XI-XII asrlarda o‗zbeklar Movarounnahrda asosiy aholi sifatida tarkib topdi, o’sha davrda «Turk tili» deb nom olgan o’zbek tili adabiy til xususiyatiga ega bo’ldi. Bu davrda Musiqa san‘ati ham yuksalib, Abu Hafiz Sug’diy nayga monand Shohrud nomida asbob yasadi, xalq kuylari asosida «Rosd», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Zarafganda», «Sipaxon», «Navo», «Basda», «Tarona» va boshqa kuylar ijod qilindi. Bu kuylarning ko’pchiligi o’zbek, tojik halqlari hozirgi kunda ham kuylab, kata va kichiklarning hissiyotiga ijobiy ta‘sir ko’rsmatmoqdalar. Bu davrda ilm-fanning o’sgani Al-Xorazmiy, Forobiy, Farg‗oniy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa olimlarning misolida yaqqol ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |