QF
FD = ------------ * 100
QM
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Bank daromadining asosiy manbai foiz hisoblanadi.
Umuman olganda kredit foizi ssuda foizining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ssuda foizining o‘zi esa tasniflanish belgilariga ega bo‘lgan turli xil ko‘rinishlarda namo¸n bo‘ladi. Bunda ta’kidlash joizki, kredit muassasasi ssudaga asosan o‘z mablag‘larini emas, jalb qilingan mablag‘larini joylashtiradi. Bank daromadi bo‘sh turgan pul mablag‘larini taqsimlash yuzasidan olinadi.
Bozor qktisodi¸ti sharoitida kredit munosabatlarida bank foizining roli o‘sib bora¸tganini ko‘rish mumkin.
Umuman olganda, foiz siyosati nafaqat pul-kredit mablag‘larining boshqaruvchisi bo‘lib hisoblanadi, shu bilan birga butun kredit munosabatlarini boshqarib turuvchi iqtisodiy usuli hamdir.
Tijorat banklari har bir aniq kelishuvlarida foiz normasini hisoblaganda quyidagilar e’tiborga olinadi:
ta’minlangan ssudalar buyicha eng kreditga layoqatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini;
har bir alohida kelishuvning shartlarini inobatga olgan holda risk uchun qo‘shimcha to‘lov.
Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bazaviy foiz stavkasi S + S = P
S - kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi;
S - bank faoliyatining ta’minoti bo‘yicha rejalashtiriladigan xarajatlarning kutilayotgan joylashtirilgan mablag‘larning hajmining nisbati.
P - bankning ssuda operatsiyalari bo‘yicha rejalashtirila¸tgan daromadlilik darajasi.
G‘arb mamlakatlarining pul-kredit munosabatlarida turli xil foiz stavkalari qo‘llaniladi. 1-darajali foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash foiz stavkasi hisoblanadi. Bu muhim ahamiyatga ega. Stavkaning Markaziy bank tomonidan pasaytirilishi bozorda kredit resurslarining taklifini ko‘payishiga va arzonlashishiga olib keladi. Bu foiz stavkasini pasaytirishdan maqsad - investitsiya xarakatini tezlashtirish, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga turtki berishdir.
Qayta moliyalash foiz stavkasini oshirish orqali pul-kredit hajmining qisqarishiga, inflyasiya sur’atining pasayishiga, lekin shu bilan birga iqtisodiyotga investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib keladi. Demak, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish foiz siyosati inflyasiya darajasini, hamda iqtisodiy o‘sish harakatlarini hisobga olgan holda mamlakatning pul-kredit tizimining holatiga qarab olib borilishi kerak.
Tijorat banklarining foiz siyosati ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, bu bank resurslarini yaratishda mablag‘larni jalb qilish jarayonida olib boriladigan foiz siyosati, ikkinchisi, banklar tomonidan resurslarni joylashtirish sohasida olib boriladigan foiz siyosatidir.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining foiz siyosati bank tizimiga taaluqli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. 1998 yilning 2 dekabrida qabul qilingan 558-sonli “Banklarning kredit va depozitlari bo‘yicha foizlar hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi o‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Nizomiga asosan olib boriladi.
Mazkur Nizomga asosan kreditlar va depozitlar bo‘yicha foizlar to‘lash vaqtida emas, balki foyda ko‘rish davrida hisoblanib, moliyaviy hisobotlarda davriylikka mos aks ettirilib borilishi lozim. Depozit va kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni ifodalash uchun har bir depozit turi va kredit bo‘yicha alohida hisobvaraqlari ochiladi.
Depozitlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni to‘lash vaqti davri, to‘lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank o‘rtasida kelishib olinadi va to‘ziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari bahosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks ettiriladi. Kredit bo‘yicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha bo‘lgan depozit varag‘idan grafik bo‘yicha undirib olinadi.
Foizlarin hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
summa * foiz stavka * amaldagi kunlar soni
360
Mikrokreditlar bo‘yicha o‘zbekistonda foiz stavkalar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qayta moliyalash stavkasining 50 % miqdorida imtiyozli foiz stavka o‘rnatilishi mumkin.
Ta’lim va iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar tomonlar kelishuviga asosan so‘zib yuruvchi foiz shaklida, lekin qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan summada belgilanadi.
Kredit buyicha foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazish bo‘yicha aks ettiriladi.
Dt 163XX. - Olish uchun hisoblangan foizlar
Kt 40201–44900 – Foiz daromadlari
Foizlarni undirish shartnomada belgilangan tartibda va muddatda amalga oshiriladi va u quyidagi buxgalteriya o‘tkazmada ifodalanadi.
Dt – Kassa, bankning vakillik hisobraqami yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobraqami
Kt – 163XX. Olinish uchun hisoblangan foizlar
Depozit hisobvaraqlari kredit qoldig‘i bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni hisoblash bankning moliyaviy holatidan qat’iy nazar har kuni amalga oshirilish mumkin va uni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasida ifodalash mumkin.
Dt – 50101-54900 – foiz harajatlari
Kt – 224XX. To‘lash uchun hisoblangan foizlar.
Hisoblangan foizlarning to‘lashini kredit shartnomada ko‘rsatilgan muddat va summada - quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Dt 224XX. To‘lash uchun hisoblangan foizlar
Kt - Bank vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i.
Foiz stavkasi quyidagilarga bog‘lik o‘zgarib turadi:
1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarz beriladigan pul chiqarilgan.
2. Moliyaviy resursning iste’mol qiymati, ya’ni uni ishlatishdan keladigan naf darajasi. Agar u tadbirkorga ko‘p foyda keltirsa, foiz yuqori, aksincha esa past bo‘ladi.
3. Qarzni to‘lash muddati va sharti.
4. Inflyasiya darajasi.
5. Pul egasining mablag‘ini daromad keltiradigan boshqa sohalarning naflilik darajasi.
6. Qarz berishning xatar darajasi, ya’ni mablag‘larning qaytib kelishi kafolati.
Do'stlaringiz bilan baham: |