Ta'limiy: ifodali o’qishni o’rgatish.
Tarbiyaviy: yaxshi hislatli inson bo’lishga undash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilaming inson mehnatini qadrlash haqidagi tasavvurlarini, dunyoqarashini, fikrlash doirasini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish, hikoya, ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.
Mashg’ulot jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinf o’quvchilarining mashg’ulotga tayyorgarligi tekshiriladi
|
“ Tez javob” didaktik o’yini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Mashg’ulot shiori tanlanadi.Mashg’ulot davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3- bosqich
Mashg’ulotning borishi
|
1.O’tgan mashg’ulotni so’rab, o’qish malakalarini tekshirish.
2.Ifodali o’qish.
3Mavzuni o’qishga tayyorgarlik,
4.Ijodiy ish 4 qator she’r yozish
5.Lug’at ishi
7.Dam olish daqiqasi.
|
Savol-javob
Izlanish
Izlanish
Suhbat
Namoyish
|
4 daqiqa
5 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
1.Ibratli kishilarning yaxshi xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.
3.Mashg’ulotlikdagi savollarga javob topiladi.
4.Boshqotirma yechiladi.
|
Doska bilan ishlash
Munozara
Suhbat
Izlanish
|
5 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich
Mashg’ulot yakuni va baholash
|
O’quvchilarning mashg’ulotda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e’lon qilinadi.Mashg’ulot yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish
|
Mavzuni o’qib o’rganib kelish.
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism a) salomlashish;
b) siyosiy daqiqa;
v) davomat;
Mashg’ulot jarayoni:
1. She’r qaysi fasl haqida ekan?
2. Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
3. Dalada qanday yumushlar bajariladi?
1-bosqich. Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga topshiriqlar berilganligi sababli Bahoroy o'quvchilarga murojaat qiladi:
Bahoroy: Salom bolajonlar, mana sizlarni sog'inib, intiqib kutib, yana tashrif buyurdim. Siz ham meni sog'indingizmi?
Bolalar: Ha...
Bahoroy: Unda men sizlaming bilimingizni sinab ko'raman. (Bahoroy she'rni ifodali o'qiydi, mazmunini tishuntiradi. O'quvchilar navbat bilan she'rni o'qiydilar. Ichda o'qish, topshiriq bilan o'qish, jo'r bo'lib o'qish turlaridan foydalaniladi. O'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi).
Bahoroy: Bahor fasli qaysi oylardan iborat?
Bahorda qaysi qushlar uchib keladi?
Bahor kelishi bilan tabiatda qanday o'zgarishlar bo'ladi?
Bahorda qanday ishlar amalga oshiriladi?
2-bosqich. Zukkolar bahsi. O'quvchilar va Bahoroy o'rtasida maqolni davom ettirish musobaqasi tashkil etiladi.
Savr kirdi - ekinlarga... (davr kirdi).
Mehnat qilib topganing... (qand-u asal totganing).
3-bosqich. Topishmoq aytish bahsi. O'quvchilar bir-birlariga topishmoqlar aytadilar. Eng ko'p topishmoq aytgan va to'g'ri javob-ni eng ko'p topgan o'quvchi g'olib bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan birga mashg’ulotlikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar ustida ish olib boradi. Muhokama:
• She'r sizga ma'qulmi?
• She'rda qaysi fasl tasvirlangan? Bu faslda tabiatda yana qanday o'zgarishlar bo'ladi?
• Bahorda qanday ishlar qilinadi?
• Bahoroyning savollari sizga yoqdimi?
Kengaytirish. Uyda o'quvchilarga ota-onalariga she'rni ifodali o'qib berib, bahorgi ishlar haqida ularning fikrlarini yozib kelish topshirig'i beriladi.
Baholash. O'quvchilarga mashg’ulotda va munozaralardagi ishtirokiga ko'ra ball qo'yib boriladi. Mashg’ulot yakunida ballar umumlashtiriladi va natijalar e'lon qilinadi.
Dars yakunlanib,eng faol guruhlar aniqlanadi.Guruhlarga ,,Eng faol o`quvchi’’, ,,Eng bilimdon o`quvchi’’,,Eng aqlli o`quvchi’’ nishonlari beriladi.
Uyga vazifa.
Mavzuni o’qib-o’rganib kelish.
MMIBDO’____________________
SANA------------------------------------------------------------------------
24-mavzu.
Mavzu: Boburning fazilatlari. (G. H. Pant)
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Bobur Mirzo, ajdodlar, faxr.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: O'quvchilarni asarni o’qish orqali so’z savodxonligini oshirish
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Izohli o'qish, ifodali o'qish, mashq, namoyish qilish, munozara.
Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.
Jihoz: Mavzuga doir surat, Mirzo Bobur rasmi.
Nazorat: O’quvchilarning mashg’ulotda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, mashg’ulot oxirida e’lon qilinadi.
|
Mashg’ulotning maqsadi
|
Maqsadlar:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |