Mavzu: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish,hamda ijro intizomini taʼminlash. Reja: kirish i-bob. Umumiy o`rta ta`lim maktablari hujjatlarini yuritish va rasmiylashlashtirishning me`yoriy-huquqiy



Download 207,29 Kb.
bet5/16
Sana17.07.2022
Hajmi207,29 Kb.
#816340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi2 Ashirov Azamat

III. O‘quvchilar
1. Umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
a) davlat andozalariga muvofiq bepul umumiy (boshlang‘ich, tayanch, o‘rta) ta’lim olish;
b) o‘quv shaklini tanlash. O‘quvchilar umumiy ta’lim dasturlarini yoki uning ayrim bo‘limlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham, oilaviy ta’lim olish, mustaqil o‘qish va eksternat shaklida ham o‘zlashtirishlari mumkin;
v) ta’limning yakka tartibdagi o‘quv rejasi bo‘yicha davlat andozalari doirasida tezlashtirilgan kurslarida ta’lim olish Yakka tartibdagi o‘quv rejalari asosida o‘qitish shartlari maktab ustavi bilan tartibga solinadi;
g) qo‘shimcha (shu jumladan, pulli) ta’lim olish xizmatidan foydalanish;
d) maktab Ustavida belgilangan shaklda umumiy ta’lim maktabini boshqarishda ishtirok etish;
e) inson qadr-qimmatini hurmatlashni talab qilish, vijdon va axborot erkinligi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifodalash.
2. O‘quvchini keyingi sinfga ko‘chirish ijobiy yakuniy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Favqulodda hollarda Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan I-IX sinf o‘quvchilari qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga ko‘chirilishlari mumkin.
3. Bir-ikki fan (ona tili va matematikadan tashqari) bo‘yicha dasturni o‘zlashtirmagan 1-sinf o‘quvchilari, metodika kengashining tavsiyaga ko‘ra va Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga ko‘ra, 2-sinfga ko‘chirilishlari mumkin.
O‘quvchini 1-sinfga qoldirish haqidagi qaror metodik kengash (birlashma) tavsiyasiga ko‘ra Maktab (pedkengash) kengashi tomonidangina qabul qilinishi mumkin.
O‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan I bosqich (I-IV sinflar) o‘quvchilari metodika kengashi qaroriga ko‘ra zarurat bo‘lganda yakka tartibdagi o‘quv rejasidan foydalangan holda qayta o‘qish uchun qoldirishlari mumkin.
Ikki marta bir sinfda qayta o‘qish uchun qoldirilgan o‘quvchilarga nisbatan Maktab pedagogika kengashi ruhiy-tibbiy pedagogika komissiyasi xulosasiga asosan ularni yordamchi o‘quv-tarbiya muassasalariga, sinflar va maktablarni to‘ldirish uchun o‘qishga yuborishga tavsiyanoma beradi.
4. O‘quv dasturini majburiy talablar darajasida o‘zlashtira olmagan II bosqich o‘quvchilari Maktab pedagogika kengashi qaroriga ko‘ra o‘rnini bosuvchi ta’lim sinflariga o‘tkaziladilar. Ular tegishli bilim darajalariga erishganlaridan so‘ng oddiy sinflarga o‘tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, ularning o‘qishi yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha ham tashkil etilishi mumkin.
5. III bosqich maktabini bitirgan va ayrim fanlardan imtihon topshira olmagan o‘quvchilarga ularni bitiruv imtihonlaridan so‘ng 2 oy ichida qayta topshirish huquqi beriladi.
Qoniqarsiz baho olganda o‘quvchilarga eksternat tartibda imtihon topshirish huquqi bilan maktabda o‘qilganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
6. O‘quvchi, uning ota-onasi (ular o‘rnini bosadigan shaxslar) yillik bahodan norozi bo‘lsa, unga Maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
7. O‘quvchilar umumta’lim muassasasi ustavini bajarishga, vijdonan o‘qishga, maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, boshqa o‘qiyotganlar va xodimlarning obro‘sini va qadr-qimmatini hurmatlashga, muassasa xodimlarining ustav va ichki tartib-qoidalar bilan ularning vakolatlariga o‘tkazilgan talablarini bajarishga majburdirlar.
Umumta’lim muassasasidagi intizom u yerda o‘qiyotganlar, tarbiyalanuvchilar, pedagoglarning insoniy qadr-qimmatlarini hurmatlash asosida qo‘llab-quvvatlanadi. O‘quvchilarga nisbatan jismoniy, ruhiy zo‘ravonlik qilish usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun Maktab kengashi a’zolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tuziladi. Bu komissiya o‘quvchi yoki uning ota-onalari (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan yozma, og‘zaki holda tushgan arizalarni ko‘rib chiqadi.
9. Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan o‘quvchiga maktab ustavida belgilangan maktabdan haydashgacha bo‘lgan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Umumta’lim maktablarini boshqarish organlari qaroriga ko‘ra qonunga xilof ravishda xatti-harakat qilganligi, Ustavni qo‘pol ravishda va bir necha marta buzganligi uchun pedagogik ta’sir ko‘rsatishning oxirgi chorasi sifatida o‘n to‘rt yoshga yetgan o‘quvchilarni umumta’lim maktablaridan haydashga yo‘l qo‘yiladi. Etim bolalarni va ota-onalari nazoratsiz qolgan bolalarni maktabdan haydash haqidagi qaror vasiylik organlarining roziligi bilan qabul qilinadi.
O‘quvchini maktabdan haydash haqidagi qaror Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
O‘quvchining haydalganligi haqida umumta’lim muassasasi uch kun muddatda mahalliy boshqaruv organlarini xabardor qiladi. Ular bilan bir oy ichida o‘quvchini bundan keyin qayerga joylashtirish masalasini hal qiladi.

Download 207,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish