Mavzu: Unli va undosh fonemalar paradigmasi hozirgi ‘zbek adabiy tili vokalizm §. Vokalizm



Download 78,68 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi78,68 Kb.
#238277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maʼruza unli va undosh tovushlar

«M» fonemasi — lab-lab, sonor, burun tovushi. So‘zning barcha qismlarida — so‘z boshida (moy, mana), o‘rtasida (amaki, osmön), öxirida {tom; xum) qo‘llanadi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida «b» ning fakultativ ottenkasi sifatidagina uchragan (ming < £/«gso‘zida), so‘z o‘rtasi va oxirida mustaqil fonema sifatida qoilangan; qamug‘(hamma), qum kabi11.

  1. §. Til oldi undoshlari tavsifi

  1. «T» fonemasi - til oldi-alveolar, portlovchi (sof portolovchi), jarangsiz, shovqinli undosh, «d» ning jarangsiz jufti. Bu undosh so‘zning barcha pozitsiyalarida uchraydi: so‘z boshida (tosh, tog% so‘z o‘rtasida (iota, botir) va so‘z oxirida (ot, qavat) kabi. Bu undosh tojik tilidan o‘zlashgan daraxt, do‘st, go'sht, musht, mast, past kabi so‘zlar oxirida (sirg‘aluvchi x, s, sh undoshlaridan so‘ng qo‘llanganda) talaffuz etilmasligi ham mumkin. Bunday hodisa turkiy so'zlarda, shuningdek, ruscha- baynalmilal o‘zlashmalarda kamroq uchraydi; yurist > yuris, aferist > aferis, avgust > avgus, artist > artis, to ‘rt > to ‘r kabi. Ammo' ost, ust, tort (tortrnoq), yurt kabi turkiy so‘zlarda va port, post, tort (konditer mahsuloti) kabi ruscha o‘zlashmalarda so‘z oxiridagi «t» tushirib qoldirilmaydi.

  2. «D» fonemasi — til oldi-alveolar, sof portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «t» ning jarangsiz jufti. So‘z boshida (daryo), o‘rtasida (odam), oxirida (ozod) qoilanadi. So‘z boshi (daraxt), intervokal holat (odat), jarangli yoki sonor bilan yondosh holat (gijda, sajda, banda, onda-sonda) bu undosh uchun kuchli pozitsiyadir. Bu pozitsiyada «d» undoshining asosiy ottenkasi qo‘llanadi, boshqa holatlar «d» uchun kuchsiz pozitsiya hisoblanadi, bunda jarangli «d»' ning jarangsizlashgan ottenkasi qatnashadi. Masalan: ketdi > ketti (d > t) , tushdi > tushti (d > t), asad > asat (d > t), savod > savot (d > t) kabi. Bular jarangli «d»ning kombinator va pozitsion ottenkalari (allofonlari) sanaladi.

«D» fonemasi qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qoilanmagan;

  1. «S» fonemasi — til oldi-dental, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh «z»ning jarangsiz jufti. So‘z boshida (savat), o‘rtasida (qasam), oxirida (olmos) qoilanadi. Deyarli barcha pozitsiyalarda o‘zining asosiy ottenkasini saqlaydi: asbob, asta, osdi, o ‘sdi, qafas, asos kabi.

  2. «Z» fonemasi — til oldi-dental, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli undosh, «s»ning jarangli jufti. So‘z boshida (zamon, zafar), o‘rtasida (bozor, ozod) va oxirida (oz, aziz, mayiz) qoilanadi. Jarangsiz undosh ta’sirida «s» ga o‘tadi: iztirob > istirob, mazkur> maskur kabi. Bundagi «s» jarangli «z» fonemasining jarangsizlashgan kombinator ottenkasi sanaladi («t» va «k»ning ta’sirida boiganligi uchun). Ba’zan so‘z oxirida ham biroz jarangsizlashadi: sakkiz > sakkis (z > s), tannoz > tannos (z > s) kabi. Bundagi «s» jarangli «z» fonemasining pozitsion ottenkasi hisoblanadi (so‘z oxirida bo‘lganligi uchun). Demak, so‘z boshi {zamori), ikki unli orasi (go ‘zat) va jarangli yoki sonor bilan yonma-yon boigan holat (jonzot, tuzdori) «z» uchun kuchli pozitsiya, boshqa holatlar esa kuchsiz pozitsiya sanaladi.

Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan.

  1. «L» fonemasi — til oldi-alveolar, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor tovush. So‘z boshida (lagan), o‘rtasida (olam) va oxirida (qamaï) qo‘llanadi. Orqa qator unlidan so‘ng qattiqroq (ol, bol kabi), old qator unlidan sø‘ng esa yumshoqroq (//, el, bel kabi) talaffuz etiladi. Fe’lning shart mayli va sifatdosh shakllarida («-sa», «-gan» qo‘shimchalaridan oldin qo‘llanganda) jonli so‘zlashuv nutqida o‘zak oxiridagi «1» tushib qolishi ham mumkin: kelsa > kesa, kelgan > kegan kabi.

Qadimgi turkiy tilda «1» fonemasi so‘z boshida qo‘llanmagan.

  1. «N» fonemasi - til oldi-alveolar, jarangli, sonor, burun tovushi. So‘z boshida (nok, narsa), o‘rtasida (ona, anor) va oxirida (burun, tutun) ishlatiladi. Lab undoshidan oldin qoilanganda assimilatsiyaga uchrab, lab- lab «m» tarzida talaffuz qilinadi: shanba > shamba (n > m) kabi.

  2. «R» fonemasi — til oldi-tanglay, titroq, jarangli, sonor tovush. So‘zning boshida (raqs, ro ‘mol), o‘rtasida (darak,guruch) va oxirida (xabar, agar, zarar) kela oladi. Toshkent shevasida otning «-lar» bilan qo‘llangan shaklida shu qo‘shimcha oxiridagi «r»ning tushib qolishi keng tarqalgan: kitoblar > kitobla, bolalar > bolala, akamlar > akamla, oyimlar > oyimla kabi. Talaffuzning bu shakli adabiy til me’yori sanalmaydi.

Qadimgi turkiy tilda «r» fonemasi so‘z boshida qo‘llanmagan.

  1. «Sh» fonemasi — til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. So‘zning boshida (shamol,sholi), o‘rtasida (tushuncha, o‘sha) va oxirida (naqsh, ravish) kela oladi. Deyarli barcha pozitsiyada asosiy ottenkasi saqlanadi: go'sht, g‘isht, tovushlar, tövushni, tovushdan, tushgin, tushkinlik kabi.

  2. «J» fonemasi ~ til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli undosh. So‘z boshida, o'rtasida va oxirida qoilanish holatlari faqat ruscha- baynalmilal o'zlashmalarda uchraydi: janr, jeton, jemper, jurnal (so‘z boshida); major, barja (so‘z o'rtasida); blindaj, peyzaj, drenaj, ekipaj, personaj, garaj, tiraj, massaj, sabotaj, staj (so‘z oxirida) kabi. So‘z o'rtasida qo'llanishi tojik tilidan o'zlashgan bir necha so'zda ham uchraydi: mujda, gijda, ajdaho (ajdarho) kabi. Bunday pozitsiyada sirg‘aluvchi «j» qorishiq «j (dj)»ning «d» ta’sirida o‘zgargan ottenkasi bo‘lishi ham mumkin. Bu undosh so‘z oxirida jarangsizlashadi: massaj > massash, drenaj > drenash, ekipaj > ekipash kabi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush bo‘lmagan.

  3. «J (dj)» fonemasi - til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangli, shovqinli undosh, «ch»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘zning boshida (joy,jiyda,jo‘ra), o‘rtasida (majlis, ojiz, ijozat) va oxirida (haj, avj, boj, toj, ilinj) kela oladi. So‘z oxirida bir qadar jarangsizlashib, «ch» ga yaqin talaffuz etiladi: lunj> lunch, vaj> vach, iloj> iloch, xiroj> xiroch, dilxiroj > dilxiroch kabi. So‘z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bolganda ham jarangsizlashadi (assimilyatsiya qilinadi): ijtimoiy > ishtimoiy (j > sh) kabi. Demak, qorishiq «j (dj)» assimilativ holatda yoki so‘z oxirida o'zining asosiy bo‘lmagan (notipik) ottenkasi bilan qatnashadi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush boimagan.

  4. «Ch» fonemasitil oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangsiz, shovqinli undosh, «j (djning jarangli jufti. Bu undosh so‘zning boshida (choy,chegara), o‘rtasida (bechora,ko‘cha) va oxirida (omoch, tilmoch, kech, soch) kela oladi. Jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o‘tadi: uchta > ushta (ch > sh) kabi.


  1. Download 78,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish