3O`zbekiston va jahon turizmining iqtisodiy-siyosiy o`rni va ijtimoiy ta’siri
Turizmda ijtimoiy-iqtisodiy tizim quyidagi tavsif asosida qaraladi:
1.Maqsadga yo`naltirilgan ya`ni tizim harakatining umumiy maqsadi borligi;
2.Maqsadi va murakkab xulqi;
3.Turistlar oqimining mavsumiyligi, sayohatlarning o`tkazilish joyi va shakllarini tanlash;
4.Turizm tizimida aniq xarajatni oldindan bilishni qiyinligi.
Zamonaviy g`arb iqtisodiyotida turizm murakkab ijtimoiy- iqtisodiy tizim sifatida qaraladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida turizmning milliy
modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda
ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har
qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy
vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. U mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash darajalarini
aniqlashda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari
turistlarga xizmat ko‘rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat
optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm
rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalalari, tabiiy
va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot - reklama ishlari va
rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug‘ullanmasa, u holda
turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat
tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini
shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh
etish, turizmni tashkiliy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, uning
eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday sharoitda, xususan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida
turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Deyarli
barcha davlatlar milliy iqtisodiyotida turizm tarmog‘ining ahamiyatini
oshirishga harakat qilishadi. Chunki, turizm milliy iqtisodiyotini
rivojlantirishda quyidagi ustuvorliklarga ega: mahalliy ishchi kuchlarini
malakali mehnat va yashash sharoitlari bilan ta’minlash manbai; bozorni
shakllantirish hamda kapital investitsiyalarning oqib kelish mexanizmi;
qurilish (mehmonxonalar, kempinglar, motellar), kommunikatsiya (uyali,
tele va optik aloqa), transport (avtomobillar, avtobuslar, xalqaro
andozolardagi temir yo‘l vagonlari, samolyotlar), shuningdek xizmat
ko‘rsatish infratuzilmasi (avto yoqilg‘i quyish stantsiyalari) kabi sohalarga
yangi texnologiyalar va nou-xau joriy etish vositasi; milliy xalq
hunarmandchiligini rivojlantirish vositalari; mamlakatda va hududda
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirish omillari; tarixiy
yodgorliklar va madaniy merosni asrash usullari; davlatning valyuta
daromadlarini samarali oshirish vositalari. Umuman olganda, davlat turizm
infratuzilmasini rivojlantirish uchun uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini
yaratadi, bu soha uchun kadrlar tayyorlash masalasini yo‘lga qo‘yadi, viza
tizimini soddalashtiradi, turistik mahsulotlar va an’anaviy tovarlarni ishlab
chiqarishni rag‘batlantiradi.
Hozirgi kunda, dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning
rivojlanishida turistik korxonalarning ijtimiy-iqtisodiy ahamiyatini
oshirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Dunyodagi to‘rtta ustuvor
sohalardan biriga aylangan turizm sohasiga ham imkon qadar aholining
keng qatlamini faol hissa qo‘chishlarini, ya’ni ularni turli xil turistik
xizmatlarni tashkil qilishda keng miqyosda ishtirok etishlarini va buning
natijasida mamlakatlarning ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan
manfaatdorliklarini oshirishlarini ta’minlashda xususiy turistik korxona va
tashkilotlarning o‘rni benihoya kattadir.
Hozirgi kunda, respublikamizda 60 mingga yaqin turli mulkchilik
shakllaridagi kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu korxonalardan
96,1 % shaxsiy mulkchilik ko‘rinishidagi korxonalardir. Kichik korxonalar
hissasiga jami mahsulot, ish va xizmatlarning 96 % to‘g‘ri keladi.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, O‘zbekiston Respublikasida xususiy
va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat
berilmoqda. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi turizmni rivojlantirishda ham
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan xususiy turistik korxonalarni shartli
ravishda ikki xilga ajratish mumkin: bevosita turistlarni qabul qilish,
ularning sayohatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadigan firmalar hamda
turizmni rivojlantirishga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi kichik va xususiy
tadbirkorlik sub’yektlari. Birinchi toifaga kichik turistik firmalar, shaxsiy
mehmonxonalar, kempinglar, transport korxonalari, restoranlar kabilar
kirsa, ikkinchi toifaga an’anaviy-milliy xarakterdagi mahsulotlarni ishlab
chiqaradigan mahalliy kichik va xususiy korxonalar, hunarmandchilik korxonalari va shu kabilarni kiritish mumkin.
O`zbekiston iqtisodiyotida turizm ulushi yillarda:
Do'stlaringiz bilan baham: |