Mavzu. Tijorat banklarining foiz siyosati



Download 49,63 Kb.
bet1/7
Sana07.10.2022
Hajmi49,63 Kb.
#851879
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING FOIZ SIYOSATI


12-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING FOIZ SIYOSATI


Ma’ruza rejasi
12.1.Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha.
12.2.Foiz stavkalarining turlari.
12.3.Kredit bahosi va uni o‘rnatish tartibi.
12.4.Foiz stavkasi va kredit bahosiga ta’sir etuvchi omillar. Marja va uning hisoblanishi.


Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar va iboralar
Foiz stavkasi kreditga berilgan mablag‘lardan ma’lum bir miqdorda foydalanilganligi uchun to‘lanadigan foiz to‘lovlarining nisbiy ko‘rsatkichidir.
Qat’iy foiz stavkasi – qarz mablag‘laridan foydalanish davrida qayta ko‘rib chiqish huquqisiz o‘rnatiladigan stavkadir.
So‘zib yuruvchi foiz stavkasi – alohida vaqt o‘tgandan keyin vaqti-vaqti bilan hajmi qayta ko‘rib chiqiladigan o‘rta va o‘zoq muddatli kreditlarga qo‘llanadigan stavkadir.


12.1.Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha.

Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz siyosati orqali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart - sharoit yaratar ekan, demak, o‘zining manfaatini ham amalga oshirgan bo‘ladi. Banklar foiz si¸satini amalga oshirishda omonatlar bo‘yicha to‘laydigan foizni ularning o‘zlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to‘langan foizlarning summalari o‘rtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi. Unga boshqa xil operatsiyalardan ko‘rilgan daromadlar ham kiradi. Bank foydaning bir qismini soliqlarni to‘lashga, o‘z harajatlarini (bank xizmatlariga, xodimlariga ish haqi to‘lash, binolarni saqlash, idora chiqimlari, reklama harajatlari, transport xarajatlari va boshqalar uchun mablag‘ sarflash) qoplashga ishlatadi, qolgan qismi esa sof foydani hosil kiladi.


Tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida o‘zlarining foiz si¸satini yuritadilar. Tijorat bankida ko‘p foyda olish imkoniyatlari cheklangan. Birinchidan, katta marja ketidan quvish mijozlardan mahrum bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin, chunki ular haddan tashqari yuqori quyilgan foiz stavkali kreditdan voz kechishlari mumkin. Ikinchidan, banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidagi bir qadar samaraliroq ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Foyda olish qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo‘la olmaydi. Bank tijoratining bu qoidasi asosan “Arzonroq sotib olish, qimmatroq sotish” formulasi orqali amalga oshadi. Biroq bu qoidaga madaniy ¸ndashmoq lozim. Demoqchimizki, har bir sharoitda mijozga beriladigan kredit u uchun qulay va samarali bo‘lishi lozim. Mijoz uchun samara keltirgan kredit bank uchun ham samarali hisoblanadi. CHunki kredit uchun foizlar mijozning foydasi hisobidan to‘lanadi.
Rossiyalik yirik iqtisodchi N.G.Antonovning fikricha, foiz stavkasi bu tomonlarning kredit asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabat bo‘lib, kreditning oqilona foydalanishini ta’minlaydi.
Kredit uchun foiz stavkalarining vujudga kelishi va kredit narxining shakllanishi.
Barcha tovarlarga bo‘lgani kabi kredit uchun ham narx talab va taklif asosida vujudga keladi. Buni sxematik tarzda quyidagicha ko‘rishimiz mumkin.
Alohida kelishuvlar bo‘yicha foiz stavkasining vujudga keladi.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to‘lash. Bu haq qarz qilingan yig‘indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo‘ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq qarz pulining narxi - bu uning ma’lum to‘lov ehti¸jini qondirishdek xossasidan foydalanilganlik uchun beriladigan haq bo‘ladi. Qarz puli kapital sifatida ¸yoki odatdagi to‘lov ¸ yoki xarid vositasida ishlatiladi. SHuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to‘laydi.
Foiz miqdori ¸yoki darajasi oldindan belgilanadi. Foiz darajasi (FD) qarz foizining (QF) berilgan qarz miqdoriga (QM) bo‘lgan foizlarda ifodalangan nisbatidir

Download 49,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish