XIII asr boshlarida Chingizxon is‘telosi va qilgan yovuzliklari natijasida O’rta Osiyoning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida talofat yuz berdi. Shaharlar, sug’orish inshoatlari vayron bo’ldi, olimlar quvg’in qilindi. Halq Chingizxon zulmiga qarshi qo’zg’aldi. Unga bo’lgan nafrati ifodalangan «Guldursin» kabi afsonalar yaratdi. Badiiy adabiyotda Rabg’uziyning «Qissai Rabg’uziy» singari Islom dini targ’ib qilingan asarlar yaratdi. Amir Temur va uning avlodi hukmronlik qilgan 14-15 asrlarda mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy hayotida qayta tiklanish va rivojlanish boshlanishi bilan ilm-fan, me‘morchilik, tasviriy san‘at, naqqoshlik, Musiqa sohasida, badiiy adabiyotda juda katta yutuqlarga erishildi. Xalq og’zaki ijodi rivojlandi. Bu davrda tibbiy, tarix, tabbiy va adabiyot fanlari sohasida M. Ulug’bek, Rumiy, Jamshid, Ali Qushchi, S.Ho’jandiy, Yusuf Tabib, Xofiz Abro’, A. Samarqandiy, Xondamir, A. Navoiy, Jomiy, Davlatshoh Samarqandiy, Bobur, tilshunoslikda F. Abu Lays kabi buyuk olim, adiblar kamol topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |