Mavzu: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish,hamda ijro intizomini taʼminlash. Reja: kirish i-bob. Umumiy o`rta ta`lim maktablari hujjatlarini yuritish va rasmiylashlashtirishning me`yoriy-huquqiy


II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish



Download 207,29 Kb.
bet3/16
Sana17.07.2022
Hajmi207,29 Kb.
#816340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi2 Ashirov Azamat

II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish
1.Umumiy ta’lim maktabi o‘qitish jarayonini o‘quvchilarni rivojlantirish umumta’lim dasturlarining uch bosqichi darajasiga muvofiq amalga oshiradi:
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (4 yil);
II bosqich – tayanch ta’lim (5 yil);
III bosqich – o‘rta ta’lim (2-3 yil).
2. Turli bosqichdagi maktablar, shuningdek, kechki maktablar mahalliy sharoitlarni hisobga olgan alohida yoki yagona kompleks tashkil qilinishi va joylashtirilishi mumkin.
Kechki maktablarni tashkil qilish uchun o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan taqdirda yoshlar uchun umumiy ta’lim maktabi negizida kunduzgi sinflar va sirtqi guruhlar ochilishi mumkin.
3. Zarurat bo‘lganda va kerakli shart-sharoitlar yaratilgan maktablar qoshida o‘quvchilar uchun tegishli shtat bilan internat (yotoqxonalar)lar, ixtiyoriylik asosida butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil qilinadi.
4. Boshlang‘ich ta’lim (I bosqich) o‘qish, yozish, hisoblash, o‘quv faoliyatining asosiy bilim va ko‘nikmalari, nazariy fikrlash elementlari, nutq va xulq madaniyati asoslarini egallashni hamda shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga da’vat etilgan.
Boshlang‘ich ta’lim tayanch ta’lim olish uchun asos hisoblanadi.
5. Birinchi sinfga 6-7 yoshga to‘lgan, ta’lim olish uchun ruhan va jismonan tayyor bo‘lgan, 5 va 6 yoshligida tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmati ko‘rigidan o‘tgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish, odatda, o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
6. Tayanch ta’lim (II bosqich) o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning ijtimoiy o‘zligini anglashga bo‘lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tayanch ta’lim o‘quvchilarni o‘rta ta’limning xilma-xil turlarini tanlashga tayyorlaydi va mustaqil hayotga to‘la ma’noda qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan umumiy ta’lim poydevorini yaratadi.
9-sinf hajmidagi tayanch ta’lim majburiydir va u o‘quvchilarga o‘rta ta’lim muassasalarida, III bosqichdagi o‘rta ta’limlarda, turli xil hunar hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishni davom ettirish, xuddi shu kabi mehnat faoliyatini boshlab hamda uni istagi bo‘lgan taqdirda kechki (smenali) o‘rta umumta’lim maktablarida, kattalarga ta’lim berish markazlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati bilan uyg‘unlashtirish huquqini beradi.
7. O‘rta ta’lim (III bosqich) o‘quvchilarga tabaqallashtirilgan va uyg‘unlashtirilgan fanlar asosida umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonini yakunlaydi. Asosiy fanlardan tashqari, o‘quvchilar xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha fanlarni o‘qitishni tashkil qiladi.
III bosqich maktablariga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. (Maktab (pedkengashi) kengashi qaroriga ko‘ra kirish imtihonlari, test sinovlari yoki suhbat o‘tkaziladi).
Tegishli imkoniyatlar bo‘lgan taqdirda Maktab (pedkengashi) kengashi o‘quvchilarning talab va istaklarini hisobga olgan holda maktabda bir yoki bir nechta kasbga yo‘naltiruvchi ta’limni joriy etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (umumiy, ijtimoiy, fizika-matematika, Kimyo-biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, badiiy yo‘nalishdagi va boshqalar).
Bu holatda mehnat tayyorgarligi ta’lim ixtisosi, milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga ko‘ra u hamma o‘quvchilar uchun shart bo‘lmagan kasb ta’limi shaklida bo‘lishi mumkin.
8. Yangi turdagi o‘quv muassasalari (gimnaziya, litsey, iqtidorli bolalar maktablari va boshqalarga) ga o‘quvchilar ularning ustavlari talablariga muvofiq qabul qilinadi.
9. O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy ta’lim maktablariga umumiy asoslarda shartnomalar va bitimlar bilan belgilangan tartibda qabul qilinadilar.
Hukumatlararo tuzilgan madaniy, ilmiy hamkorlik bitimlari va rejalari asosida umumiy ta’lim maktablariga qabul qilingan xorijiy fuqarolar, agar bitim bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, respublika qonunlarida va mazkur Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlar oladilar.
10. Maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘quv-tarbiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tegishli davlat ta’limi andozalari darajasiga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan, pedagogik jihatdan asoslangan o‘quv rejalari, dasturlari, vositalari va uslublari o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan tanlab olingan asosga quriladi.
11. Umumiy o‘rta ta’limning ochiqligi va ko‘p variantliligi, milliy va mintaqaviy an’analar hamda o‘ziga xosligiga yo‘naltirilganligi ta’lim mazmunini quyidagi tizimda shakllantirish orqali ta’minlanadi:
davlat tayanch komponenti (Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi);
maktab komponenti (xalq ta’limini boshqarish mahalliy organlari bilan kelishgan holda Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan belgilanadi).
12. Davlat majburiy talablari doirasida o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan I va II bosqich sinflarida qo‘shimcha o‘qitish, pedagogik qo‘llab-quvvatlashning turli shakllari (umumiy soni 15 o‘quvchidan ko‘p bo‘lmagan korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) tashkil etilishi mumkin, rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan I-II bosqichdagi maktablarning maxsus sinflari va maxsus umumta’lim muassasalari tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Bolalar salomatligini tiklash sanatoriya turidagi muassasalarda amalga oshiriladi.
13. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish shtatli yoki maktabga maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. U ma’muriyat bilan bir qatorda bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi uchun mas’uldir. U tor doirasidagi mutaxassislar yordamida bolalar salomatligini yillik tekshiruvdan o‘tkazadi, davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, sanitariya-gigiyena normalariga, maktab o‘quvchilari ovqatlanishining tartibi va sifatiga, jismoniy va aqliy nagruzkalar o‘lchovlariga rioya qiladi.
Maktablarda ta’lim jarayonini ruhiy ta’minlashni ruhshunoslar amalga oshiradilar.
14. Ta’limning II va III bosqichlarida o‘qishlar imtihonlar bilan yakunlanadi.
Maktabda sinfdan-sinfga ko‘chirish imtihonlari Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan belgilanadi.
15. O‘quvchilarni imtihonlarga kiritish, sinfdan-sinfga ko‘chirish va maktabni bitirish Xalq ta’limi vazirligining Yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
16. O‘quvchilar tibbiy komissiya xulosasiga asosan kasalligi tufayli sinfdan-sinfga ko‘chirish va bitirish imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin. Imtihonlardan ozod etishga huquq beradigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
17. O‘quvchilarning II va III bosqich maktablarini bitirishlari va ularga tayanch ta’lim haqidagi guvohnomalar va o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma berish tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
18. II bosqich maktabi hajmida ta’limni yakunlagan o‘quvchilarga asosiy (tayanch) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli tayanch ta’limi to‘g‘risida guvohnoma topshiriladi.
III bosqich maktabi hajmida ta’lim olgan bitiruvchilarga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma topshiriladi.
19. Katta yoshlilar ta’limi markazi maktabida o‘qish davrida biror kasb-hunarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan bitiruvchilarga, ular malaka imtihonlarini topshirganlarida yoki sinovdan o‘tganlarida mazkur kasbga doir ishga kirishga asos bo‘ladigan kasb-korga doir mutaxassisligi ko‘rsatilgan guvohnoma beriladi.
20. Bolalarni uy sharoitida o‘qitish umumta’lim maktablarining dasturlari bo‘yicha davlat andozalari doirasida olib boriladi va keyinchalik eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bunday hollarda o‘quvchilar ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida maktab, ta’lim boshqaruvining tegishli organlari bilan shartnoma tuziladi. Bunda tomonlarning iqtisodiy, huquqiy va boshqa majburiyatlari belgilanadi.
21. Maktab o‘z hududi (mikrorayoni) da yashovchi I-IX sinflarda o‘qishi lozim bo‘lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to‘liq jalb etish tadbirlarini amalga oshiradi.
Tayanch maktabda bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda u unda o‘qishni xohlagan barcha bolalarni qabul qilishga majburdir. Agar maktabda o‘quvchilar soni juda ko‘payib ketsa, sinflarga yangi o‘quvchilarni qabul qilishda maktabga yaqin yashaydigan bolalar imtiyozga ega bo‘ladilar.

Download 207,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish