Mavzu: Unli va undosh fonemalar paradigmasi hozirgi ‘zbek adabiy tili vokalizm §. Vokalizm



Download 78,68 Kb.
bet8/8
Sana31.12.2021
Hajmi78,68 Kb.
#238277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maʼruza unli va undosh tovushlar

§. Til o‘rta «y» undoshi tavsifï

«Y» fonemasi — til o‘rta, sirg‘aluvchi, sonor undoshi (og‘iz sonanti). Bu undosh so‘z boshida (yil, yo‘q), o‘rtasida (bayram, vayrona) va so‘z oxirida (boy, to‘y) qo‘llanadi, «i» unlisidan so‘ng qollanganda, shu unli bilan singishib, fonetik diftong hosil qiladi: vodiy > vodi:, dohiy > dohi: kabi12.

«Y» undoshi yumshoq (palatal) tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qo‘llangan unlilar akkomodatsiyaga uchraydi — orqa qator unlilar old qator (ingichka) ottenka bilan talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: qo‘l (qol) —yo‘l (yel), quvmoq (quvmaq) — yuvmoq (yüvmoq) kabi.

  1. §. Sayoz til orqa undoshlari tavsifï

  1. «K» fonemasi sayoz til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so‘z boshida (katta, kiyim), o‘rtasida (aka, tikari) va oxirida (o‘rdak, go‘dak) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, asosdagi «k» jarangli «g»ga o‘tadi; kovak > kovagi (k > g), telpak > telpagim (k > g), yurak > yuraging (k > g) kabi. Bir bo‘ginli so‘zlarda va ayrim o‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: yuk — yukim, yuking, yuki; ishtirok — ishtirokim, ishtiroking, ishtiroki; idrok — idroking, idroki kabi. Demak, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning ba’zi grammatik shakllarida jarangsiz «k» ning jaranglashgan ottenkasi qatnashadi. «K» dan so‘ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari qoMlanadi: ko‘l (kol), kul (kyl), kitob (khtop) kabi.

  2. «G» fonemasi — sayoz til orqa, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «k»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘z boshida (gul, go ‘zat), o‘rtasida (legirmon, agar) va oxirida (barg, juvonmarg) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan. So‘z oxirida kelishi ko‘proq o‘zlashma so'zlarda uchraydi, bunday pozitsiyada u jarangsiz «k» tarzida talaffuz etiladi: barg> bark, pedagog> pedagok kabi; «g» dan so‘ng unli fonemalarning faqat old qator ottenkasi qatnashadi: go ‘zal (gozdl), gul (gyl), gilam (gblem) kabi.

  3. «Ng (q)» fonemasi — sayoz til orqa, jarangli, burun sonanti. Bu fonema so‘z boshida qo‘llanmaydi, so‘z o‘rtasida (ko'ngil, singil) va oxirida (ong, ming) ishlatiladi. Bu fonema bilan yonma-yon qo‘llangan unlilar doimo ingichka talaffuz etiladi: jang-jeq, ko ‘ngil-kephl kabi. Bu fonema qattiq o‘zakli so‘zlar yoki so‘z shakllarida chuqur til orqa ottenka bilan talaffuz etilishi ham mumkin; g‘ing (g‘bing), xo ‘ng-xo ‘ng kabi.

  1. §. Chuqur til orqa undoshlari tavsifi

  1. «Q» fonemasi — chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z boshida (qozon, qor), o'rtasida (to‘qay, soqol) va oxirida (buloq, oziq) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga unli bilan boshlangan aflfiks qo'shilganda, asos oxiridagi «q» undoshi «g‘» ga o‘tadi: taroq- tarog'im, tarog‘ing, tarog‘i kabi. Bir bo‘g‘nli so‘zlarda (yoq, yo‘q so‘zlaridan boshqaiarida), shuningdek, ayrim ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarda asos oxiridagi «q» «g‘» ga o‘tmasligi mumkin: haqhaqim, haqing, haqi; ittifoq — ittifoqimiz, ittifoqingiz, ittifoqi kabi. Jonli so'zlashuvda «q»ning dissimilatsiyaga (maqtanmoq > maxtanmoq) yoki assimilatsiyaga (to‘qson > to‘xson) uchrash holatlari kuzatiladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxiridagi «q» jonli so‘zlashuvda sirg‘aluvchi «g‘» tarzida talaffuz etiladi: baliq > balig‘, taroq > tarog‘kabi. Qadimgi turkiy tilda q-k tovushlari bitta fonemaning ikki ko‘rinishi bo‘lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikkita fonemaga aylangan. Demak, «q»ni «k» ning divergenti deyish mumkin.

  2. «G‘» fonemasi - chuqur til orqa (uvular), sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli (ayrim tilshunoslar fikricha - sonor) undosh, «x» ning jarangli jufti. Bu fonema so‘z boshida (g‘or, g‘alvir), o‘rtasida (tog‘ora, sog‘inch) va oxirida (tog1, yog' mablag‘) kela oladi. Qadimgi tiirkiy tilda «g» ning variatsiyasi bo‘lgan va so‘z boshida qo'llanmagan. Demak, tarixan «g»ning divergensiyaga uchrashi natijasida «g‘» yuzaga kelgan, shuning uchun uni «g»ning divergenti deyish mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida «g‘» bilan tugagan so‘zlarga «g» bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda «g‘» va «g» laming «q» ga ko‘chish holatlari uchraydi: tog‘+ga > toqqa, bog‘+ga > boqqa, og‘gan> oqqan, sog‘+gani> soqqani kabi. Shevalarda so‘z oxirida «g‘» o‘rnida «v» ning qo‘llanish hollari uchraydi: tog‘>tov, to‘g‘ri> tuvri, og‘iz > ovuz kabi. Bunday holatlar adabiy til uchun me’yor hisoblanmaydi.

  3. «X» fonemasi chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g‘»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so‘z boshida (xalq, xabar), o‘rtasida (maxsus, maxfiy) va oxirida (do ‘zax, mix, tarix) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda «x» undoshi bo‘lmagan. U eski turkiy til davrida paydo bo'lgan: xan (xon), xayu (qaysi), yaxsaq (oqsoq) kabi [29, -52],

Qipchoq lahjasi shevalarida «x» ning o‘rnida «q» ning qo'llanish holatlari uchraydi: xabar > qabar, xalq > qalq, xalta > qalta kabi. «X» undoshidan song qo‘llangan unlilar, odatda, orqa qator ottenka bilan talaffuz etiladi (akkomodatsiya hodisasi sodir bo'ladi): xulq, xavf xato kabi.

  1. §. Bo‘g‘iz undoshi tavsifi

«H» fonemasibo'g'iz undoshi, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush. Bu fonema so'z boshida (ham, hozir), o'rtasida (qahramon, mahsulot) va oxirida (shoh, guruh) kela oladi. Asosan, arab va fors tillaridan o'zlashgan so'zlarda yoki shu so'zlardan yasalgan o'zbekcha so'zlarda qo'llanadi: hammol, haqiqat, huquq, humohumo qushi»), hunar, hurriyat, jumhuriyat kabi. Hozirgi o'zbek tilida «h»ning «y»ga o'tish holatlari uchraydi: shohi > shoyi (h > y), Rahim > Rayim (h > y), Sohib > Soyib (h > y), Mohira >,Moyira (h > y) kabi. «H»ning bu xususiyati ba’zan uning so'z tarkibidan tushib qolishiga ham olib keladi: shahar > sha:ar, Solih > Soli, Tohir > Toir kabi. Hatto Muhammad Rahim > Muhammad Raim > Mamaraim > Maraim kabi fonetik jarayonlarda ham «h»ning yuqoridagi xususiyatlari ta’siri bor.

  1. §. Qorishiq «TS» («U,») undoshi tavsifi

«ts» fonemasi — til oldi-alveolar, qorishiq-portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema faqat mscha leksik o'zlashmalarda qo'llanadi. Dastlab «ts» o'rnida «ch» va «s» tovushlari ishlatilgan: üapH3M > Chorizm,

wpti > sirk kabi. Keyingi 50-60 yil davomida o'zbek-rus ikki tilliligining shakllanishi va mustahkamlanishi tufayli ko'pchilik o‘zbek ziyolilarida «ts» ning ruscha artikulatsiya bazasi (talaffuz ko‘nikmasi) ham shakllangan: konstitutsiyä, aviatsiya, evolutsiya, inflatsiya, litsey kabi so‘zlärning o‘zbeklar nutqidagi qo'llanishi shundan dalolat beradi, ammo o'zbek tilida «ts» bilan qo'llanadigan birorta so‘zga qarama-qarshi qo‘yish mumkin bo‘lgan boshqa so‘zning (kvaziomonimning) yo‘qligi bu fonemaning o‘zbek tilidagi fonologik funksiyasini munozarali qilib qo'ymoqda.

Tekshirish savollari

  1. Tasnif va tavsif qanday farqlanadi?

  2. Labial undoshlardan qaysilarining qanday fonetik pozitsiyada asosiy bo'lmagan ottenkalari qatnashadi?

  3. Portlovchi tovushlarning qaysilari intervokal holatda sirg‘aluvchiga o'tadi?

  4. Jarangli undoshlarning qaysilari qanday pozitsiyada jarangsizlashadi?

  5. Lab-lab «v» va lab-tish «v» qanday farqlanadi?

  6. Qanday pozitsiyada lab-tish «f» ning lab-lab ottenkasi shakllanadi? Bu hodisa tilshunoslikda nima deb ataladi?

  7. Qanday so'zlar oxiridagi «t» talaffuz etilmaydi?

  8. Qanday holatlarda «1» undoshi tushib qolishi mumkin?

  9. Qanday pozitsiyada til oldi «n» lab-lab «m» ga o'tadi? Sababi?

  10. j (dj) va j undoshlari qanday farqlanadi? Qanday pozitsiyalarda bu fonemalarning allofonlari yuzaga keladi?

  11. Qanday holatda «ch»ning «sh»ga o'tishi uchraydi? Bu hodisa nima deb ataladi?

  12. Sayoz til orqa «k», «g» undoshlari qanday pozitsiyada o'zgaradi? Chuqur til orqa undoshlari-chi?

  13. «H» undoshi talaffuzida qanday o'zgarishlar kuzatiladi?

  14. «ts» («u») undoshining qaysi jihatlari o'zbek tilshunosligida munozaraga sabab bo'Imoqda?

  15. Divergent nima?

Tayanch tushunchalar

Kuchli pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya.

Kuchsiz pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi o'zgarishiga olib keladigan pozitsiya.

Intervokal holat — undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati.

Assimilativ holat - nutq oqimida fonemalar assimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.

Dissimilativ holat — nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat,

Divergent — divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o‘sib chiqqan yangi fonema.





1 «o» unlisining kuchsiz lablanganligi aslida eksperimental tadqiqotlar asosida isbotlangan. Bu haqda qarang: MaxMy/tOB A. DiacHbie y3ÖeKCKoro jtmepaTypHoro H3buaH»,1968, c. 24-26. Otamirzayeva S. O'zbek adabiy tilida {o/o} unlisi lablanganmi? //0‘zbek tili va adabiyoti masalalari. - T., 1962, N° 2, 54-b.

2s Qarang: MaxwyitoB A. Corjiacubie y36eKCKoro .naTepaTypHoro B3biKa. — T.: «OaH», 1986, c. 8—9. HypwoHOB A. [17, -17—18]; CeBopTtm 3.B. Maiepaajibi k cpaBHHTcabHOÜ t])oneTHKe TypeuKoro, a3ep6aä.it>KaHCKoro a y36ei

3OoHeTMKa. — M: M3ü-bo AH, 1955.

42'' Otamirzayeva S., Yusupova M. O'zbek tili. — T., 2002, 9- b. E.ü. nojiMBanoe. 3ByKOBOÜ cocTaB TatuKCHTCKoro ÄHajteKTa. - HayKa a npocBemeHHe, — T., 1922, N°l. Bopobkob A.K. KparKHH otepK rpaMMaTHKti y36eKCKoro tnbiKa. y36eKCKO-pyccKMM cjtoBapb. — M.; roc.M3a-BO HuocTpaHHbix m HauaoHajtbHbix cjtoBapea, 1961. Kacceti H.A. Kypc conocTaBHTejibiioä rpaMMaTHKit pyccKoro a yaöeKCKoro ti3biKOB. M3xtaHae TpcTbe. - T.: «yKlaTyBMa», 1979, c. 21.

5!l Kohohob A.H. PpaMMaTaxa coBpeMCHHoro y36eKCKoro jiaTepaTypnoro «3biKa. - M.-Jl.: M3tt-Bo AH, 1960. PetueTOB B.B. y36eKCKaä H3biK. HacTbl. BBetteHac. oHeTaKa. - T.: yanenra3, 1959, c. 212. A6aya3a30B A. [19, -54, -66],

6 Yana qarang: lUepöaK A.M. TpaMMaTHMecKHH onepx fl3biKa tiopkckmx tckctob X— XIII bb. H3 BocTOMHoro TypKecTaHa. — M.-Jl., 1961, c. 46—47. Pachhch M. MaTepnajibi no HCTopmecKOH 4>OHeTHKe tiopkckhx h3mkob. — M., 1955.

Qarang: MaryceBHt M. M CoBpeMeHHbiti pyccKHii B3biK. OoHeTHKa - M.: «npocBemenne», 1976, c. 122—125.

’’4 Mirzayev M., Usmonov.S., Rasulov 1. O'zbek tili. — T. «0'qituvchi», 1978. 57—59-b.



  1. 7 Bu haqda qarang: Mahmudov A. O'zbek tili sonorlari. — T.: «0‘zbek tili va adabiyoti», 1969, N° 6. Yana shu muallif. CoHopHbie y3öeKCKoro H3biKa. — T.: «AH» 1980,

8c. 11 —15. Nurmonov A. O'zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. — T.: «Qqituvchi», 1990, 18-b. Otamirzayeva S, Yusupova M. O'zbek tili. — T.: 2002, 49-b.

9 Qarang: CeBopTaH 3.B. MarepHajtbi k cpaBHHTejtbHoii cftoHeTHKe xypeuKoro, a3ep- 6aHit>KaHCKoro m y36eKCKoro ^HTepaTypubix a3biKOB. - B kh:. HccaextoBaHna no cpaBHHTejibHofi rpaMMaTMKe tiopkckmx a3biKOB. B 3-x TOMax. l.OoHeTHKa. — M.: 1955, c. 36.

10 Qarang: Mirtojiyev M. O'zbek tili fonetikasi. T.: «Universitet», 1998, 23—25-b.

11 Bu haqda qarang: Abdurahmonov G‘.A., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. — T.: «0‘qituvchi», 1982, 9 va 33-b. Yana qarang: To`ychiboyev B. Ko‘rsatilgan asar. 28—29-b.

12 Fonetik diftong ikkita tovushning o'zaro singishib ketishidan hosil bo'ladi, haqiqiy diftong esa bitta bo'g'in hosil qiluvchi ikki tovushdir. Ular bitta fonema sanaladi. Bunday diftong o'zbek tiliga xos emas.







Download 78,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish