Mavzu: Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyotida “Turkiya modeli” va uning xususiyatlari. Reja: Kirish



Download 80,05 Kb.
bet3/13
Sana09.04.2022
Hajmi80,05 Kb.
#538377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyotida “Turkiya modeli” va u

Turk modeli aynan Erxard modelining andozasi bo’lib, nemislardan o’zlashtirilgan. Faqat bunda Turkiya mamlakatda yengil sanoat rivojlanishiga kenge’tibor berilgan. Pul va narx-navo islohotlari olib borilgan. Bugungi kunda Turkiya o’rta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi Turkiya modelining iqtisodiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
1983 yilning noyabr oyida o‘tkazilgan parlament saylovlari natijasida harbiy dnktaturaning tugatilishi» davlat tepasiga demokratik kuchlarning kelishi iqtisodnyotning yuksalishiga, ayniqsa, ijobiy turtki bo‘ldi.
Bu mamlakatning bo- zor iqtisodnyotiga o‘tishnni tezlashtirdi va o‘z yo‘lini topnshiga olib keldiki, bu yo‘l iqtisodiyotda Turkiya modeli nomi bilan mashhurdir.
Bu model jahonning ilg‘or mam- lakatlari erishgan yutuqlari asosida o‘z mil- latining urf-odatlari, tabiiy, tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarini to‘liq hisobga ol- gan holda, bozor iqtisodnyoti prinsnplarini to‘liq qo‘llashdir. Bu model rivojlangan mamlakatlar bozor iqtisodiyoti modelini Turkiya uchun foydaln qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tomonlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirmay, taqlid qilmay. Turkiya sharoitiga mohirona moslashtirishdir. U bozor iqtisodiyotining ayrim jihatlarini u yoki bu darajada ri- vojlantirgan va o‘zida aks ettirgan faqat Turkiya uchun xos modeldir.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining obyekti bo‘lib “Turkiya modeli” va Turkiya iqtisodiyoti hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda Turkiya modelining roli tadqiqot ishining predmetini ifodalaydi.
Kurs ishining nazariy va metodologik manbalari. kurs ishi bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning Turkiya modeliga bag‘ishlangan asarlari va ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.
Ishning tarkibi. Kurs ishi kirish, iikita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.


I. Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha.
I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi, iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari.

Har bir mamlakatning o‘rganish jarayonida, avvalo uning geografik o‘rni ko‘z oldimizga keladi. Shuning uchun ham, Turkiyaning geografik o‘rni, uning yaqin tarixi va o‘tmishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak…


Turkiya davlatini (Turkiya Cumhuriyeti), “Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik” deyishlari bejiz emas, albatta, chunki haqiqatdan ham Turkiyaning geografik o‘rni jahon mamlakatlari ichida nihoyatda qulay mamlakatlardan biri hisoblanadi. Turkiya Qora dengiz va O‘rta dengiz oralig‘ida joylashgandir. Shu bilan birga Turkiya ikki materik o‘rtasida, ya’ni Yevropa va Osiyoda joylashgan davlat bo‘lib, uni Marmar dengizi, Bosfor va Dardaneli bo‘g‘ozlari ajaratib turadi.
Turkiya janubda Suriya va Iroq, sharqda-Eron, shimoli-sharqda Gruziya, Ozarbayjon, shimoli-g‘arbda Bolgariya va Gresiya bilan chegaradosh.
Uning xududi-780,6 ming kv.km.ni tashkil qiladi, shundan Yevropa qit’asida 23,7 ming kv.km, hamda Osiyo materigida 755,70 ming kv.km. yer maydonini tashkil qiladi. Demak, mamlakat xududi jahon xududining 0,6 %ini tashkil qiladi. Mamlakat xududining eng baland nuqtasi-katta Ararat tog‘idir (5165 metr). Umumiy xududning 30%ini o‘rmonlar, yaylov va qir adirlar-12%ini tashkil qiladi. Mamlakat 73 ta viloyatdan tashkil topgan. Poytaxti-Anqara shahri, aholisi taxminan 5 million atrofida.
Yirik rivojlangan va industrial, hamda aholisi ko‘p bo‘lgan shaharlarga Anqara, Istambul-10 mln., Izmir-3 mln., Adana-2 mln., Bursa shaharlari kiradi.
Yirik port shaharlari qatoriga Istambul, Izmir, Trabzon shaharlari kiradi. Istambul porti Yevropadagi yirik port shaharlari qatoridan joy olgan.
Davlat va rasmiy tili –turk tili. Dini-islom dini.
Davlat arbobi-Prezident. Parlament tomonidan Prezident lavozimiga 7 yil saylanadi. Milliy bayrami-29 oktabr (Respublika e’lon qilingan kun).
Pul birligi-turk lirasi: 1$=1.650.000 lirga teng (2002). Jahon valyuta jamg‘armasi tomonidan 1990 yilda turk lirasi erkin almashtiriladigan valyutalar qatoriga kiritilgan.
Bulardan tashqari, Osiyo mamlakatlarida buyuk ximik Mendeleevning ro‘yxatiga kiruvchi barcha “jism”larga boy qit’adir.
Agarda mamlakat bo‘yicha alohida mamlakatda tabiiy resurslarni ko‘rsak:
Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslar mavjuddir. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i, taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasinng 5,5%), mis (jahon bo‘yicha mis zahirasining 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.
Turkiyaning aholisi 2015 yil holatiga 68 million kishini tashkil qiladi (1995 yil 62 mln., 1990 yil 56 mln.). Uning aholisini asosan ikki millatga mansub kishilar, jumladan turklar-82% va kurdlar-11% tashkil qiladi. Bundan tashqari arablar, gruzinlar va boshqa kavkaz xalqiga mansub millat kishilari tashkil qiladi.
Umumiy aholining 60%iga yaqini shaharlarda istiqomat qiladi.
Aholi zichligi 1 kv.km.ga o‘rtacha 85 kishi to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholisi jahon aholisining 1%ini tashkil qiladi. Aholi yiliga 2-3%dan o‘smoqda, ya’ni taxminan o‘rtacha 1,5 mln.kishiga.
Turkiya mamlakati 20-asr so‘ngida rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishi va 80-yillarning oxirida Yangi industrial mamlakatlar qatoriga kirishiga asosiy sabablar quyidagichadir:
1. Turkiyaning iqtisodiy-geografik qulayligi.
2. Turkiya o‘zining iqtisodida sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor berishi.
3. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi (g‘arb mamlakatlarini g‘alla bilan ta’minlashi).
4. Turkiya xukumatining Germaniya mamlakati bilan iqtisodiy hamkorligi.
5. 50-70 yillar mobaynida AQSh tomonidan katta iqtisodiy yordam berilishi.
6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport qilinishi.

7. 80-yillarda mamlakat iqtisodida «turk modeli» nomi ostida iqtisodiy islohotni olib borilishi.


8. Turk xalqining ishbilarmonligi va mehnatsevarligi (Hozirgi kunda taxminan ikki yarim milliondan ortiq turklar xorijda ishlashadi. Bularning asosiy qismi Germaniyada faoliyat ko‘rsatishadi.) 1
9. Mamlakatning qazilma resurslariga boyligi - Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslarning yirik zahiralari mavjud. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i-taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasining 5,5%i), mis (jahon bo‘yicha zahiraning 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, mamlakat quyidagi tabiiy resurslarga boydir: toshko‘mir, temir rudasi, gaz, neft, oltin, qo‘rg‘oshin, har xil rangli metallar va boshqa qazilma boyliklar qazib chiqarish bo‘yicha jahon mamlakatlarida oldingi qatorlardan joy olgan.
Qazilma boyliklarni qazish va izlash kompaniyalarining 80%i davlat sektoriga qaraydi.
Anqara, Ko‘niya va Sinop viloyatlarida yirik neft zahiralari mavjuddir. Turkiyada gaz qazish chiqarish faqatgina 1985 yildan boshlandi, hamda gaz qazish chiqarish mamlakatning eng yosh tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
10. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda Turkiya xukumatining xorijiy sarmoyadorlar uchun «ochiq eshiklar siyosatini» olib borishi.
11. Mamlakat xukumati tomonidan tadbirkorlikning rivojlantirishidagi ahamiyati.
12. Mamlakatda 90-yillarda turizmning rivojlanishi - Turkiyaning uch tomoni dengiz bilan o‘ralganligi, musaffo havosi, shifobaxsh chiroyli tabiati dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi.

Download 80,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish