Mavzu: Umumiy hovuz resurslari: tijorat uchun foydali bo`lgan baliqchilik Reja



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#819700
1   2
Bog'liq
Shahrux

Baliqchilik
— xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va 
sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni 
sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar 
yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik 
asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq 
tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar)ning biotexnikasini ishlab chiquvchi 
fan. B.tabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sunʼiy hovuz baliqchiligiga boʻlinadi. 
B.da suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sunʼiy urchitiladi, 
baliqpar tuxum qoʻyadigan va yosh baliqchalar oʻsadigan joylarda tegishli sharoit 
yaratiladi; baliqlarning tuxum qoʻyadigan joylari tozalanadi, daryo toʻgʻonlariga 
baliq yoʻli yasaladi, sunʼiy tuxum qoʻyish joylari tayyorlanadi. Tabiiy suv 
havzalarida baliqlarni sunʼiy urchitish, ovlanadigan baliqlar miqdorini koʻpaytirish 
yoki ularni yangi zot baliqlar bilan almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning 
uchun maxsus baliq zavodlari quriladi. Baliq oʻstirish maqsadida suv omborlaridan 


foydalanish, boshqa zot baliqlarni mazkur joyga olib kelib iqlimlashtirish ham 
B.ning asosiy vazifasidir. Buning uchun suv omborlari baliq ovlashga xalaqit 
beradigan buta va maxsus oʻtlardan tozalanadi, yosh baliqchalarni koʻpaytirish 
uchun baliqchilik pitomnigi quriladi. Baliqlar maxsus hovuzlarda ham oʻstiriladi. 
Bunday hovuzlarda baliqni urchitish, boqishdan tortib uni isteʼmol qilinadigan 
darajaga yetkazguncha boʻlgan jarayonlar amalga oshiriladi. OʻzRning daryo va 
koʻllarida 106 turdagi baliqlar mavjud (zogʻora baliq, doʻngpeshona, sudak, okcha, 
tobonbaliq, ilonbosh, choʻrtan, laqqa baliq, qizilkoʻz va boshqalar). Oʻzbekistonda 
B.ni sanoat asosida rivojlantirish 1937-yildan boshlangan. Oʻsha yili Toshkent 
viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida "Toshkent baliq chavoqlari xoʻjaligi" tashkil 
etildi. Keyinchalik bu xoʻjalik baliq chavoqlarini baliq xoʻjaliklari va tabiiy suv 
havzalari uchun ham yetkazib bera boshladi. 1946-yil Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi 
Kengashi huzurida Baliqchilik xoʻjaligi bosh boshqarmasi tashkil etildi. 1946-yildan 
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida baliq yetishtirishga moʻljallangan 
Damachi hovuz baliqchilik xoʻjaligi tashkil etildi va ishga tushirildi. 
1960-yillargacha baliq mahsuloti asosan, Orol dengizi, dengiz yaqinidagi koʻllar va 
Sirdaryo hamda Amudaryodan ovlanar edi (yiliga oʻrtacha 25 — 28 ming t). 


Respublikada faqatgina karp baligʻi yetishtirilar va hovuzlardan olinadigan hosil 15 
— 18 s.ga dan oshmas edi. 1961-yilda Xitoydan keltirib, iqlimlashtirilgan 
oʻsimlikxoʻr baliqlardan oq doʻngpeshona, oq amur, targʻil doʻngpeshona turlari bu 
yer sharoitiga tez moslashib, keyinchalik baliq yetishtirishning keskin rivojlanishiga 
zamin yaratdi. Hozirgi davrda respublika baliqchilik xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan 
baliqlarning 60— 70% oʻsimlikxoʻr. Oʻsimlikxoʻr oq amurdan kanal va 
kollektorlarni oʻtlardan tozalashda biologik meliorator sifatida foydalaniladi. 
Oʻsimlikxoʻr baliq turlari Sirdaryo va Amudaryoda ham tabiiy urchib, koʻpaymoqda 
(ayrim doʻngpeshona baliqlarning ogʻirligi 80 kg gacha boradi). Respublikadagi suv 
omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda maʼlum ahamiyatga ega. Har yili 
Toʻdakoʻl suv omboridan 500, Chimqoʻrgʻon va Jizzax suv omborlaridan 70—100 
t gacha baliq ovlanadi. Hozirgi "Oʻzbaliq" korporatsiyasi tizimida 8 birlashma (Quyi 
Chirchiq "Baliqchi" tajriba-namunaviy baliqchilik birlashmasi, Moʻynoq, Xorazm 
va Jizzax baliqchilik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston baliqchilik xoʻjaliklari 
birlashmasi va boshqalar), 7 k-t (Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, 
Surxondaryo, Damachi va Navoiy baliqchilik k-tlari), 10 baliqchilik xoʻjaligi: 
Andijon, Namangan, Fargʻona, Beshariq, Gulbogʻ (Namangan viloyati), Yangiyer 
(Sirdaryo viloyati), Kogon (Buxoro viloyati), Forish (Jizzax viloyati), Uzun 
(Surxondaryo viloyati) xoʻjaliklari, shuningdek Toshkent xonbaliq (Boʻstonliq 
tumani) xoʻjaligi, Xorazm viloyatida Toʻrtkoʻl fermer xoʻjaligi, baliq chavoqpari 
yetishtirish davlat xoʻjaligi (Yangiyoʻl), Ixtiopatologiya markazi (Toshkent), 
Chinoz baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo omborxonalari 
va boshqa bor (1999). OʻzRda umumiy maydoni 12 ming ga boʻlgan sunʼiy koʻl va 
hovuzlarda 22 ming t. tovar baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari bor. 
Yetishtiriladigan baliq turlarini koʻpaytirish, sharoitga mos turlarini olib kelib, 
iqlimlashtirishda "Oʻzbaliq" korporatsiyasining Suv havzalari jonivorlarini 
oʻrganish instituti ("Akvakultura") xoʻjaliklarga yaqindan yordam beradi(yana q. 
Baliqlar) 



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish