3 TUPROQNING FIZIK – MEXANIK XOSSALARI.
Tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishqoqligi, ko‘pchishi va cho‘kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi singarilar kiradi. Fizik-mexanik xossalari tuproqning texnologik xususiyatlarini baholashda, ya‘ni yerlarni ishlashning turli sharoitlarini aniqlashda, ekish va yig‘ib-terib olish agregatlari - mashinalarning ishlash holatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu xossasi urug‘larning unib chiqishi, o‘simlik ildizlarining tuproqda tarqalish holatini va o‘simliklarning o‘sib rivojlanish sharoitlarini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |