Baliq boqiladigan hovuzlarda o’rdak boqish



Download 19,35 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi19,35 Kb.
#94864
Bog'liq
baliq va o'rdak boqish ilmiy ommabop


Baliq boqiladigan hovuzlarda o’rdak boqish

Umarov F. A.,

Farg’ona Davlat unversiteti, Ixtiologiya va gidrobiologiya yo’nalishi I kurs magistranatlari

Annotatsiya. Ushbu maqolada sifatli oqsilga boy bo’lgan o’rdak va baliqni birga boqishning ijobiy taraflari yoritib berilgan. Albatta salbiy taraflariga ham e’tibor berganmiz va o’zimizning tafsiyalarimizni ketirib o’tganmiz

Kalit so’zlar. O’rdak, suv o’tlari, CO2 va H2S gazlari, meliorator, suvning kimyoviy tarkibi

Suvliklardan kompleks ravishda foydalanish usullaridan biri baliq bilan birgalikda suv qushlari — o’rdakni birga o‘stirishdir. Baliq o‘stirish qoidalariga amal qilgan holda bu usulni qo’llash, ya’ni qo’shimcha ravishda o‘rdak o'stirishni yo’lga qo’yish amaliy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu esa aholini sifatli o'rdak go’shti bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Natijada ya’ni baliq bilan o’rdakni birga boqishda bularni yakka-yakka boqishdan ko’ra, mahsuldorlik ancha yuqori bo’ladi.

O‘rdaklar hovuzlarda boqilganda o‘z ekstratlari bilan (go‘ngi) hovuzni organik moddaga boyitadi. Suvning organik moddaga boyishi plankton organizmlarini ko‘paytiradi. Bu esa baliq ozuqasining ko‘payishiga imkoniyat yaratadi. Natijada baliq mahsuldorligi ancha oshadi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, har bir gektar suvlikka 25 bosh o’rdak qo‘yilganda ular xuddi hovuzga 6—8 tonna go‘ng tashlanganday o’g’itlash xususiyatiga ega. O‘rdak chiqindisi ta’sirida suv havzasining yuqori darajali suv o'simliklarining miqdori o’zgaradi. O’rdaklar yoki g’ozlar tomoni- dan dag'al suv o‘simliklari, yumshoq suvo’tlari katta miqdorda iste’mol qilinadi, natijada baliqlarning erkin harakati uchun sharoit yaratiladi. O’rdak o’stiriladigan hovuz suvida ammoniy va nitratlarning miqdori oshadi va protokoklar, evglenasimonlar, yashil va ko’k-yashil suvo’tlari, diatom suvo‘tlarining miqdori va biomassasi ko‘payadi. O’rdaklar suv umurtqasiz hayvonlarini, karp iste’mol qilolmaydigan yoki kam miqdorda iste’mol qiladigan hayvonlarni, masalan, ninachi lichinkalarini, suv qo‘ng‘izlarini, suv kandalalarni, ntayda xashaki baliqlarni yeydi. O’rdaklar suv tubini kavlab balchiqdagi CO2, H2S kabi gazlar to’planishiga yo’l qo’ymaydi. Yuqori darajali suvo’tlarnining ko’payib ketishi oldini oladi. Baliq o’stiriladigan hovuzlarda o’rdaklarning yaxshi semirgani, tuxum qo’yish jarayonining ko'payganligi kuzatilgan. O’rdaklar asosan suvdan tashqarida maxsus joylarda boqiladi. O’rdaklarga beriladigan ozuqa hovuzlarda berilmaydi.

Bir hovuzdan bir yo‘la ham karp balig‘i, ham o‘rdak yetishtirishda foydalanilganda olinadigan baliq mahsuloti asosiy yoki birlamchi mahsulot, o‘rdak go‘shti ikkilamchi yoki qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. O‘rdaklar hovuzdagi karp baliqlari foydalana olmaydigan, ba’zan ular uchun zararli bo‘lgan suv jonivorlarini ozuqa sifatida iste’mol qiladilar. Bundan tashqari, o‘rdaklar hovuzdagi suv o‘tlarining bir qismini ham ozuqa sifatida yeb, hovuzning sayoz joylarida uning tubini tumshuqlari bilan titkilab, hovuzlarning qalin o‘t bosib ketishining oldini oladi, shu jihatdan ma’lum ma’noda meliorator hisoblanadi, go‘ngi bilan hovuzlarni o‘g‘itlashda xizmat qiladi. (3)

Bularning barchasi hovuzlarning tabiiy baliq mahsuldorligini oshirib, baliqlarning hayoti uchun qulay sharoit yaratadi. O‘rdaklarni, baliqlarni o‘stiradigan hovuzlarda birga saqlash, ularning kunlik iste’mol qiladigan omuxta ozuqalarning miqdorini 50 foizga qisqartiradi. Kunlik o‘sishi jadallashib, tuxum berishi oshadi, go‘sht sifati

yaxshilanib, tannarxi arzonlashadi. Baliq yetishtirishga mo‘ljallangan hovuzlarga 20–25 kunlik o‘rdaklarning tez yetiladigan Pekin zotli jo‘jalarini joylashtirish yaxshi

samara beradi. Bu zotli jo‘jalar 60–70 kunligida 2 kg go‘sht bera oladi. O‘rdakchalarni bundan katta yoshgacha saqlash samara bermaydi, chunki bundan keyin ular tulay boshlaydilar, shu sababli go‘sht sifati pasayadi. Birinchi guruh o‘rdaklar tutilgandan keyin, hovuzga darhol ikkinchi navbatdagi o‘rdaklarni joylashtirish kerak. Shunday qilinganda kuzga borib ular ham tovar vazniga yetadilar. (1)

Shunday qilib, karp – o‘rdak xo‘jaligini tashkil qilish hovuzlarda bir yo‘la qo‘shaloq mahsulot – baliq hamda o‘rdak go‘shti yetishtirib, hovuzlarning umumiy mahsuldorligidan yanada samarali foydalaniladi. Xo‘jalik yuritishning bu usuli ma’lum qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi, aks holda foyda o‘rniga zarar ko‘rish mumkin. Masalan, hovuzlarga me’yorga ko‘ra ko‘proq o‘rdaklar joylashtirilganda ular go‘ngi bilan hovuzlarni o‘g‘itlabgina qolmasdan uni ifloslab, gaz almashinuvining buzilishiga ham olib keladi. Chunki haddan ziyod organik moddalar minerallashib ulgurmaydilar, natijada baliqlar orasida turli kasalliklar masalan, jabrasining chirish kasalligi ro‘y berishi mumkin. Ba’zi hollarda o‘rdaklar kichikroq, ayniqsa, zaiflashgan baliqlarni ham yeb qo‘yadilar va nihoyat, hovuzning sayoz joylaridagi baliqlar uchun mo‘ljallangan ozuqadarinng bir qismini ham yeb qo‘yadilar. Shuning uchun baliq o‘rdak o‘stirishni ixtiyor qilgan xo‘jaliklar quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak: – baliqlar nagul qilinadigan hovuzlar suvining sayoz qismining har 1 gektar yuzasiga joylashtiriladigan o‘rdakchalar soni 100– 200 donadan oshib ketmasligi kerak. Yuzasini ko‘proq o‘t bosgan hovuzlarga o‘rdaklar qalinroq (200 donagacha), o‘tlar siyroqroq bo‘lganda kamroq (100 dona atrofida) joylashtiriladi. O‘rdaklar hovuzning sayoz qismida bir tekisda joylashtirilib, ularning soni ko‘proq bo‘lganda oziqlantirish nuqtalari ham

ko‘proq bo‘lishi kerak. Hovuzlarga ko‘klamda baliqlar joylashtirilayotgan va kuzda tutilayotgan paytlarda hovuzlarda o‘rdaklar bo‘lmasligi kerak. Erta ko‘klam qishlovdan chiqqan baliqlar birmuncha zaiflashgan bo‘lib, hovuzlarning qirg‘oqqa yaqin joylarda yashaydilar va o‘rdaklar tomonidan osongina tutilib, yeb qo‘yiladi. Kuzda esa o‘rdaklar suvni loyqalatib, baliqlarni tutishni murakkablashtiradi, ularni tezda jarohatlaydi.

O‘rdaklar baliqlarga mo‘ljallangan ozuqalarning bir qismini yeb qo‘ymasliklari uchun baliqlarni hovuzlarning chuqurroq joylarida oziqlantirib, uning sayoz qismi to‘r bilan to‘sib qo‘yilishi kerak.(1)

Hovuzlarning birlamchi yoshdagi baliqlarni yetkazib beradigan qismida va bosh hovuzda o‘rdaklarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Kombinatsiyalashgan unumli bo’lgan baliq-o’rdak hovuzlarini tashkil qilish hovuzlarda o’rdaklarni son jihatdan to’g’ri hisoblab qo’yishga bog'liq. Shunday hisoblash kerakki, baliq boqiladigan hovuzlarga qo’yiladigan o’rdaklar soni ortiq yoki kam bo’lmasligi kerak. O’rdak qo’yilgan hovuzlarning suvi tez-tez analiz qilib turilishi lozim, o’simliklarning o’sish darajasini tekshirib turish kerak. Agarda hovuzda o’stiriladigan tovar baliq soni ko’p bo’lsa, ya’ni har bir gektariga 5000—8000 dona bo’lganda, o’rdaklar soni ancha kam bo’lishi kerak. Chunki baliqlar kombikorm bilan boqilganda o'rdak soni normadan oshiq bo’lsa, unda baliqlar ozuqasiga sherik bo’ladi. Bu esa baliq mahsuldorligiga ziyon yetkazishi mumkin. Agarda suv havzasida yumshoq (xara, ndest, urut, nitchatka, sipirogira, ulotiriks) suvo’tlari ko’payib ketgan bo’lsa, albatta o'rdaklar soni (300—450 dona/ga) ko'paytiriladi. (2)

O’rdak o’tkazish soni normaga nisbatan ko’paysa baliq mahsuldorligi ancha kamayadi, chunki zoobentosni ko’p iste’mol qilib baliqlarga nisbatan raqobat ko'chayadi. Ozuqa bazasi kamayishiga sabab bo‘ladi. Bir vaqtning o'zida organik modda ko'payadi, suvni organik jihatdan ifloslanishiga sabab bo'ladi. Natijada suvda zamburug'lar ko'payib, baliq jabralari kasallanadi, baliq o'sishdan qoladi va nobud bo‘ladi. Shu jumladan, o'rdaklar ham zararlanadi - paranifoz bilan kasallanadi. Shuning uchun ham baliq-o‘rdak boqish uchun qoidalarga rioya qilish zarur. Bu ishga mas’uliyatsizlik bilan qaralsa, na baliq, na o‘rdak bo'lmasligi ham mumkin. Albatta ilmiy asoslangan baliq-o'rdak nisbati ishlab chiqilishi zarur. Masalan, xar 1000 dona baliqqa 25 dona o'rdak to'g'ri kelishi kerak.

Baliq va o'rdaklarning birga o‘sishi uchun qulay sharoit yaratish zarur. Har birgektar hovuzda tovar baliq o‘stirish uchun hovuz chuqurligi 1,0 m bo'lsa, bir yoz davomida 200—250 dona o'rdak, baliqlar soni esa 5000 dona gacha mo'ljallanadi. Lekin o‘rdak normasini belgilashda hovuzning suvo‘tlari bilan qoplash darajasiga e’tibor beriladi. Agarda suvo'tlari kamroq bo‘lsa o'rdaklar soni 100-125 dona tavsiya etiladi. O'rdak o'stirishni maqsad qilganda avvalo suvo'tlari miqdori, so'ngra hovuzning tuproq xarakteriga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Baliqchilik asoslari

S. Q. Huseinov, D. S. Niyozov

Buxoro 2010yil. 178-179 betlar

2. Havzalarda baliq yetishtirishni mexaniztsiyalahtirish

M. Yorbekov

Toshkent 2013 yil. 147-148 betlar

3. Baliqchilik asoslari



S. Q. Huseinov, D. S. Niyozov

Toshkent 2013 yil. 300-bet
Download 19,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish