Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar



Download 67,5 Kb.
bet1/5
Sana14.07.2022
Hajmi67,5 Kb.
#795124
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Infor kaf. BMI TOPSHIRIQNOMASI(2021-2022)


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2010-yil 9-iyundagi
225-sonli buyrug‘iga ilova


Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv
malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan
talablar
1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad:

  • ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash;

  • ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nixoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni his etishga o‘rgatish;

  • zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.

Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari ta’lim yo‘nalishlarida bitiruv malakaviy ishi uning shakllaridan biri bo‘lgan diplom loyihasi sifatida tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi «Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-847-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2008-yil 31-iyuldagi № 16/226-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida diplom loyihasini tayyorlash va himoya qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan bajariladi.
2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiklanadi hamda har o‘quv yili boshida qayta ko‘rib chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.
Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘layotgan buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ish rahbari, bitiruv malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga bitiruv malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy ta’lim muassasaning o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi.
Topshiriq bitiruv malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.

Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish