2.mavzu: MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING
“O'ZBEK MODELI”. O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA O'TISH DAVRI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.
R eja:
1.«Model» tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi.
2.Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va «O’zbek modeli»ni ishlab chiqishning zarurati.
3.Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi.
4.Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslilik.
5.O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini ishlab chiqilishi va uni amalga oshirish jarayoni.
«Model» tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. «Model» tushunchasining talqinlari turlicha bo'lib, ular ba'zan umumiylik jihatlariga ega bo'lsada, ko'pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba'zi olimlar modelni «davlat tuzumi» desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba'zilari esa uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo'li shaklining chizgilari (ko'rinishi)», deb talqin etadi. Ba'zi o'zbek olimlarining fikricha, model – «iqtisodiy bazisning asosi bo'lgan huquqiy, ma'muriy, xo'jalik (bank, kredit, soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o'zaro iqtisodiy munosabatlarning keng ko'lamli tizimidir». Shuningdek, model ko'pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy rivojlanish modeli» tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model «jamiyatda amal qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro'y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlaryig'indisi mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi». Model mohiyatini tushunish asosida jamiyatning xo'jalik hayotining ko'plab qonuniyatlarini anglab yetish mumkin.
Keyingi o'n yilliklarda bozor, buyruqbozlik va aralash modellarni bir-biridan ajratib ko'rsatish rusumga kirdi. Aksariyat mamlakatlar intilayotgan model – bu bozor iqtisodiyoti modelidir.
Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti tarmoqlanib ketgan biznes huquqiy me'yorlari muhitida bir-biriga o'zaro ta'sir etuvchi, turli-tuman ishlab chiqaruvchi, tijoriy, moliyaviy va axborot kabi ko'plab tuzilmalaridan iborat – bozor deyiladigan yagona tushunchada o'z ifodasini topadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: xo'jalik faoliyatining erkinligi; bozor
subyektlarining teng huquqli bo'lishi; iqtisodiy mas'uliyat va tadbirkorlar tavakkal qilishga moyilligi; iqtisodiy raqobat; mollarga baho belgilash erkinligi; moliyaviy ko'rsatkichlarning yetakchilik roli; bozorning barchaga taalluqli bo'lishi; bozorning ochiqligi; davlat tomonidan muvofiqlashuvi; aholini ijtimoiy himoyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |