Mavzu: Manzarali o'simliklarning kelib chiqish markazlari
Reja:
Manzarali o'simliklarning kelib chiqish markazlari
Manzarali o’simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari
Markazlarda mavjud o’simliklarni boshqa xududlarga iqlimlashtirish (Introduksya) xaqida qisqacha tushuncha
Yer sharida oʻsimliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning genetik xilma-xilligi eng koʻp boʻlgan geografik markazlar toʻgʻrisidagi taʼlimot madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyalari asos boʻlgan. 1883 yilda shveysariyalik botanik olim A. Dekandol eng asosiy madaniy ekinlar birlamchi kelib chiqqan geografik oʻlkalarni taʼriflab berdi. Lekin unda juda keng hududlar koʻrsatilgan boʻlib, ayrimlarining maydonlari deyarli qitʼalar chegaralariga toʻgʻri kelar edi. 1925—39 yillarda M.oʻ.k.ch.m. nazariyasini eng izchil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov oʻzi va boshqa botanik olimlar tomonidan ilmiy ekspeditsiyalarda toʻplangan jahon oʻsimlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kolleksiyasi) toʻgʻrisidagi juda katta materiallarga tayangan holda M.oʻ.k.ch.m.ning 8 ta asosiy geografik markazi yoki oʻchoqlarini koʻrsatib berdi: Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekinlar vatani); Hindiston markazi (madaniy oʻsimliklar turlarining deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish, baklajon, bodring , mevali ekinlar vatani); Oʻrta Osiyo markazi (noʻxat, china, kunjut, maxsar, yasmiq, koʻpgina sabzavotlar — piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar — oʻrik, nok, tok, bodom vatani); Gʻarbiy Osiyo markazi (bugʻdoyning koʻpgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam turlari, sabzi, anjir, anor v b.); Oʻrta dengiz, markazi (zaytun, seratoniya daraxti, juda koʻp ozuqa va sabzavot ekinlari vatani); Efiopiya markazi (bugʻdoy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va boshqa vatani); Markaziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziqovqat, texnika va dorivor oʻsimliklar, shu jumladan, makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali oʻsimliklarning koʻpgina turlari vatani); Janubiy Amerika markazi (koʻpgina ildizmevali oʻsimliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani).
Oʻtmishda ayrim oʻsimliklar bu asosiy markazlardan chetda madaniy ekinlarga aylantirilgan. Lekin bunday oʻsimliklar soni juda kam. N. I. Vavilov birlamchi (eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari oʻrtasida tovar ayirboshlash va oʻzaro aloqalarning rivojlanishi bilan bogʻliq holda keyinchalik paydo boʻlgan) M.oʻ.k.ch.m. borligini koʻrsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang , Nil va boshqa yirik da-ryolar vodiylari qad. dehqonchilik markazlari boʻlgan, deb hisoblangan boʻlsa, N. I. Vavilov deyarli barcha madaniy ekinlar togʻli, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda paydo boʻlganligini koʻrsatib berdi. Yetishtirilayotgan koʻpchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik markazlari fakat oʻsimlik boyliklaridan tashqari eng qad. dehqonchilik madaniyati bilan ham bogʻlikdir. Hindiston markazi qad. Hindiston va Hindixitoy madaniyati bilan, Oʻrta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega boʻlgan etrus, ellin va Misr madaniyati bilan bogʻliq va h.k. Shunday qilib, yovvoyi oʻsimliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol oʻynagan.
N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy oʻsimlik genofondlari (qarang Genetik fond) boʻyicha dunyo miqyosida toʻplangan juda katta maʼlumotlarni tahlil qilish asosida madaniy oʻsimliklar kelib chiqqan va yangi shakllar paydo boʻlgan 12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini ajratdi (haritaga q.). Bulardan tashqari, madaniy oʻsimliklarga genetik jihatdan qarindosh endemik yovvoyi turlarning ajralib (alohida boʻlib) qolishi tufayli paydo boʻlgan 12 ta mikromarkaz ham ajratilgan.
Madaniy o’simliklar kelib chiqish markazlari haqidagi taʼlimotning asosiy nazariy mohiyati madaniy oʻsimliklarda tur hosil boʻlish jarayonining muayyan geografik joyga bogʻliqligini koʻrsatishdir. N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy oʻzgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni katta amaliy ahamiyatga ega boʻlib, amaliy seleksiyada qimmatli boshlangʻich material boʻla oladigan, muhim xoʻjalik belgilarining nodir genlariga ega oʻsimliklarning yangi shakllarini yaratishiga imkon beradi. Madaniy ekinlarning aksariyati dehqonchilikda 5— 8 ming yildan beri ekiladi. Oʻsimliklar madaniylashtirilgan sari oʻz markazidan uzoqlashib yangi tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi. Sunʼiy va tabiiy tanlanish natijasida oʻsimliklarning genotiplari, morfologik va biologik belgilari uzgaradi. Genotip oʻzi shakllangan mintaqasidan boshqa mintaqalarga tarqalgan sari uning biol.ga mos sharoit texnologik tadbirlar orqali yaratiladi. Mas, makkajuxori yaxshi tuplanadigan va sershoxli tipik qisqa kunli tropik oʻsimligidir, ammo yangi navlari va duragaylari 55° shim. kenglikda ekiladi; soya issiqsevar oʻsimlik, 3500—4000° foydali harorat yigʻindisini talab etadi, ammo uning shim. ekotipi 1750—1800° da pishadi. N. I. Vavilov va boshqa olimlarning mehnati tufayli [mas., Oʻzbekiston FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida gʻoʻzaning kelib chiqishi markazlariga akad. A. Abdullayev boshchiligida Meksika (1975), Peru (1984), Shri Lanka, Hindiston, Xitoy (1989—90), Avstraliya (1997)ga ek-speditsiyalar uyushtirilgan] Yer sharining turli mamlakatlariga oʻtkazilgan juda koʻp botanik ekspeditsiyalar natijasida faqat miqdor emas, balki xilma-xilligi jihatidan ham boy boʻlgan, jahondagi eng yirik va noyob madaniy oʻsimliklar hamda ularning yovvoyi ajdodlari kollekdiyalari yaratilgan. Dunyo kolleksiyasi namunalaridan foydalanish asosida turli qishloq xoʻjaligi ekinlarining 1200 dan ortiq navlari yaratilgan.
Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilish megamarkazlari (P. M. Jukovskiy)I. Xitoy-Yaponiya (soya, yum-shok bugʻdoy, tariq, qoʻnoq, marjumak va boshqa vatani).
Bu markaz Sharqiy va Markaziy Xitoy, Koreya, Yaponiya, Tayvan orolining kattagina qismini o’z ichiga oladi. Soya, choy, manjuriya tarig'i; grechixa, gturi, turp, olcha, olxo’ri, behi,’o’zaning G.arboreum va boshqalarning vatani. Dunyo madaniy florasining 20% shu markazdan tarqalgan
II. Indoneziya-Hindixitoy(suli, shakarqamish, banan, murch, sabzavot ekinlari).
III. Avstraliya (yovvoyi sholi turlari, avstraliya gʻoʻzalari, sebarga turlari, tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar turlari).
IV. Hindiston (sholi, hind bugʻdoyi, shakarqamish, osiyo gʻoʻza turlari, baqlajon, bodring , mango).
Bu markaz o’z ichiga Hindiston, Hindixitoy yarim orollarning hamda Janubiy Xitoyning tropik hududlarini, Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan orollarni o‘z ichiga oladi. Dunyo bo’yicha ekilayotgan madaniy o’simliklarning 1/3 qismi shu markazdan kelib chiqqan. Umuman. madaniy floranmg 70 foizga yaqin turi Yevrosiyo materigining Osiyo qismidan vujudga kelgan. Bu markazdan choy, limon, apelsin, bodring, shakar qamish, baqlajon, sholi, mosh, kokos palmasi, g‘o’za va boshqalar…
V. Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Gʻarbiy Tyanshan togʻlari; koʻk noʻxat, xashaki dukkaklilar, noʻxat, mosh, afgʻon javdari, maxsar, yasmiq, oʻrik, shaftoli, olma, qovun, gʻoʻza turlari va boshqalar).
Bu markaz Shimoli-G’arbiy Hindiston. Afg’oniston, O’zbekiston, Tojikiston va G’arbiy Tyanshanni o’z ichiga oladi. Bu markaz pakana bug’doy, no’xat, mosh, zig’ir, kunjut, kanop, sabzi, sabzi, nok, bodom, uzum, yong’oq, olma va boshqa madaniy o’simliklarning vatani hisoblanadi. G’o’zaning G.herbaceum L. turi ham shu markazdan kelib chiqqan.
VI. Gʻarbiy Osiyo (Togʻli Turkmaniston, Eron, Zakavkazye, Kichik Osiyo, Arabiston ya. o.; bugʻdoy turlari, arpa, javdar, suli, beda, tok, chirmashib oʻsadigan zigʻir, nok, gilos, anjir, anor, qovun, sabzavot ekinlari).
VII. Oʻrta dengiz (zaytun, suli, bugʻdoy turlari, dukkakli ekinlar, sebarga turlari, zigʻir, karam, lavlagi, sabzi, sholgʻom, turp, piyoz, sarimsoq, koʻknor, oq xantal).
Bu markaz O’rta dengiz sohillaridagi hududlarni o’z ichiga oladi. Bu markazdan qattiq bug’doy, suli, zig’ir, no’xat, piyoz, sholg’om, karam, turp, qand lavlagi, beda kabi madaniy o’simliklar tarqalgan. Dunyo madaniy o’simliklarining 10-11% turlari bu markazdan kelib chiqqan
VIII. Afrika (joʻxori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe, gʻoʻza turlari).
IX. Yevropa-Sibir (tolali zigʻir, duragay sebarga, beda turlari, kendir, xmel, nasha, meva, sabzavot ekinlari).
X. Markaziy Amerika (makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza turlari, loviya, kungaboqar, qovoq, maxorka, qalampir, kartoshka turlari, koʻp yillik oʻsimliklar).
Bu markaz o’z ichiga Meksikaning janubini. Markaziy Amerikani va Antil orollarini oladi. Dunyo madaniy ekinlarining 8 foizi, shu jumladan, makkajo’xori, kakao, tamaki, qovoq, kungaboqar, qator mevali (gvayyava, anor, avokado) daraxtlar, upland g’o’zasi (G. hirsutum L.) shu markazdan tarqalgan.
XI. Janubiy Amerika (madaniy kartoshka, pomidor, tamaki, ananas, koʻp yillik arpa, yer yongʻoq, gurchsimon (chatnaydigan) makkajoʻxori turlari).
Bu markaz Janubiy Amerikada joylashgan And tog’lari hududini o’z ichiga oladi. Bu kartoshka, batat (shirin kartoshka), ananas, yeryong’oq. mamok, amerika yong’og’i, ileks (choy olinadi), g’o’za (G.barbadenze L.), kauchuk olinadigan geveya, xin daraxtlarining vatanidir
XII. Shimoliy Amerika (arpa turlari, lyupin turlari, koʻp yillik oʻtsimon kungaboqar turlari, meva, sabzavot, rezavor oʻsimliklar).N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalami ishlab chiqdi. Madaniy o‘simlik- larning kelib chiqishini 7 markazga bo‘ladi. Bu markazlar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50% madaniy o‘simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy o‘simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), Janubiy-G‘arbiy Osiy markazi (14% madaniy o‘simliklar, shu jumladan bug‘doy, suli, dukkakli- lar, zig‘ir, sabzi va boshqalar vatani), 0‘rta Yer dengizi markazi (11% madaniy o‘simliklaming, karam, qand lavlagi, beda vatani), Abissiniya (Efiopiya)markazi (arpa, banan, kofe daraxti va boshqalar vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir, g‘o‘za, какао daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ananas, tamaki vatani) kiradi.
Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko‘paytirilgan. N.I.Vavilov kolleksiyasining tarixida qora kunlar ham bo‘lgan. 1940 yili soxta ayblar asosida qamoqqa olinadi va 1943- yili Saratov qamoqxonasida holsizlanib (ochlikdan) hayotdan ko‘z yumadi. N.I.Vavilov kolleksiyasi Sankt-Peter- burg shahridagi o‘simlikshunoslik institutida saqlangan. Shahar fashistlar qurshovida qolgan vaqtda institut xodimlari butun shahar aholisi bilan birga ochlikni boshidan kechirishlariga qaramay, kolleksiyada saqlanayotgan urug‘larning bittasiga ham xiyonat qilmadilar. N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o‘simliklariga tegislili juda katta qismi 0‘zbekiston 0‘simlikshunoslik institutida hozirgi kunda ham saqlanmoqda va unlardan yangi navlarni yaratishda foydalanilmoqda.
Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 dan ortiq namunani o‘z ichiga olib, 1041 o‘simlik turiga mansub. Bularga yovvoyi tur madaniy 0‘simliklaming avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Dunyo genofondidan olimlar xo‘jalik jihatdan qimmatli hisoblangan belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va zararkunan- dalarga, qurg‘oqchilik va boshqa ta’sirlarga chidamlilik belgilarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o‘simliklar seleksiyasida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erisliishga imkoniyat yaratadi. Masalan, yovvoyi g‘o‘za qimmatli genlari asosida yaratilgan «Toshkent» navlari o‘z vaqtida vilt kasalligiga cliidamli eng yaxslii nav hisoblangan.
N. I. Vavilov madaniy o’simliklarning bu markazlarini quyidagi ma’lumotlarga asoslanib turib aniqlagan edi:Markazlarda shu yerdan kelib chiqqan o’simlik nav va namunalarining xilma-xilligi yuqori darajada bo‘ladi.Shu markazlarda va hududlardan kelib chiqqan madaniy o’simliklarning yarim yovvoyi hamda yovvoyi ajdodlarining areal lari ham joylashgan bo’ladi.Markazlarda shu yerdan kclib chiqqan o’simliklaming kasalliklarim tug’diruvchi parazit organizmlar va zararli hasharotlaming tarqalgan areallari joylashgan bo’ladi.Markazlardagi o’simliklarda dominant genlar ko’proq, retsessiv genlar kamroq uchraydi.Markazda odamzod sivilizatsiyasining kclib chiqishi va barpo bo'lish markazi joylashgan bo’ladi.Arxeologik va tarixiy dalillar ham markazni xarakterlovchi omillar hisoblanadi. N.I.Vavilov 1926 -1927 yillarda katta ekspeditsiyada bo‘ldi. U Afrika, O‘rta yer dengizi mamlakatlari va yevropa, Aljir, Tunis, Marokko, yegipet, Suriya, Falastin, Gretsiya, Kipr orollari va Italiya, Ispaniya va Portugaliya, O‘rta yer dengizidan Qizil dengizga, Somali va Efiopiyaga bordi. Xuddi shu orada Mrkaziy Osiyo respublikalarida ham N.I.Vavilov bir necha marta bo‘ldi. Shu ekspeditsiya tufayli Vavilov monografik tavsifga ega bo‘lgan hamda genetikaning asosi yotgan gomologik qator nazariyasi uchun katta material to‘pladi.Dushmanlari tomonidan qilingan tuhmatlar, chaquvlar tufayli olimning chet ellarga chiqishi taqiqlandi, ishlardan olib tashlandi, keyinchalik esa 1940 yilning iyun oyida Ukrainaga qilgan safarida buyuk olim qamoqqa olinadi. Ana shu vaqtda qilingan tintuvda olimning qanchadan qancha qo‘lyozmalari yo‘qolib ketdi. NKVD xodimlari shafqatsizlik bilan qo‘lyozmalarni olib ketishgan va yo‘q qilib yuborishgan. Lekin Vavilovning kotiba –stenografisti urush yillari va evakuatsiya bo‘lishiga qaramasdan asarning ko‘lyozmalarini ehtiyot qilib asrab qolgan. Bugungi kunda chop etilgan nashrlari o‘sha paytda yarmi saqlanib qolgan asarlari asos bo‘lgan.
O’simliklarning qandaydir xillarini boshqa rayon (mintaqalar)dan olib kelib selektsiya ishida foydalanish introduktsiya bilan bog’liq. Introduktsiya lotinchada (introductio) kiritish demakdir. Introduktsiya deb, o’simlik tur yoki navlarini ular ilgari o’smagan (ekilmagan) mamlakat yoki mintaqaga (o’smagan joyga yoki sharoitga) olib (ko’chirib) kelib kiritilishiga aytiladi. Makkajo’xori, kartoshka, tamaki, kungaboqar, pomidor, ingichka tolali g’o’za kabi ekinlar mamlakatimizga Amerika qit’asidan introduktsiya qilingan. O’simliklar selektsiyasida introduktsiyaning ahamiyati juda katta. N.I.Vavilov o’simliklar introduktsiyasining nazariy asoslarini yaratib, madaniy o’simliklarning geografik tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanlikning qator muhim qonuniyatlarini aniqladi. N.I.Vavilov kuzatishlari natijasida o’simliklarning tur va xillari yer yuzida bir tekisda taqsimlanmaganligi aniqlandi. O’simlik turlarining ko’pchilik qismi yer sharining bir qator mintaqalarda (janubiy-sharqiy Xitoyda, Hindistonda, Janubiy-G’arbiy Osiyoda, Efiopiyada (Habashiston), Markaziy va janubiy Amerikada, O’rta yer dengizi qirg’og’i mamlakatlarida (Old Osiyoda) tarqalgan. Kavkaz va O’rta Osiyoning tog’ etaklari o’simlik turlariga boy joylar hisoblanadi. O’simliklar birlamchi introduktsiyasi qadimiy zamonlarda, odamlar dehqonchilik bilan shug’ullana boshlaganda vujudga keladi. Ilgari faqat mahalliy o’simliklar, odamlar yashagan joy oldida ekilgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni qishloq qabilalar o’rtasida urug’ almashtirish o’tkazilib, sifati va hosildorligi past o’simliklar siqib chiqarilgan.
Keyinchalik ayrim xalqlar, qabilalar iqlimning, yashash sharoitining o’zgarishi sababli bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, aholining sonini o’sishi, har xil harbiy yurishlar, yangi mintaqa, qit’alarni ochilishi, mamlakatlarda savdo aloqalari va boshqa ko’p sabablarga ko’ra introduktsiya avj olib – yangi-yangi o’simlik turlari, xillari tarqalgan. Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, ular bilan o’simlik va hayvonlarning ham olib ketib tarqalishi madaniy o’simliklarning dastlabki geografiyasini keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan AQSh, Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Argentinaga o’xshagan mamlakatlar o’zini qishloq xo’jaligini deyarli to’lig’icha chetda joylashgan o’simlik va hayvonlarning introduktsiyasi asosida yaratganlar. AQSh va Kanada qishloq xo’jaligida Rossiyaning bug’doy, arpa, suli, don, sebarga, olmalarning qanday rol o’ynagani ma’lum. Amerika Qo’shma SHtatlarida makkajo’xori, tamaki va qisman katta ahamiyatga ega bo’lmagan o’simliklardan tashqari hamma dala ekinlari va mevali o’simliklar introduktsiya orqali kiritilgan. Kaliforniyada esa hamma qishloq xo’jalik ekinlari, jumladan makkajo’xori ham introduktsiya qilingan ekinlardir.Selektsiya uchun boshlang’ich material yig’ish maqsadida ko’p mamlakatlarda maxsus choralar, ekspeditsiyalar tashkil qilingan. Masalan, Rossiyada ayrim agronom, dehqonlar, tajribakorlar o’simliklarni to’plash bilan 1700 yillardan boshlaganlar. Natijada qishloq xo’jaligiga yangi: kartoshka, makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi, pomidor, ba’zi sabzavotlar, dukkakli don, manzarali ekinlar kiritiladi. Kartoshkaning birinchi tuganaklari va kungaboqarni urug’ini 1700 yili Pyotr 1 Gollandiyadan Peterburg shahriga graf SHeremetьevga yuboradi. Keyinchalik kartoshkaning introduktsiyasi natijasida katta maydonlarga tarqalishi “ikkinchi non”ga aylanishida atoqli agronom I.M.Komov va A.T.Bolotovlarning xizmatlari katta. CHet mamlakatlardan introduktsiya qilib, sabzavot o’simliklarni boshlang’ich material sifatida selektsiyada foydalanishga katta hissa qo’shgan Ye.A.Grachev dehqondir (1826-1877). U birinchi bo’lib Peterburg sharoitida ekin sifatida pomidorni joriy qilgan. Ye.A.Grachev 1875-1877 yil davomida Angliya, Belgiya, Germaniya, Italiya, AQSh, Frantsiyadan olib kelingan sabzavot o’simliklarning 2000 ga yaqin namunalarini ekib o’rgangan.1866 yilda juda ko’p nav namunalarni o’rganib, sinash natijasida karamning 50 navini, lavlagining 40, sabzining 36, sholg’omning 20, bryukvaning 18, turpning 28 xil navlarini ekishga tavsiya qiladi. Ye.A.Grachev birinchi bo’lib kartoshka navlarini yovvoyi turlari bilan chatishtirib fitoftoraga chidamli navlar yaratadi. Kungaboqar o’simligining tarixi juda qiziqarli, Shimoliy Amerikadan Yevropaga manzarali o’simlik sifatida olib keltirilgan chet mamlakat mehmoni 1870 yilga kelib asosiy texnika ekiniga aylanadi.
Hozirgi kunda Hamdo’stlik mamlakatlarida yaratilgan yuqori hosilli, tarkibida moy miqdori ko’p bo’lgan kungaboqar navlari AQSh, Kanada, Chili kabi mamlakatlar dalalarida ekish uchun introduktsiya qilinmoqda. Bunday misollarni ko’p ekinlar bo’yicha keltirish mumkin. Madaniy o’simliklarning botanik tarkibini o’rganish R.E.Regel tashabbusi bilan 1894 yilda Rossiya dehqonchilik vazirligi qoshida (Peterburg) amaliy botanika byurosi tashkil qilinganidan keyin avj oladi. Bu jahon fanining tarixida o’simliklar manba’lari va ularni introduktsiyasini o’rganish maqsadida ilmiy izlanishlarni tashkil qilish edi. Byuro tomonidan bir necha ekspeditsiyalar tashkil qilinadi.1924 yilda amaliy botanika byurosi asosida Butanittifoq amaliy botanika va yangi navlar instituti tashkil qilinadi, keyinchalik 1930 yil uning nomi Butunittifoq o’simlikchilik instituti ((Vsesoyuznыy institut rastenievodstva - VIR) deb atala boshlanadi. Institutga 1967 yilda akademik Nikolay Ivanovich Vavilov nomi beriladi. N.I.Vavilov 1920 yildan boshlab 20 yil davomida bu institutni direktori lavozimida ishlab genetika fani, selektsiya fanining rivojlanishida katta xizmatlar qiladi.
Vavilov davridan boshlab Yer sharida o’sgan o’simliklarni o’rganish va terib-yig’ib olish avj oladi va dunyoda eng yirik - boshlang’ich material uchun-o’simliklarning jahon kollektsiyasi tashkil qilinadi. VIRning olimlari N.I.Vavilov raxbarligida yer sharining 5 qit’asiga 60 dan ziyod, Hamdo’stlik mamlakatlari territoriyasiga esa 150 dan ko’proq ekspeditsiyalarda (N.I.Vavilovning shaxsan o’zi 52 ta mamlakatda bo’ladi) qatnashadilar. SHu maqsadda chet mamlakatlarning ko’plab ilmiy muassasalari bilan keng miqyosda nav namunalari almashish ishlari olib boriladi. N.I.Vavilov rahbarligida jahon kollektsiyasida 250 mingdan ziyod o’simliklar nav namunalari to’plangan edi. Jahonda eng boy manba hisoblangan VIRning o’simliklar dunyosi kollektsiyasini yaratishda N.I.Vavilov, R.E.Regelь, P.M.Jukovskiy, S.M.Bukasov, D.D.Brejnev, V.E.Pisarev, S.V.Yuzepchuk, V.S.Lexnovich, A.Ya.Trofimovskaya, D.V.Ter-Avanesyan, V.F.Dorofeev va boshqa ko’p olimlarning hissasi ayniqsa kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |