8 asrning ikkinchi yarmidan boshlab O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan arablar bu o’lkada islomni targ‗ib etdilar, arab tili davlat, Fan va adabiyot tili bo’ladi. Bu davrda madniy barkamollikka erishgan o’zbek halqi islom mohiyatini tezroq tushundi va uni qabul qildi. «Quroni Karim» ni insonni ulug‗lashga, qadrlashga, uni mehr-shavqatga, muhabbatga, tinch-totuv yashashga, iqtisodiy va ma‘naviy barkamollikka undovchi islom ma‘rifati mujassami deb ataladi. Qur‘on insonlarni ilmda, madaniyatda, odob-axloqda barkamol bo’lishga, dindan, irqdan qat‘iy nazar, ittifoq bo’lib, tinch-totuv yashashga da‘vat etadi. U Sharq va umumbashariyat madaniyatining bebaho hazinasi sifatida jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligi yuksalishining asosiy negizi bo’lib, uni barkamollik sari yo’lladi, bundan keyin ham yo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |