2Rivojlangan mamlakatlarining dunyoga mashhur turistik tarmoqlari va qiziqarli faktlar
Yevropa mamlakatlari turizm sohasida eng yetakchi va ilg`or davlatalar sirasiga kiradi. Har bir davlatning o`ziga yarasha diqqatga sazovor joylari, urf-odatlari va milliylik namunalari mavjud. Shulardan biri Nyu York.
Biz bilgan NYU-YORK balandparvoz binolari, sershovqin ko`chalari, qimmatbaho va eng hashamatli mehmonxonalari bilan mashhurdir. Turistlar oqimi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha yuqori. Mehmonxonalar sifati, xizmati, taomlari va o`ziga xos tomoshalarga ega. NYU-YORKda transport qatnovi ham anchagina rivojlangan. Ushbu shaharga tashrif buyuradigan turistlardan tushadigan mablag` 18,6 mlrd AQSH dollari. Empire State Building, Markaziy xiyobon, Tayms skveri va Ozodlik haykali turistlarni jalb etuvchi asosiy joylardir.
Uning poytaxti – Vashington.
Hukumati Prezidentlik Respublika asosida.
Davlat boshlig`i Donald Trump.
Orinbosari Mike Pence.
Mustaqillika erishgan sanasi Buyuk Britaniya tomonidan 4-iyul 1776-yil.
Malayziya
Malayziya esa achchiq taomlari, qadimiy urf-odatlari va yoqimli musaffo iqlimiga ega.Boshqa mamlakatlardan kelib-ketuvchi turist-sayyohlar u yerning qadimiy an`analari saqlanib qolgan tarixiy obidalarini ziyorat qilishadi, shaharning ko`rkam, chirolyli manzarali joylariga borishadi, istirohat bog`lari, ulkan akvoparklarni sayr qilishadi.
Poytaxti Kuala Lumpur
Hukumati Konstitutsion Rohiblik.
Yangi de-Pertuan Mizan Zaynal.
Bosh Vazir Najib Razak
Mustaqillik sanasi 31-avgust 1957-yil
Malayziya Osiyoning eng sirli va sehrli mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Malayziya o`zinig boy madaniyati va maqtovga loyiq xushmuomala odamlari ko`pligi bilan ahamiyatli. Malayziya poytaxti Kuala-Lampur o`zining madaniy xilma-xilligi, ko`plab do`konlari va nisbatan past narxlari bilan sayyohlar e`tiborida. Shaharning diqqatga sazovor joylari Merdeka maydoni, Petronas egizak minoralari, Milliy muzey, Markaziy bozor kabilardir.
Quyida esa bu mamlakat haqida hech kim bilmaydigan 12 ta fakt bilan tanishtiramiz.
1.Malayziya – Osiyoning eng ko`p millatli mamlakati hisoblanadi.
Mamlakatning faqatgina 50% tub aholi sanaladi. Qolgan yarmining 23% xitoyliklar, 7 % hindlar, 20% mayda millatlilar tashkil qiladi.
Malayziya xalqi rasman Islom diniga sig`inadi. Aholining 61% musulmonlar bo`lib , qolganlari nasroniylar, buddaviylar va induizmlardir.
2. Malayziyada hech kim saylov qachon bo`lishini bilmaydi. Boshqa davlatlardan farqli ravishda Malayziyada qachon saylov bo`lishining aniq muddatini hech kim oldindan aytaolmaydi. Malayziya Konstitutsiyasi parlament saylovlarini har besh yilda kamida bir marta o`tkazishni ko`zda tutgan. Ammo bosh Vazir istagan paytda saylov kunini e`lon qilishi mimkin.
3. Penang-ko`cha ovqati bo`yicha Osiyo poytaxti hisoblanadi.
Jorjtaun Malayziyadagi Penang shtatining markazi hisoblanadi. U o`zining ko`chada tayyorlanadigan taomlari bilan nafaqat Osiyoda , balki butun dunyoda mashhurdir. Agar shahar bo`ylab piyoda sayr qiladigan bo`lsangiz ko`chada somsadan tortib ugragacha tayyorlangan mazali taomlarni sotib olishingiz mumkin.
4. Dunyoning eng katta guli Malayziyada o`sadi.
Dunyoning eng katta guli bo`lgan Raffleziya Malayziyaning eng mashhur o`simligi hisoblanladi va uning diametri 1metrdan kattadir. U gullayotganda o`zidan judayam sassiq hid taratganligi uchun ”Jasad gul” nomini olgan.
5. Bu yerda it bilan o`ynashgan odam o`lim jazosiga hukm qilinadi.
Islom diniga e`tiqod qiluvchi Malayziya hukumati itni eng nopok jonivor deb hisoblaydi va u bilan o`ynashgan odamga o`lim jazosi beriladi.
6. Bu yerda hammaning ham oshqozoni ko`tara olmaydigan ”mevalar podshohi” bor.
Malayziyada ”mevalar podshohi” hisoblangan Durian o`sadi. Ammo uning hidi shu qadar badbo`yki aksariyat mehmonxonalar tashrif buyuruvchilarga uni o`zlari bilan olib kelishlariga taqiq qikadi.
7. Dunyoning eng zo`r bandmintochisi Malayziyalikdir.
Malayziyalik Li Chong Vey so`nggi 10 yil davomida dunyonig eng zo`r va Xalqaro bandminton federatsiyasinig 1-raqamli bandmintochisi hisoblanadi.
8. Malayziyada giyohvandlik moddasi saqlagan odam ham o`limga mahkum
Mamlakatda 15 gr geroin va morfin, 1 kg opiy , 40 gr kokain yoki 200 gr marixuana saqlagan fuqaro o`lim jazosiga hukm qilinadi.
9. Malayziya dunyoning eng byudjeti zo`r avialinilyali mamlakati hisoblanadi.
Air Asia aviakompaniyasining qizil-oq rangli samolyotlari Osiyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga parvozni amalgam oshiradi. Bunday parvozga orqaga qaytishni hisobga olganda 100$ mablag` sarflanadi. Bu yerdan uzoq mamlakatlarga : Hindistonga , Saudiya Arabistoniga va Avstraliyaga ham uchish mumkin.
10. Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda dunyodagi eng baland osmono`par ikki bino joylashgan.
Kuala Lumpurda 1998-yilda barpo etilgan , dunyoning eng baland minorasi Petronas minoralarini ko`rish mumkin. U juft bo`lib balandligi 51.9m ni tashkil qiladi.
11. Mamlakat bo`ylab safar qilish uchun albatta pasport kerak.
Malayziyaning Borneo orolidagi Sabax va Saravak nomli ikki shtati o`z qonun-qoidalariga egadir. Bu yerda mamlakat fuqarolaridan ham pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
12. O`quvchilar bir paytda sinxron ravishda nutq so`zlanadigan tanlovlarda qatnashadi.
Malayziyaning aksariyat maktab o`quvchilari xoregrafik elementlar mavjud bo`lgan, ingliz tilida aytiladigan “nutqiy xor” deb ataluvchi tanlovda ishtirok etadi.
Buyuk Britaniya
Britaniya necha yillik tarixga ega bo`lgan Kembridj ko`prigi va universiteti bilan mashhur. 2011-yilda dunyoning eng ko`p sayyoh tashrif buyurgan shahri deb qayd etilgan London o`z o`rnini Osiyoning boshqa bir shahriga bo`shatib bergan bo`lsa-da, daromad borasida hamon undan o`zib ketdi: 16,3 mlrd AQSH dollari. Sayyohlar, asosan, Big-Ben, London minorasi, Parlament binosi, Busking saroyi kabilarni ko`rishni xohlashadi.
Birlashgan Qirollik
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi United Kingdom of Great Britain and Nortrhern Ireland.
Poytaxti London.
Hukumati hamdo`stlik.
Davlat boshlig`i Qirolicha Yelizavetta II
Bosh Vazir Theresa May
Musataqillik sanalari Angliya va Shotlandiya qirolliklar birlashishi 26-mart 1707-yil. Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashishi 1-yanvar 1801-yil.
Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar
Eng boy, kuchli va ta`sir o`tkazuvchi davlatlardan biri Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi juda qiziqarli tarixga ega hisoblanadi.
1.Har kuni britaniyaliklar 165mln chashka choy ichishadi, bu esa amerikaliklarga nisbatan 20 marta ko`p degani.
2.Bir paytlar Britaniya Imperiyasi dunyodagi eng katta Imperiya bo`lgan va sayyoramizning chorak aholisini va quruqlikning chorak qismini egallagan.
3.Britaniya juda ko`plab urushlar olib borgan , ularnig asosiy qismi o`n yillardan ham oshib ketadi. Biroq bu mamlakatda eng qisqa urushlar ham kuzatilgan. Bu Britaniya va Zanzibar urushi bor yo`g`i 38 daqiqa davom etgan.
4. Yevropa mamlakatlari orasida Britaniyada eng semizlik darajasi kuzatiladi. Har to`rtinchi kishi semizlikdan qiynaladi.
5. Britaniya dunyoga sport turlarining bir necha turlarini sovg`a qilgan. Ulardan eng taniqlilari – futbol, regbi va polo.
6.Angliyaning eng g`alati madaniy faktorlaridan biri bu parlamentda o`lish noqonuniy hisoblanishidir.
7.QirolichaYelizavetta II 116 tadan ortiq davlatga tashrif buyurgan, ammo uning pasporti yo`q. Aslida qoida bo`yicha uning o`zi Britaniya fuqarolari uchun pasport chiqaradi.
8. Bu mamlakatda yana shunday odat borki boshqa mamlakatlarda uchramaydi. Yani “Rent a Mourner” degan xizmat bor. Yaqinlaridan birini ko`mish marosimida qalbaki do`stlar qatnashadi ijaraga.
9. Shimoliy Angliyaning York shahrida eng ko`p arvohlar uchratilgan va 500 cha arvohlar bilan regestratsiya qilingan.
10.London har doim ham bunday nomlanmagan. Turli davrlarda yashovchi aholi shaharga turlicha ismlar o`ylab topgan. Ular orasida Plovonida, Lovonidonjon, Londinium,Londinion va Lundenwic.
Ispaniya
Poytaxti Madrid
Hukumati Konstitutsion monarxiya.
Davlat boshi Qirol Felipe VI
Bosh Vazir Mariono Rajoy
Ispaniyaning ikkinchi yirik shahri Barselona o`zining boy madaniy va arxitektura yodgorliklari bilan sayyohlarni o`ziga jalb qilmoqda. Ha aytgancha, sakkiz yarim million sayyoh orasida futbol ishqibozlari ham anchagina.
Ispaniya haqida qiziqarli ma`lumotlar’
1.ispaniya dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlar uchun turistik makka hisoblanadi.
2.Ispa niyada ko`plab mashhur haykallar, plyajlar va mazali milliy taomlar bor. agar siz avval bu yeraga kelmagan bo`masangiz birinchi navbatda Barselonaga tashrif buyurishingizni taklif qilamiz. uning Gaudi gotika binolari juda mashhur.
3.Ispaniya Yevropa mamlakatlariga kiruvchi eng tog`li hududdir. Madrid shahri Yevropa hududlariga kiruvchi eng “baland” shahardir. Ispaniya Afrika mamlakatlariga kiruvchi bir necha shahar va orollarga egalik qiladi.
4.Ispaniya juda quyoshli shahar. Statistika ma`lumotlariga qaraganda u yerda yiliga 280 kun quyosh charaqlaydi. Ushbu fakt sayyohlarni o`ziga magnitdek tortadi.
5.Tabernas- u Yevropadagi yagona cho`l. U Ispaniyadagi eng quruq yer hisoblanadi.
6.Ko`cha fonarlarini birinchi bo`lib X asrda Kordove Ispaniya shahrida ya`ni o`sha paytdagi xalifalik poytaxtida qurdirgan.
7.Maydonii bo`yicha Yevropadagi eng katta golf-klub Kosta del Sol qirg`oqlarida joylashgan. Yana shuni ham aytish kerakki u yerda 40dan ortiq golf-klublar mavjud.
8.futboldagi “ole-ole” qichqiriqlari Ispaniyada paydo bo`lgan. Bu qichqiriqlar Korrido-buqalar jangida eshitilgan. Ko`pchilikning aytishicha, “ole” so`zi bu “Alloh” so`zidan Ispaniyani musulmonlar bosib olgan paytdan kelib chiqqan.
9. Butundunyo bo`ylab sotiladigan yog`larning 44%i Ispaniyada ishlab chiqariladi.
10.”Ispaniya” so`zi fin tilidan olinganda “Quyonlar mamlakati” degan ma`noni beradi. Yana u yerda eng xavfli piyodalar uchun so`qmoqlar ham bor. Mahalliy aholi ularni “Qirolning mahfiy o`tish yo`li” deb ataydi.
11.Har bir ispaniyalikda ikki familya bor, biri otasiniki biri onasiniki. Ular kechki ovqatni juda kech tanovul qilishadi-21-22da. Hatto ularda kechqurun bolalarning ko`chada o`ynab yurishi odatiy hol. Chunki ular juda kech uxlashadi ham.
12.Ispaniya banan o`sadigan yagona Yevropa mamlakatidir ham. Aynan Ispaniya sabab dunyo aholisi kartoshka, pomidor, tamot, tabak va kakaodan iste`mol qiladi.
Yuqorida aytilgan mamlakatlar turizmi eng ko`p rivojlangan davlatlar sirasiga kiradi. Bu mamlakatlarda turizmga alohida e`tibor va rag`batlar mavjud. Ularda turizm do`stona munosabatlar va aholi o`rtasidagi ijtimoiy madaniy aloqalar yaxshilanishiga sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |