Guliston Davat Universiteti Sirtqi bo’limi 2-mutaxassislik 2MSB 1-21 guruh talabasi Abjalilov Ulug’bekning Mikrobiologiya va Virusologiya fanidan taqdimoti.
3. Mikoplazmlarni tuzilishi, ko’payishi va tarqalishi
Mikroorganizmlar va ularning klassifikatsiyasi Mikroblar yer yuzidagi tirik organizmlarning eng qadimiysidir. Ba’zi olimlarning fikriga qaraganda avval hujayrasiz tirik organizmlar (arxebionlar, fotobiontlar) bo’lgan. Hayotning rivojlanishi oddiy organizmlardan murakkabroq organizmlarga qarab taraqiy etgan.
Ko’pgina mikroblarning xarakterli xususiyati ularning bir hujayraligidir. Boshqa mikroorganizmlardan ancha kattaroq bo’lgan zamburug’largina bundan mustasno. Mikroblar yer yuzida 3 milliard yil oldin paydo bo’lgan.
Tabiatda uchraydigan mikroorganizmlar:
1. Viruslar
2. Mikoplazmalar
3. Riketsiyalar
4. Bakteriyalar
5. Aktinomitsetlar
6. Zamburug’lar
Mikroorganizmlarning dunyosi keng va xilma-xil bo’lganligi sababli ularni tekshirish usullari doimo mukamal emas. Ularni klassifikatsiyalashda anchagina qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ammo shunga qaramasdan, dunyoda mikroorganizmlarning bir-biriga o’xshash belgilari hisobga olinib, guruhlarga ajratilib klassifikatsiya qilinayapti.
Mikroorgnanizmlarni belgilashda binor (qo’shaloq) nomenklatura qo’llaniladi va o’ziga turkum hamda tur nomini oladi.
Eng oddiy toksinomik birligi tur, turlar birlashib turkumni, turkumlar birlashib oilani hosil qiladi. Oilalar tartiblarga birlashadi va tartiblar siniflarni tashkil etadi.
Hozir hamma hujayrali jonivorlar hujayrasining tuzilishiga, yadro va organoidlarning sitoplazma bilan munosobatiga, qobig’ining tarkibiga va boshqa belgilariga qarab ikki guruhga bo’linadi.
Viruslarni tuzilishi, ko’payishi va tarqalishi Virus so’zi lotincha bo’lib, “zahar” ma’nosini beradi. Viruslar odamda, hayvonlar va o’simliklarda ma’lum bo’lgan ko’p kasalliklarning qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 1000 dan ortiq turi ma’lum. Viruslar juda ham mayda 15 - 400 nonometr (nm) bo’lib, oddiy mikroskopda ko’rinmaydi, hujayraviy tuzilishga ega emas. Sun’iy oziqa muhitida rivojlanmaydi, faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini o’z foydasiga o’zgartiradi.
1886 yilda gollandiyalik olim A. Mayer (Adolph Mayer) mozaika bilan zararlangan tamaki bargidan olingan shira sog’lom o’simlikka kiritilganda unda ham mozaika rivojlanishini aniqladi. Kasal o’simlikda va undan olingan shirada zamburug’lar mavjud bo’lmagani sababli, A.Mayer kasallikni bakteriya qo’zg’atadi, deb xulosa qildi.
Viruslarni birinchi bo’lib, rus olimi Dmitri Iosifovich Ivanovskiy 1892 yilda tamakida kuzatgan. Bu tamakining mozaika kasalligini qo’zg’atuvchi virus edi.
U tamakining mozaika kasalligini mikroskopda ko’rinmas juda mayda bo’lgan noma’lum mikroorganizmlar qo’zg’atishini ta’kidlab o’tgan. Lekin bu kasallikni atroflicha o’rganib, uni matbuotda e’lon qilgan Gollandiyalik olim M.Beyernik (1898) bo’lib hisoblanadi.
Yuqoridagi ikki olimdan keyin virusologiya sohasida katta kashfiyot qilgan amerikalik olim U.Stenli (1935) birinchi bo’lib kasal o’simlikdan kristall holatda ajratib olingan viruslarni ximiyaviy tarkibini o’rgandi.
Viruslar boshqa mikroorganizmlardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1. Bakteriologik filtrdan o’tadi.
2. Hujayra tuzilishiga ega emas.
3. O’sish xususiyati yo’q.
4. Nuklein kislotalarni faqat bir xilidan DNK yoki RNK dan iborat.
5. Sun’iy oziqa muhitlarda o’smaydi va faqat xo’jayin organizmda hayot faoliyatini saqlaydi.
Elektron mikroskopni kashf qilinishi va uni takomillashishi viruslarni tuzilishini atroflicha o’rganishga imkoniyat yaratdi. Elektron mikroskop orqali viruslarni o’rganish shuni ko’rsatdi, ularni tuzilishi o’z shakliga ko’ra turli tuman ekan.
Viruslarning murakkabligi va xususiyatlariga ko’ra, olimlar ularni shartli ravishda bir necha guruxlarga bo’ladi.