Mavzu: Tuproqning fizik va fizik mexanik xossalari. Reja: tuproqning umumiy fizikaviy xossalari Tuproqning kovakligi va uning turlari


Qumoq va soz tuproqlar zichlik darajasining baholanishi



Download 124,59 Kb.
bet6/18
Sana05.01.2022
Hajmi124,59 Kb.
#318408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 5244585832160956491

Qumoq va soz tuproqlar zichlik darajasining baholanishi (N.A.Kachinskiy)

Zichlik, g/sm3

Baholash

Zichlik, g/sm3

Baholash

<1,0

Qo‘zilab turuvchi yoki organik moddalarga boy

tuproq


1,3-1,4

Kuchli zichlangan haydalma tuproq

1,0-1,0

Yangi haydalgan tuproq

1,4-1,6

Haydalma ostki katlam uchun (qora tuproqdan tashkari) xarakterli ko‘rsatkich

1,2-1,3

Zichlangan haydalma tuproq

1,6-1,8

Kuchli zichlangan illyuvial gorizont uchun ko‘rsatkich

Tuproq zichligiga doir materiallar tuproqning umumiy g‘ovakligini hisoblab chiqarishda, shuningdek tuproqda gumus, azot va boshqa elementlarning (gektariga kg yoki tonna hisobida) hamda nam zahirasini aniqlashda foydalaniladi. Tuproq xossalarining shakllanishi va o‘simliklar hayotida zichlik har taraflama ahamiyatga ega. U tuproqda suv va oziqaning to‘planishi, suv va havoning nisbatiga juda katta ta‘sir ko‘rsatadi. Ayniqsa tuproq zichligining oshishi salbiy ta‘sirni kuchaytiradi. Bu suv rejimi, gazalmashinuvi va biologik aktivlikka ta‘sir etadi. Tuproq zichligi oshganida, ya‘ni uning xajmi kamayganida, qattiq fazasining va o‘zlashtirmaydigan suvning ulushi ko‘payadi. Zichlik 1,5-1,6 bo‘lganda o‘zlashtiriladigan suv miqdori tuproq hajmining 5-10% ni tashkil etadi, shu bilan birga ushbu ko‘rsatgich faqat yuqori darajada suv ushlab turilganda namoyon bo‘ladi. Tuproq qancha quruq bo‘lsa, o‘simliklarning yuqori zichlikdan qiynalishi shuncha ortadi. Zichlik 0,1 g/sm3 ga ko‘payganda o‘simliklar uchun o‘zlashtirilmaydigan namlik miqdori 10% ga oshadi.

Zich tuproqlarning salbiy xususiyati ko‘p xollarda minerologik tarkibga bog‘liq. Montmorillonitga boy, zich tuproqlarda, yuqori zichlikning salbiy ta‘siri bo‘kish va cho‘kish xodisalarini kuchaytiradi. Tuproq quruganda (cho‘kkanda) hajmiy kichrayishi 30% ni tashkil etadi. Bu o‘simliklar ildiz sistemasining o‘zilishiga olib keladi, shu sababdan, zich qatlam o‘simliklar oziqlanadigan qalinlikdan chiqib qoladi.

Tuproq zichligi mikroorganizmlar soni va tuproqning biologik faolligiga ta‘sir etadi. Tuproq zichligi 1,45 g/sm3 dan oshganda normal gaz almashinishi buziladi. U makrokovakliklar va yirik kapillyarlar miqdorini kamayishi sababli vujudga keladi, bunda havo diffuziyasi va tuproq va atmosfera orasidagi gaz almashinuvi susayadi. Tuproqlarda kislorod miqdori keskin kamayadi. Moddalar biologik o‘zgarishining yo‘nalishi o‘zgaradi, organik moddalar parchalanishi susayadi.

O‘simliklar ortiqcha zichlanishdan zararlanadi. Ularning tuproq

zichlanishiga bo‘lgan ta‘sirlanishi unib chiqishining pasayishi va uning kechikishi, bo‘yining keskin farqi, yaproqlari rangining kuchsizligi, ildiz sistemasi shaklining buzilishi, tuganaklar deformasiyasi va x.k. larda namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi hosildorlikning va yalpi biologik mahsuldorlikning pasayishiga olib keladi. Juda g‘ovak qovushma ham uncha qulay emas. Ko‘pchilik o‘simliklar uchun optimal sharoit haydalma qatlam uchun zichlik 1,0-1,2 (1,3) g/sm3 bo‘lganda vujudga keladi. Ushbu zichlikda kovaklik 55-60% ga to‘g‘ri keladi.

Bunday ko‘rsatkichdagi zichlikda tuproq yaxshi suv o‘tkazuvchanlik va nam sig‘imiga ega. Ba‘zi ekinlar, masalan, g‘o‘za, yung‘ichka, lyupin, haydalma qatlam zichligi biroz yuqori bo‘lganda ham yaxshi rivojlanadi. Sholi, normal o‘sishi va rivojlanishi uchun ildiz oziqlanadigan ustki qatlamning yuqori zichlikka ega bo‘lishligini talab etadigan ekin ekanligi bilan, alohida ajralib turadi.

Optimal zichlikdagi haydalma gorizontni yaratish – hosildorlikni oshirishda eng muhim tadbir hisoblanadi. Haydalgan yerlar optimal zichligi oshiqcha zichlangan tuproqlarga nisbatan quyidagicha qo‘shimcha hosil beradi: bahorgi bug‘doy – 1,5 s/ga, tariq 2,5, silos uchun makkajuhori 25-40, qand – lavlagi 8-10, kartoshka 15. Paxta hosili zichlik 1,4-1,5 g/sm3 bo‘lgan sharoitda normal zichlikka (1,2 g/sm3) nisbatan 30-34 foizga kamayadi. (A. Zokirov, S. Sulaymonov).

Haydalma qatlam zichligi tuproqqa ishlov berish yordamida tartibga solinadi: haydash, kultivasiyalash, chizellash va x.k. Shuningdek haydalma qatlam zichligini ba‘zi hollarda otvalsiz haydash va yumshatish, plantaj pluglar yordamida chuqur haydash bilan ham tartibga solish mumkin. Ammo hosilni shakllantirishda nafaqat ustki qatlamlar, balki tuproqning 40 – 50 sm li pastki ildiz oziqlanadigan qatlamlari ham ishtrok etadi. Ularning holati umuman tuproqning sifatini belgilaydi. Zichligi 1,40 – 1,55 (1,60) bo‘lgan gorizontlarga o‘simlik ildizlarining kirib borishi qiyinlashadi, ularning rivojlanishi susayadi, zichlik 1,55 (1,60) dan oshganda o‘simlik ildizlarining o‘sishi to‘xtaydi.

Mevali daraxtlar uchun ildiz oziqlanadigan qatlam zichligi: namlanish koeffisiyenti 1,0 dan kam tuproqlar (qora, kashtan, jigarrang, bo‘z va boshqalar) uchun 20 – 200 (300) sm, namlanish koeffisiyenti 1,0 dan ko‘p bo‘lganlari (chimli – podzol, sur tusli, qung‘ir tusli o‘rmon, sariq va x.k.) uchun esa 20 – 100 sm qalinlikdagi qatlamlar zichligi hisobga olinadi. Zichlanishga salbiy ta‘sirlanishi bo‘yicha mevali daraxtlar quyidagi tartibda joylashtiriladi: optimal zichlik gilos uchun – 1,35 dan kam; olma, nok, o‘rik uchun – 1,30 – 1,40; qaroli va olcha uchun – 1,35 – 1,45 g/sm3. Ushbu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lsa daraxtlarning qiynalib o‘sishi, hosilning pasayishi sodir bo‘ladi, 1,55 (1,60) dan yuqori bo‘lganda esa ildiz sistemasi rivojlanmaydi, daraxtlar erta nobud bo‘ladi.

Uzum hosildorligining fizik xossalarga bog‘likligini o‘rganish hosildorlikning va umumiy kovaklikning chambarchas to‘g‘ridan - to‘g‘ri korrelyasiyasion ekanligini va tuproq zichligiga esa teskari bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ildiz oziqlanadigan faol qatlamning 1,35 g/sm3 gacha zichlanishi va kovakliknng 50% dan yuqori bo‘lishi uzum uchun yuqori unumdor hisoblanadi. Ammo o‘rtacha zichlik 1,5 g/sm3 va kovaklik 45-50% bo‘lganda hosildorlik ikki barovar kamayadi, zichlik 1,7 g/sm3 dan oshsa uzum nobud bo‘ladi. Tuproqning zichlanishi mevada shakar to‘planishining kamayishiga va kislotaligining oshishiga olib keladi.





Download 124,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish