Mavzu: Unli va undosh fonemalar paradigmasi hozirgi ‘zbek adabiy tili vokalizm §. Vokalizm



Download 78,68 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi78,68 Kb.
#238277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maʼruza unli va undosh tovushlar

§. Lab-lab undoshlar tavsifi

  1. «B» fonemasi — lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «p»ning jarangli jufti. So'z boshida (bodom), unli yoki jarangli undosh bilan yonma-yon qo'llanganda (tabrik) jarangli bo'ladi, demak, bunday o'rin «b» undoshi uchun kuchli pozitsiya hisoblanadi. Bu fonema so'z o'rtasidajarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo'llanganda assimilatsiyaga uchrab, jarangsiz «p» tarzida talaffuz etiladi: ibtidoiy > iptidoiy, obkash > opkash, jabha > japha kabi. Bunday o'rin «b» fonemasi uchun kuchsiz pozitsiya hisoblanadi, jarangsiz «p» esa jarangli «b»ning kombinator ottenkasi (variatsiyasi) sanaladi, chunki jarangsizlanish kombinator omil ta’sirida — yonma-yon kelgan tovushlar assimilatsiyasi tufayli sodir bo'lmoqda. Jarangli «b» undoshi so'z oxirida ham jarangsizlashadi: maktab > maktap, g'azab > g'azap, asab > asap, qassob > qassop kabi. Demak, so'z oxiri ham «b» fonemasi uchun kuchsiz pozitsiyadir. Bunday o'rinda jarangsiz «p» jarangli «b» ning pozitsion ottenkasi (variatsiyasi) sanaladi, chunki jarangsizlanish yondosh joylashgan tovushlar ta’sirida emas, «b» ning so‘z oxirida kelishi (pozitsion omil) tufayli sodir bo'Imoqda; «b» fonemasi ikki unli orasida (intervokal pozitsiyada) ko‘pincha sirg‘aluvchi «v» ga o'tadi; chivin < chibin, qovoq < qoboq, tovoq < toboq kabi. Bunday o'zgarish ikki so'z birikkanda ham sodir bo'ladi; boraver< bora ber, Jo‘ravoy < Jo‘raboy, toshvaqa < toshbaqa kabi.

«b» fonemasining kuchli pozitsiyadagi ko'rinishi asosiy ottenka hisoblanadi, chunki bu ottenka «b» fonemasi uchun tipikdir. Uning kuchsiz pozitsiyadagi ko'rinishlari o'zgargan ottenkalar (allofonlar) sanaladi, demak, «b» fonemasi so'z tarkibida asosiy ottenka va allofonlar shaklida namoyon bo'ladi.

  1. «P» fonemasi — lab-lab, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «b»ning jarangsiz jufti. Bu undosh so'zning barcha pozitsiyalarida — so'z boshida (paxta), o'rtasida (opa), oxirida (qop) keladi. Deyarli barcha holatlarda asosiy ottenkasi saqlanadi. Jarangli «b»ning so'z oxirida jarangsizlanishi «b» va»p» fonemalarining mo'tadillashuviga — neytralizatsiyaga olib keladi. Qiyos qiling: kitob > kitop, kanop > kanop kabi. Bunday paytda ikkala so'z oxiridagi «p» b//p arxifonemasining har ikki a’zosi uchun umumiy bo'lgan «P» varianti sanaladi.

  2. «V» fonemasi — lab-lab, sirg'aluvchi, jarangli, shovqinli undosh (E.V. Sevortyan, S. Otamirzayeva uni sonor tovushlar sirasiga kiritishadi). So'z o'rtasida (gavda, tovqq), oxirida (ov, suv) ishlatiladi. O'zbek tiliga tojik-fors va arab tillaridan o'zlashgan so'zlarda ham qo'llanadi: navo (toj.), «<3vor//>(arabcha); qadimgi turkiy tilda so'z boshida qo'llanmagan.

O'zbek tiliga arab va rus tillaridan o'zlashgan so'zlarda lab-tish «v» ham uchraydi. Bu tovush lab-lab «v»ning fakultativ varianti sanaladi. U so'z boshida (vaqt, va’da, vagon), o'rtasida (ovqat, aviatsiya) va oxirida (o/v, ustav) qo'llanishi, kuchsiz pozitsiyada jarangsizlanishi (avtomat > aftomat, arxiv > arxif tarzida talaffuz qiinishi) ham mumkin.

  1. «F» fonemasi — lab-tish, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh. Bu undosh sof turkiy so'zlarda qo'llanmaydi, fors, arab, rus tillaridan o'zlashgan so'zlardagina uchraydi: farzand (toj.), farq (arab.), fabrika (rus.) kabi. Lablashgan unlilar bilan yonma-yon qo'llanganda lab-tish «f» ning lab- lab ottenkasi yuzaga keladi: fazl-fozil-fuzalo; faqir-fuqaro kabi. Bunday holat firma va funksiya kabi ruscha o'zlashmalarda ham uchraydi.

Jonli so'zlashuvda lab-tish «f»ning lab-lab, portlovchi, jarangsiz «p» tarzida talaffuz qilinish holatlari uchrab turadi: faqat > paqat, qafas > qapas, ulfat> ulpat kabi. Bundagi «p» undoshi sirg'aluvchi «f»ning kombinator yoki pozitsion ottenkasi emas, uslubiy ottenkasidir, u turkiy til vakillarida «f» ga xos artikulatsiya bazasining (psixo-fiziologik ko'nikmaning) o'tmishda bo'lmaganligi ta’sirida sodir bo'ladi.

65

5 — Hozirgi o'zbek adabiy tili




  1. Download 78,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish