O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AL-XORAZMIY NOMIDAGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
181- TURIZM GURUHI TALABASI
RAJABOVA JAMILANING
“Turizm nazariyasi va amaliyoti” fanidan
Mavzu:Gid-ekskursiya xizmatlarini amalga oshirish jarayonlari
Bajardi: J.Rajabova
Qabul qildi: D.Xudayberganov
URGANCH 2018
Reja:
Kirish
1Gid-ekskursiya haqida tushuncha
2 Gid-ekskursiya haqida qonun va huquqlar
Asosiy qism
1O`zbekistonning turistik markazlari
2Rivojlangan mamlakatlarining dunyoga mashhur turistik tarmoqlari va qiziqarli faktlar
3O`zbekiston va jahon turizmining iqtisodiy-siyosiy o`rni va ijtimoiy ta’siri
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
I.Kirish
1Gid-ekskursiya haqida tushuncha
Gid- tur qatnashchilariga ekskursiya-axborot, tashkiliy xizmatlar va malakali yordam ko`rsatuvchi shaxs.
Ekskursiya-lotincha ”ekskursion” so`zidan olingan bo`lib, qisqa muddatli sayr-sayohat, sayohatga jo`namoq ma`nolarini bildiradi.
Jahon xalqlarining tilida «turizm» tushunchasi lotin tilidan «tourmus» aylana bo’ylab harakat mazmunini beradi. Ba’zan frantsuzcha «tour» ya’ni ketgan joyga qaytib kelish maqsadida qaytib qilingan sayohat ham deb tushuniladi. Turizm haqidagi tushunchalarni turkumlab hozirgi davrda quyidagicha izohlash mumkin. Turizm kishilarning doimiy yashash joylaridan sog’lomlashtirish, o’rganish yoki kasblari bo’yicha haq to’lanmaydigan faoliyat sifatida vaqtincha mamlakatdan chiqishlaridir.
Turizm so‘zi paydo bo‘lmasdan, insonlarda atrof-muhitga qiziqish, uzoqlarda nimalar bor, tog‘lar ortida yoki daryoning yoki qir-tepaliklardan keyin nimalar borligiga oid ko‘plab savollarning to‘planinib qolishi natijasida ularni safarga chorlaydigan ichki his-tuyg‘u-qiziqishning harakatga kelishi bo‘lgan.
Gid o`ziga biriktirilgan turistlar muhofazasini va masuliyatini zimmasiga olgan holda turistlar ixtiyoridan kelib chiqib tarixiy obidalar, ko`ngilochar va manzarali joylarni aylantiradi, tushuntiradi va qiziqarli ma`lumotlar beradi. Har bir gid o`z yurtiga kelgan turistlarga yurtining go`zal va maftunkorligini tariflaydi. Uning barcha eng yaxshi xislatlarini dunyoning turli burchagidan kelgan turistlarga tushuntirib shu orqali boshqa mamlakatlarga ham tarqatadi.
Gid ma`lum bir ma`noda bir mamlakatning shu yurtni dunyoga tanituvchi shaxs. Ekskursiya esa turistlarga maroqli sarguzasht, qiziqarli malumot, bilmaganlari haqida turli tushunchalar baxsh etuvchi jarayondir.
Har bir yurt dunyoga tanilishi uchun avvalo, turizmga muhtoj ya`ni o`zining diqqatga sazovar nimasi bilandir tanilishni istaydi. Muhim biznes rejalar, gastronomiya – turli mazali taomlar, ekoturizm-manzarali joylari va boshqalar bilan mashhurlikka shu bilan birga o`z iqtisodi va siyosatini rivojlantirishga intiladi. Va binobarinda turli madaniy-manaviy aloqalar o`rganiladi. Ijobiy urf-odatlar va an`analar o`zlashtiriladi.
Turizm borki, dunyo xalqlari manaviyati va saviyasi, bilimlari oshadi. Bir-biridan diniy va dunyoviy yangiliklar oladi.
Ekskursiyaning kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri turizmning rivojlanishi va jamiyat hayotida diniy ziyoratgohlar, haj marosimlari bilan bog‘liq tarixning ommaviylashganligidir, keyinchalik murakkab va ko‘p xil xalqning ehtiyojlari (turli xil madaniy manbalarga, tarixiy me’roslarga va hokazo) shakllarga o‘zgardi. Shunday qilib, qiziqish ehtiyojning aniqlovchi omili bo‘lib xizmat qilgan.
Gid o`ziga berkitilgan turistlar- qaysidir ma`noda mehmonlarni ko`nglini ola bilishi, ularni o`zlari istaganidek sayr qildirishi, qaysi turizm sohasida kelgan bo`lsa shu sohada yetarlicha ma`lumot berishi, kerak bo`lsa amalda ko`rsatishi kerak.
Xullaski turistning istagini to`laqonli bajarishi va kelgan turistning ijobiy fikrlar bildirishiga sazovor bo`lishi lozim.Ekskursiya turistik xizmat bo‘lib, turistning estetik, ruhiy, boxabarlik va boshqa qiziquvchanlik ehtiyojlarini qondirishga izmat qiladi. Ekskursiya mobaynida qatnashuvchilar olamni anglash, tabiat mo‘jizalarini, tarixiy obidalarini ko‘rish, shahar va bog‘larda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ekskursiya agar aktiv turda ya`ni ekspremental sarguzashtli, xavfli, kutilmagan tarzda bo`lsa unda gid turistning xavfsizligiga ham ma`suldir. Chunki u kelgan yurtida o`zini har tomonlama gid-ekskursovodga va turistik tashkilotga ishongan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |