbiy fanlar o’qitildi. Umuman XX asrga qadar o’tgan davrda – Iskandar, Arab halifaligi, Mo’g’ullar va Russiya imperiyasi, 1917 yil davlat to’ntarishidan keyin shukmronlik qilgan sobiq sovet yillarida ijtimoiy madaniyat, hayotda katta o’zgarishlar sodir bo’lganligingi ko’ramiz. Tarix fanlari nomzodi Azamat Ziyo aytganidek, ayniqsa, Amir Temir asos solgan saltanat davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot yuksaldi, ilm-fan va madaniyat yuksalib gurkirab rivojlandi. Zaminimiz, umuman sharq o’lkalari dunyoga xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Termizxiy, Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Farg’oniy, Rudakiy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Rumiy, Ulug’bek kabi buyuk daholarni taqdim etdi. Osiyo, Ovropa mamlakatlari Mo’g’ul bosqinchilari asoratidan xalos etilgach, ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotda, katta tiklanish boshlandi, er.av. va keyin yaratilgan xalq og’zaki ijodi o’zbek adabiyotining, ilmiy pedagogikaning shakllanishi va taraqqiyotiga bebaho bitmas-tuganmas manba bo’lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |