Tuproqning qattiqligi. Tabiiy holdagi tuproqlarning turli bosimdagi kuch ta‘sirida siqilish va bo‘linib ketishga qarshi tura olish qobiliyati hisoblanadi. Qattiqlik tverdomer (qattiqlikni o‘lchovchi) asbob bilan aniqlanadi va kg/sm2 bilan ifodalanadi. Qattiqlik darajasi tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, holati va namligi singarilarga bog‘liq. Namlik ortgan sari, qattiqlik kamayadi. Tuproq qattiqligi o‘simlik ildizining o‘sishi va tarqalishida muhim ahamiyatga ega. O‘simliklarning dastlabki o‘sish davrida tuproqning qattiqligi 7-8kg/sm2 , intensiv o‘sish paytida esa 25 kg/sm2 dan oshmasligi kerak (P.U.Baxtin). Tuproq qattiqligi qishloq xo‘jalik mashinalaridan foydalanilayotganda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |