Muammoning o’rganilganlik darajasi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. Iqtisodiy taraqqiyot modeli tushunchasi 20-asrning 50-y.larida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, sosialistik va sotsialistik yoʻnalish (oriyentatsiya)]. 20-asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maq-sadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar Iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiyiqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼ-muriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subʼyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tar-moklar hisoblanadi. Albatta, Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum dara-jada oʻtkazadi.
Arab dunyosidagi ayrim davlatlarda inqilob jarayonlari yakunlanib, Misr va Tunis yangi siyosiy tuzum barpo etishga kirishar ekan, tahlilchilar ularga va, umuman, arab davlatlariga mos sistemani qidirish bilan ovora.
Aksariyati Turkiya siyosiy modeliga ishora qiladi.
Tahlilchilar nazarida arab dunyosi o'zida islom va demokratiyani mujassam eta olgan Turkiyadan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi.
Bu mamlakatda chiqadigan "Milliyat" gazetasi jurnalisti Semix Idizning aytishicha, turk modeli haqida gap ketganda g'arbcha andoza nazarda tutiladi.
"Turkiya parlament boshqaruviga asoslangan bu dunyoviy tuzumni g'arbdan olib, uni o'z sharoitiga moslashtirdi.
Aholisining 99 foizi musulmon bo'lgan Turkiya demokratik jamiyat bo'la oldi", - deydi muxbir.
Biroq boshqalar nazarida Turkiya tajribasi arab dunyosiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Pensilvaniya shtatidagi Lixay universiteti professori Genri Barkining aytishicha, ko'p davlatlar Turkiyaga o'xshagisi keladi, ammo buning iloji yo'q.
"Mintaqadagi qaysi davlat Turkiyachalik bo'lishni istamaydi deysiz? Bu dunyoda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha 16-o'rinda turadigan, jamiyati faol, ko'plab saylovlarni boshdan kechirgan demokratik tuzum. Agar Misr rahbari bo'lsangiz, qanday qilib mamlakatni hozirgi ahvoldan Turkiya darajasigacha ko'tarishingiz mumkin?"
Barkining aytishicha, buning uchun arab davlatlari Turkiyaning 1980-yillardan beri bosib o'tgan yo'lidan borishi, siyosiy va iqtisodiy islohotlarga zo'r berishi kerak. Ammo o'shanda ham, deydi professor Barki, arab davlatlariga demokratik jamiyatga aylanish uchun 30 yil kerak bo'ladi. Olim qisqa vaqt ichida demokratik boshqaruvga o'ta olgan Argentina yoki Indoneziyani yaxshiroq misol deb hisoblaydi.
Vashingtondagi Tashqi aloqalar kengashi mutaxassisi Stiven Kuk Misrda vaqtincha boshqaruvni qo'lga olgan harbiylar hokimiyatdan ag'darilgan prezident Husni Muborakning kechagi hamrohlari ekanini eslatib, Turkiya siyosatida armiyaning kuchi va katta ta'siriga urg'u beradi. Bunday modeldan Misrdagi ayrim doiralargina naf ko'rishi mumkin xolos, deydi u.
"Misrda demokratiya qaror topsin desak, demokratiyani targ'ib qilaylik. Harbiylar demokrat degan yanglish xulosaga bormaylik", - deydi Kuk.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'anning aytishicha, uning mamlakati arab davlatlari uchun namuna bo'lishi, ularni ruhlantirishi mumkin, biroq uning modelini ko'r-ko'rona ko'chirish bilan ish bitmaydi. Turkiya tarixidan shu narsani aniq aytish mumkinki, deydi Erdog'an, bir siyosiy tuzumda ham dunyoviy, ham islomiy, ham demokratik tamoyillar uyg'unlasha oladi.
Tadbirkorlik tushunchasi iqtisodiyot nazariyasiga birinchi bo‘lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi kishidir. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqti-sod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta‘riflagan edi.
Mashhur amyerikalik iqtisodchi Yozyef Shumpyetyer(1883-1950) o’zining “’Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bulib, u “Mulk egasi” degan ma‘noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta‘riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta‘kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |