Mavzu: Unli va undosh fonemalar paradigmasi hozirgi ‘zbek adabiy tili vokalizm §. Vokalizm



Download 78,68 Kb.
bet5/8
Sana31.12.2021
Hajmi78,68 Kb.
#238277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maʼruza unli va undosh tovushlar

Un paychalari ishtirokiga ko‘ra. Tasnifning bu aspektida un (ovoz) paychalarining tovush hosil qilishda ishtirok etish-etmasligi nazarda tutiladi. Bu belgi asosida undoshlar quyidagi ikki turga bolinadi:

  1. Jarangsiz undoshlar - k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Jarangsiz undoshlarning talaffuzida havo oqimi bogizdagi un paychalari orasidan tosiqqa uchramay o'tadi, natijada un paychalari tebranmaydi, ovoz hosil bo'lmaydi, tovush halqumda yoki og'iz bo'shlig'idagi to'siqda yuzaga kelgan shovqinning o'zidangina tarkib topadi.

  2. Jarangli undoshlar ~ b, v, g, d, j, j (dj), z, y, 1, m, n, q, r, g‘. Jarangli undoshlarning talaffuzida bo'g'izdagi un paychalari tortilib, taranglashadi, ular oralig'idagi bo'shliq yo'qoladi, natijada o'pkadan kelayotgan havo oqimi un paychalariga urilib, uni tebratadi, tebranish esa ovozni yuzaga keltiradi, ovoz oz navbatida ogiz boshligidagi tosiqda paydo bo'lgan shovqinga qo'shilib, tovushning jaranglashuviga sabab boiadi.

  1. Ovozning ishtirok etish darajasiga ko‘ra. Bu belgi asosida undoshlar sonorlar va shovqinlilarga boiinadi:

  1. Sonorlarda ovoz shovqinga nisbatan ustun boiadi (shovqin juda kam miqdorda qatnashadi). Hozirgi o'zbek adabiy tilida m, n, q, 1, r, y undoshlari sonor tovushlar (sonantlar) hisoblanadi. Sonorlar rezonator ton manbayi nuqtayi nazaridan ikki guruhga boiinadi: a) burun sonantlari — m, n, ng; b) og'iz sonantlari — r, 1, y. Bulardan 1) «m» ni talaffuz qilishda bo'g'izdan kelayotgan un (ovoz) ikki lab orasidagi to'siqqa urilib, orqaga qaytadi, shu tarzda yana halqum orqali burun bo'shlig'iga yo'l oladi. Bu jarayonda bo'g'iz, halqum, og'iz bo'shlig'i va burun bo'shlig'i rezonator ' ton manbayiga aylanadi: shularda qo'shimcha tonlar paydo bo'lib, ovozning shovqinga nisbatan ustun bo'lishi ta’minlanadi; 2) «n» ni talaffuz qilishda bo'g'izdan kelayotgan un (ovoz) tilning uchki qismi bilan yuqori milk orasidagi to'siqqa urilib, orqaga (halqumga) qaytadi, so'ng burun bo'shlig'iga o'tadi (bunda burun yo'lidagi to'siq ochilganbo'ladi). Natijada og'iz, halqum, bo'g'iz, burun bo'shliqlari rezonator ton manbayi vazifasini bajaradi. Ammo og'iz bo'shlig'ining rezonatorlik imkoniyati «m» dagi holatdan kamroq boiadi (chunki hajm va shakl o'zgaradi); 3) «ng» ni talaffuz qilishda kelayotgan un (ovoz) tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglayning boshlanish qismi orasidagi to'siqdan orqaga qaytib, yana halqum va bo'g'izga boradi, halqum orqali burun bo'shlig'iga o'tadi (bunda ham burun yo'lidagi to'siq ochilgan boiadi), natijada og'iz, bo'g'iz, halqum va burun bo'shliq- larida qo'shimcha tonlar paydo bo'lib, ovozning ustunligi ta’minlanadi. Bunda shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, «ng»ning artikulatsiyasida og'izning rezonatorlik imkoniyatlari «m» va «n» sonorlaridagi holatdan ancha cheklangan boiadi, chunki bo'g'izdan kelayotgan un tilning orqa qismidagi to'siqdanoq orqaga qaytganligi tufayli, og'iz bo'shlig'ining rezonatorlik maydoni juda qisqaradi; 4) «1» ni talaffuz qilishda to'siq (fokus) tilning uchki qismi bilan ustki tish (milk) orasida yuzaga keladi, ammo tilning ikki yoni ochiq boiadi. Undan sirg'alib o'tgan un lunj devoriga tegib, qo'shimcha tonlar hosil qiladi, bunday qo'shimcha tonlar halqum va hiqildoqda (bo'g'izda) ham yuzaga keladi, ammo burun bo'shlig'i rezonator manbayi sifatida ishtirok etmaydi, chunki yumshoq tanglay oxiridagi kichik til burunga o'tadigan yo'lni to'sib qo'yadi. Shuning uchun «1» og'iz sonanti hisoblanadi; 5) «r» ni talaffuz qilishda tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon ko'tariladi, bo'g'izdan kelayotgan havo oqimi tilning uchiga urilib, uni bir-ikki silkitadi, natijada havo tebranishi yuzaga keladi. Lunjning bir qadar kengayishi rezonator tonning hosil boiishiga imkon yaratadi; «r» rung artikulatsiyasida ham burun bo‘shlig‘i ishtirok etmaydi, chunki havo oqimining burunga o‘tadigan o‘rni kichik til tomonidan to‘silgan bo'ladi; 6) «y» ni talaffuz qilishda tilning o'rta qismi qattiq tanglay tomon ko'tariladi, tilning o‘zi oldinga siljiydi, uning ikki cheti yon tishlarga, uchi esa pastki tishlar milkiga tegadi. Bu sonorning hosil bo'lishida ham og'iz boshligi, halqum va bogiz rezonator toni manbayi bo'lib xizmat qiladi, ammo burun bo'shlig'i bu jarayonda ishtirok etmaydi (kichik til havo yo'lini to'sib turadi).

Ayrim izohlar: 1) sonorlarning barcha turlarida: a) un paychalari faol qatnashadi; b) rezonatorlar ishtirok etadi; d) ovoz shovqindan ustun bo'ladi;

  1. sonorlarda hatto bo'g'in hosil qilish xususiyati ham bor. Masalan: za-yl (za-yil), ma-yl (ma-yil), sha-kl (sha-kil), ha-jm (ha-jim), ba-zm (ba- zim), va-zn (va-zin), ze-hn (ze-hin), da-vr (da-vir), sa-yr (sa-yir), sa-br (sa- hirl kabi Oemak, sonorlarning bir jihati (bo'g'in hosil qila olishi) unlilarga, uusiiqaj.natlari esa undoshlarga o'xshaydi. Bu holat ularni unlilarga ham, undoshlarga ham zid qo'yish mumkin bo'lgan alohida guruhga birlashtirish imkonini beradi3'. Biroq bunday fikrga qo'shilmaydigan tilshunoslar ham bor. Chunonchi, taniqli fonolog N.S. Trubetskoy bu haqda shunday deydi: «Unli», «undosh»lar tovushga oid bo'lgan akustik tushunchalardir. Ularni ta’riflashda akustik yoki artikulatsion tushunchalarni hisobga olmaslik, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi7. Adabiyotlarda o'zbek tilidagi sonor tovushlarning tarkibi ham har xil ko'rsatilib kelinmoqda. Xususan, m, n, ng, 1, r undoshlarining sonantligi fonetika va fonologiyaga oid adabiyot- larning deyarli barchasida qayd etilgan bo'lsa, «y» ning sonantligi ayrim adabiyotlardagina ta’kidlangan8, taniqli turkolog E.V. Sevortyan esa o'zbek tili sonorlari qatoriga v, g' undoshlarini ham kiritadi9, «v» ning sonantligi

S. Otamirzayeva [22, -49] va A. Abduazizov [1, -30] ishlarida ham qayd etilgan. M. Mirtojiyev sayoz til orqa «ng» dan tashqari, chuqur til orqa «q» ning borligini ham ko'rsatadi, ammo «y» ni sonorlar qatoriga kiritmaydi10.

  1. Shovqinlilarda ovoz shovqinga nisbatan kam bo'ladi yoki mutlaqo qatnashmaydi. Masalan: b, g, d, j, j (dj), z undoshlarida ovoz kam, shovqin ko‘p, ammo k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h undoshlarida ovoz yo‘q, bu undoshlar faqat shovqin hisobiga tarkib topgan.

Undoshlar tasnifi quyidagi jadval tarzida ifodalanishi mumkin:

Ovoz bilan shovqinning munosabatiga ko'ra

Artikulatsiya usuiiga ko'ra

Artikulatsiya o'rniga ko'ra

Labial

undoshlar

Til undoshlari

Bo'g'iz undosh i

Lab-

lab

Lab-

tish

Til

oldi-

tish

Til

oldi-

tanglay

Til

o'rta

Sayoz

til

orqa

Chuqur

til

orqa

Faringal

undosh

Shovqinlilar

Portlovchi

b

P







d

t













g

k




q




Qorishiq

portlovchi



















j

(dj)

ch






















Sirg'aluvchi

V







f

z

s

j

sh













g‘

X

h

Sonorlar

Yumuq fokusli burun tovushlari

m










n
















n













Sirg'aluv-

chilar













1










y



















Titroq



















r




























A

N

"c/5

1

N

•—i

Ä

_N

*c/5

■—>

_N

5

'tjn

i

_N

"”3




N

_N

`ör>




Un paychalari ishtirokiga ko'ra

Tekshirish savollari

  1. Konsonantizm nima?

  2. Hozirgi o'zbek adabiy tili konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan? Ularning soni nechta?

  3. Tovush fokusi nima? Uning ahamiyati?

  4. O'zbek tilining qaysi tovushlari ikki fokusli? Sababi?

  5. Undosh fonemalar qaysi belgilar asosida tasnif qilinadi?

  6. Artikulatsiya o'rniga ko'ra undoshlar tasnifi?

  7. Artikulatsiya usuliga ko'ra undoshlar tasnifi?

  8. Un paychalari ishtirokiga ko'ra undoshlar tasnifi?

  9. Ovoz va shovqin munosabatiga ko'ra undoshlar tasnifi?

  10. O'zbek tili konsonantizmidagi munozarali masalalar?

Konsonantizm — undosh fonemalar tizimi.

Labial undoshlar — lab-lab va lab-tish undoshlari.

Til-tish undoshlari (dental va alveolyar undoshlar) — tilning uchki qismi bilan tishlarning milki orasidagi to'siqda hosil bo'ladigan undosh­lar.

Til oldi-tanglay undoshlari — til oldi qismining qattiq tanglay tomon ko‘tarilishidan hosil bo'lgan to'siqda yuzaga keladigan undoshlar.

Til o‘rta undoshi — tilning o'rta qismi bilan tanglay orasidagi to'siqda hosil bo'lgan «y» undoshi.

Sayoz til orqa undoshlari — k, g, r| (ng) fonemalari. Ular velar (qattiq) undoshlar sanaladi.

Chuqur til orqa undoshlari — q, g‘, x fonemalari. Ular uvular (kichik til ishtirokida hosil bo'lgan) undoshlar sanaladi.

Bo‘ g‘iz undoshi — «h» fonemasi. U faringal undosh deb ham ataladi.

Yumuq fokusli burun tovushlari (nazal tovushlar) - m, n, r| sonantlari.

UNDOSH FONEMALAR TAVSIFI


  1. Download 78,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish