Mavzu: viruslarning ko’payishi



Download 271,12 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi271,12 Kb.
#813213
  1   2
Bog'liq
ulug\'bek2


Guliston Davat Universiteti Sirtqi bo’limi 2-mutaxassislik 2MSB 1-21 guruh talabasi Abjalilov Ulug’bekning Mikrobiologiya va Virusologiya fanidan taqdimoti.

MAVZU:VIRUSLARNING KO’PAYISHI


Mikroorganizmlar va ularning klassifikatsiyasi
Mikroblar yer yuzidagi tirik organizmlarning eng qadimiysidir. Ba’zi olimlarning fikriga qaraganda avval hujayrasiz tirik organizmlar (arxebionlar, fotobiontlar) bo’lgan. Hayotning rivojlanishi oddiy organizmlardan murakkabroq organizmlarga qarab taraqiy etgan.
Ko’pgina mikroblarning xarakterli xususiyati ularning bir hujayraligidir. Boshqa mikroorganizmlardan ancha kattaroq bo’lgan zamburug’largina bundan mustasno. Mikroblar yer yuzida 3 milliard yil oldin paydo bo’lgan.
Tabiatda uchraydigan mikroorganizmlar:
1. Viruslar
2. Mikoplazmalar
3. Riketsiyalar
4. Bakteriyalar
5. Aktinomitsetlar
6. Zamburug’lar
Mikroorganizmlarning dunyosi keng va xilma-xil bo’lganligi sababli ularni tekshirish usullari doimo mukamal emas. Ularni klassifikatsiyalashda anchagina qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ammo shunga qaramasdan, dunyoda mikroorganizmlarning bir-biriga o’xshash belgilari hisobga olinib, guruhlarga ajratilib klassifikatsiya qilinayapti.
Mikroorgnanizmlarni belgilashda binor (qo’shaloq) nomenklatura qo’llaniladi va o’ziga turkum hamda tur nomini oladi.
Eng oddiy toksinomik birligi tur, turlar birlashib turkumni, turkumlar birlashib oilani hosil qiladi. Oilalar tartiblarga birlashadi va tartiblar siniflarni tashkil etadi.
Hozir hamma hujayrali jonivorlar hujayrasining tuzilishiga, yadro va organoidlarning sitoplazma bilan munosobatiga, qobig’ining tarkibiga va boshqa belgilariga qarab ikki guruhga bo’linadi.
Viruslarni tuzilishi, ko’payishi va tarqalishi
Virus so’zi lotincha bo’lib, “zahar” ma’nosini beradi. Viruslar odamda, hayvonlar va o’simliklarda ma’lum bo’lgan ko’p kasalliklarning qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 1000 dan ortiq turi ma’lum. Viruslar juda ham mayda 15 - 400 nonometr (nm) bo’lib, oddiy mikroskopda ko’rinmaydi, hujayraviy tuzilishga ega emas. Sun’iy oziqa muhitida rivojlanmaydi, faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini o’z foydasiga o’zgartiradi.
1886 yilda gollandiyalik olim A. Mayer (Adolph Mayer) mozaika bilan zararlangan tamaki bargidan olingan shira sog’lom o’simlikka kiritilganda unda ham mozaika rivojlanishini aniqladi. Kasal o’simlikda va undan olingan shirada zamburug’lar mavjud bo’lmagani sababli, A.Mayer kasallikni bakteriya qo’zg’atadi, deb xulosa qildi.
Viruslarni birinchi bo’lib, rus olimi Dmitri Iosifovich Ivanovskiy 1892 yilda tamakida kuzatgan. Bu tamakining mozaika kasalligini qo’zg’atuvchi virus edi.
U tamakining mozaika kasalligini mikroskopda ko’rinmas juda mayda bo’lgan noma’lum mikroorganizmlar qo’zg’atishini ta’kidlab o’tgan. Lekin bu kasallikni atroflicha o’rganib, uni matbuotda e’lon qilgan Gollandiyalik olim M.Beyernik (1898) bo’lib hisoblanadi.
Yuqoridagi ikki olimdan keyin virusologiya sohasida katta kashfiyot qilgan amerikalik olim U.Stenli (1935) birinchi bo’lib kasal o’simlikdan kristall holatda ajratib olingan viruslarni ximiyaviy tarkibini o’rgandi.
Viruslar boshqa mikroorganizmlardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1. Bakteriologik filtrdan o’tadi.
2. Hujayra tuzilishiga ega emas.
3. O’sish xususiyati yo’q.
4. Nuklein kislotalarni faqat bir xilidan DNK yoki RNK dan iborat.
5. Sun’iy oziqa muhitlarda o’smaydi va faqat xo’jayin organizmda hayot faoliyatini saqlaydi.
Elektron mikroskopni kashf qilinishi va uni takomillashishi viruslarni tuzilishini atroflicha o’rganishga imkoniyat yaratdi. Elektron mikroskop orqali viruslarni o’rganish shuni ko’rsatdi, ularni tuzilishi o’z shakliga ko’ra turli tuman ekan.
Viruslarning murakkabligi va xususiyatlariga ko’ra, olimlar ularni shartli ravishda bir necha guruxlarga bo’ladi.

Download 271,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish