Kurs ishining maqsadi va vazifalari. kurs ishining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy ko’nikmalar hosil qilishdir. Resрublikamizda ta’lim – tarbiya, ma‘naviy siyosiy, madaniy rivojlanishi yo‘lida buyuk ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarga chuqur mustahkam bilim berish, mutaxassislarni jahon andozalariga javob beradigan, jahon hamjamiyatiga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada belgilab berilgan qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan yuksak ma’naviyatga xos bo’lgan qirralarni: рoklik, hamkorlik, birodarlik, g‘amxo‘rlik, sabr-qanoat, saxiylik fazilatlarini shakllantirishdan iboratdir. O’quv rejasida ko’zda tutilgan muayyan fan bo’yicha ma’ruza, tajriba va amaliy mashg’ulotlarda olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni konkret ijodiy va amaliy masalalarni mukammal yechishda qo’llashdir.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Tadqiqot ishining obyekti sifatida Yevropa numizmatlari, rus tarixchi olimlari va shular qatorida kolleksioner numizmatlar to’plamlarini olishimiz mumkin. Ularning kolleksion namunalari hamda tarixchi olimlarning qimmatli asarlari, ulardagi tahlillar kurs ishimiz predmetini tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, xulosa, mavzuga doir ilovalar hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I-BOB. Umumiy o`rta ta`lim maktablari hujjatlarini yuritish va rasmiylashlashtirishning me`yoriy-huquqiy asoslari
1.1. O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida ta`lim muassasi hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish mexanizmlari
KURS ISHI
O‘zbekiston Respublikasining umumta’lim maktabi to‘g‘risida
NIZOM
I.Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston umumta’lim maktabi o‘z faoliyatida “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shu qonunga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
2. Umumiy ta’lim maktabi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumta’limi andozalari doirasida bepul umumiy ta’lim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi.
3. Umumta’lim maktabi faoliyati demokratiya va insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning ilmiy va madaniy an’analari, o‘qitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta’siridan xolilik, iqtidor va ilmni rag‘batlantirish, o‘quvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi.
4. Umumta’lim maktabining asosiy maqsadi – o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda o‘zlarining mustaqil o‘rnini topish, ongli ravishda ta’lim va kasblar bo‘yicha dasturlarni tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va davlat oldida o‘z mas’uliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.
5. Umumta’lim maktabi ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning o‘z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi.
6. Maktab ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlar, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va boshlang‘ich kasb ko‘nikmalarini egallashlarini, shuningdek, ularning o‘ziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi.
7. Maktab fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishda ko‘maklashishga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, barcha millat vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga, yoshlarda fuqarolik tuyg‘usini shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga da’vat etilgan.
8. Davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi, ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan ta’lim andozalarini, barcha turdagi umumta’lim maktablarida ta’lim darajali va o‘quv soatlari hajmiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
9. Umumta’lim maktabi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, to‘rtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi peshlavhaga ega bo‘ladi.
10. Maktab hokimiyat va boshqaruv organlari, ota-onalar va pedagogik jamoatchiligi oldida shaxsning ta’limga bo‘lgan konstitutsion huquqining amalga oshirilishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning tanlangan shakllari o‘quvchilar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, sog‘liqni saqlash talablariga muvofiq kelishi, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining qo‘yilgan talablar asosida sifatli o‘zlashtirilishi uchun mas’uldir.
11. Maktab ta’lim berish tilini tegishli organlar bilan kelishgan holda, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘quvchilar va ota-onalar (yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning istaklarini hisobga olib belgilaydi.
Maktabda ta’lim berilayotgan o‘z ona tillaridan tashqari o‘quvchilar davlat (o‘zbek, Qoraqalpog‘istonda – qoraqalpoq) tilini va xorijiy tillarni o‘rganishga majburdirlar.
12. Umumiy ta’limning hamma uchun tengligini ta’minlash, o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilar ichidan eng iqtidorlilarni har xil turlari (maktab kompleks, litsey, gimnaziya, iqtidorli bolalar uchun maktab, katta yoshlilar ta’lim markazi va boshqalar) tashkil qilinishi mumkin. Ular o‘z faoliyatlarida mazkur Nizomga va o‘z nizomlari hamda ustavlariga amal qiladilar.
Maktab turini tanlash uning Kengashi (pedkengash) tomonidan mahalliy hokimiyat va ta’limni boshqarish organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
13. Maktablarni tashkil qilish, qayta tashkil etish (turini o‘zgartirish), shuningdek, uning faoliyatini tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Ushbu Nizom asosida har bir maktab jamoaning xususiyatlari va taraqqiyot istiqbollarini, maktab jamoa a’zolarining huquq va burchlarini, maktabning faoliyat qoidalarini belgilab beruvchi o‘z Ustavini ishlab chiqadi.
15. Maktab Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
16. Fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi belgilangan tartibda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |