Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-adab, al-Mufral», «Adab durdonalari» asaridagi 110 ta xadisda mushkul ahvolga tushgan kishiga yordam berish haqida shunday deyiladi. «Bir qancha qo’shnilar qiyomat kuni o’z qo’shnilarinin etagidan ushlab, «Yo rabbi, manna bu qo’shnim boshiga ish tushgan vaqtida yordam qilish o’rniga eshigini qulflab olgan edi, deb da‘vo qildi». 3- hadisda deyiladiki, «Kim o’zining qorni to’q bo’lib, qo’shnisi och holda o’tirgan bo’lsa, u kishi «chin» mo’min emasdir». Demak, har biri kishi og’ir ahvolda qolgan qo’shnisiga o'z ovqatidan bo’lib berishi lozim. Yuqorida keltirilgan hadis butun insoniyat uchun barkamollik, insoniylik ramzi bo’ladi. Ushbu mo‘tabar kitob, kishilarni, hususan yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashdek muhim ishda beqiyos ahamiyat kasb etdi. Bunda ifodalangan aqidalar halqning e‘tiqodiga aylandi. Oilaning mustahkamlanishiga, bolalarga ixlos, imon, diyonat hislatlarini tarbiyalashga hizmat qilmoqda. O’rta Osiyoda yashab ijod etgan ulug’ mutafakkir shoir, olimlar hadisdagi ko’pgina aqida, pand-nasihatlarni o‗z asarlarida ifodaladilar. Buni biz Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Rabg’uziy, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Yusuf Xos Xojib, AlXorazmiy kabi allomalar ijodida ravshan ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |